Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya


Rivojlanish psixologiyasining predmeti


Download 0.65 Mb.
bet2/2
Sana01.08.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1664291
1   2
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasining predmeti – inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi hislatlarining ontogenezini o‘rganishdan iborat.
Rivojlanish psixologiyasi o‘z navbatida bir qancha sohalarga bo‘linadi. Bular: 1.Bolalar psixologiyasi
2.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar psixologiyasi.
3.O‘smir psixologiyasi.
4.Ilk o‘spirinlik yoshi psixologiyasi.
5.Katta yoshdagilar psixologiyasi.
6.Gerontopsixologiya ( qarilik) psixologiyasi
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarga individual yondoshish uchun ularning individual-psixologik xususiyatlarini, o‘quvchilar shaxsining o‘ziga xosligini bilish, o‘rganish zarur. “Agar pedagogika odamni har jihatdan tarbiyalamoqchi bo‘lsa, u oldin o‘sha odamni ham har jihatdan bilib olishi kerak” , - deb yozgan edi K.D. Ushinskiy.
Shuning uchun har bir o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘rganish usullari bilan qurollanishi shart.Demak, yosh va pedagogik psixologiya asoslarini bilish har bir fan o‘qituvchisi, har bir pedagog uchun muhim ahamiyatga ega.
Har bir fanning o‘z predmetini o‘rganish metodlari bo‘lgani kabi, yosh va pedagogik psixologiya ham psixologiya fanining alohida bo‘limlari sifatida o‘z tadqiqot metodlariga ega. Yosh va pedagogik psixologiyaning metodlari faqat nazariy, ilmiy tadqiqot ishlari uchungina emas, balki kundalik, amaliy vazifalarni hal qilish uchun ham zarur.
Yosh va pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida tarkib topadi. Ch.Darvinning evolyusion g‘oyalari ham yosh psixologiyasi fanining taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Evolyusion ta’limot psixik taraqqiyot manbalari muammosiga e’tiborni qaratishga olib keladi. Bundan tashqari taniqli rus pedagogi K.D. Ushinskiyning asarlari, ayniqsa uning “Inson - tarbiya predmeti sifatida” nomli asari katta rol o‘ynaydi.
XX asrning boshlariga kelib, umumiy psixologiyada o‘tkaziladigan eksperimental tadqiqotlarni pedagogika sohasiga shundayligicha o‘tkazish mumkin deb qaraldi. Ammo o‘sha davrning umumiy psixologiya fani pedagogika uchun еtarli bilimlar boyligini bera olmas edi.
1906 yil Peterburgda pedagogik psixologiya bo‘yicha I s’ezd chaqirildi. Pedagogik psixologiya namoyondalari – A.P.Nechaev, N.E. Rumyansev va boshqalar pedagogik adabiyotlarni keskin tanqid qilib chiqdilar. Psixologiyani pedagogik amaliyot bilan yaqinlashtirish, eksperimental tadqiqotlarni ta’lim-tarbiya jarayonining o‘zi orqaligina o‘tkazish mumkin degan muhim xulosa chiqarildi
Ya’ni eksperimental ma’lumotlar tashqaridan emas, balki psixologik-pedagogik tadqiqotning o‘zidan olinishi kerak, degan xulosaga kelinadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun esa yosh va pedagogik psixologiyaning muhim nazariy, metodologik masalalarini hal qilishning to‘g‘ri yo‘llarini izlab topish lozim edi. Shu tufayli psixik taraqqiyotning manbalari va uning ta’lim jarayoniga munosabati masalasi yosh va pedagogik psixologiyaning markaziy muammosi bo‘lib qoldi.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida AQSh da pedologiya deb ataluvchi yangi fan vujudga keladi. Uning namoyondalari – S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer. Bu oqim namoyondalari bola rivojlanishining biologik, fiziologik va psixologik nazariyalarini mexanik ravishda qo‘shadilar.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling