Rivojlanish istiqbollari
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
2-MAVZU
«Двухсердечниковые феррорезонансные
преобразователи числа фаз и стабилизаторы» mavzusida nomzodlik, 1993 yilda «Электро-ферромагнитные сепи и падающей амплитудной характеристикой и их стабилизатции тока и напряжения» mavzuida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. Texnika fanlari doktori, professor. 1960 yildan Toshkent politexnika institutida assistent, 1966 yildan katta o‘qituvchi, 1969 yildan dotsent, 1972 yildan 1984 yilgacha «Elektr ta’minoti» kafedrasi mudiri, 1984 yildan 1998 yilgacha Energetika fakulteti dekani, 1998 yildan 2010 yilgacha «Elektr ta’minoti» kafedrasi professori lavozimida ishlab keldilar. Xizmatlarini hisobga olib prezidentimizning farmonlari bilan prof. T.M.Qodirovga 2002 yilda yoshlarni tarbiyalashda faol xizmatlari uchun «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» unvoniga sazovor bo‘lgan. 1994 yildan Xalqaro elektrotexnika Fanlari akademiyasining muxbir a’zosi. 1985 yilda, «Ixtirochi» nishoni bilan taqdirlangan. Qodirov T.M. nochiziqli elektr texnika maktabining asoschilardan biri hisoblanib, ilmiy ishlari «Pasayuvchi amplitudaviy tavsiflarga ega bo‘lgan elektroferromagnitli zanjirlarning tadqiqoti, hamda ularning kuchlanish va tokini stabillashda qo‘llash» mavzusiga bag‘ishlangan. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha respublika, xalqaro konfirensiyalarda ma’ruzalar qilinib, natijalari Toshkent «Kompressor» zavodida, Sverdlovsk temir yo‘llari bo‘limida, «Sredazelektroapparat» ishlab chiqarish birlashmasida qo’llanilgan. Uning rahbarligida 7 ta fan nomzodi tayyorlangan, 100 ta dan ortiq ilmiy ishlar, 20 ta dan ortiq mualliflik guvohnomasi va patentlar muallifi, shu jumladan 2006 yilda «Sanoat korxonalari elektr ta’minoti» fani bo‘yicha o’quv qo’llanma, 1994 yilda «Elektr ta’minoti» fanidan laboratoriya ishlaridan o’quv qo’llanma chop etgan va o’quv rejasi talablariga mos keladigan ishlari qo‘yildi. Ushbu fan bo‘yicha o‘quv qo‘llanma, ma’ruza matni va tajriba ishlari uchun metodik ko‘rsatmalar tayyorlab chop etildi. Kasb-hunar kollejlari uchun «Sanoat korxonalari va fuqaro binolarining elektr ta’minoti» fanidan o‘quv qo‘llanma yaratildi (2007 yil). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qarashli elektr energiyasini Davlat nazorati inspeksiyasi bilan birgalikda «Pravila ustroystva elektroustanovok - PUE» ishlab chiqildi va chop etildi (2005-2007 yillarda). Ushbu davr mobaynida ilmiy tadqiqot, xo‘jalik shartnomasi va amaliy tadqiqot ishlari olib borildi. Uning rahbarligida Davlat ro‘yxatidan o‘tgan va A-12- 78 bo‘lgan «Разработка высокоэффективных технических средства ратционального исползования электроэнергии на базе силовых бесконтактных тиристорных устройств» mavzusi bo‘yicha ilmiy loyiha bajarildi. Ustozning shogirdlari orasida malakali fan nomzodlari va doktorlari bo‘lgan olimlar samarali ish ko‘rsatishmoqda. Qodirov T.M. Toshkent davlat texnika universitetida faoliyat ko‘rsatayotgan doktorlik dissertatsiyalari bo‘yicha D067.07.02 sonli Ixtisoslashtirilgan Ilmiy Kengash raisi bo‘lib ko‘p vaqt ishlagan. Qodirov Tuyg‘un Madjidovich – taniqli olim, texnika fanlari doktori, professor, dunyo miqyosida e’tirof etilgan ilmiy maktab asoschisi edi. Toshkent Davlat Texnika Universiteti jamoasi orasida obro‘-e’tiborga erishgan va halol mehnati bilan hurmat qozongan fidokor inson edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling