Eksperiment metodi-tadqiqotchining sinaluvchi faoliyatida aniq psixologik-pedagogik hodisalarni o’rganish uchun yaxshi sharoitlarni yaratish maqsadida faol aralashuvini talab etuvchi metoddir.
Eksperiment metodining turlari quyidagilardan iborat:
Labaratoriya turi- maxsus tashkil etilgan sharoitlarda kechadi, sinaluvchi harakatlar ko’rsatmalar orqali belgilanadi.
Tabiiy eksperimentturi- oddiy sharoitlarda o’rganishni talab etiladi.
Konstatalashgan turi- unda zarur psixologik-pedagogik hodisalarni o’rganish talab etiladi, faktlar aniqlashtiradi.
SHakllanuvchi eksperiment turi- jarayonida ta`lim oluvchilarning ma`lum bir sifatlarini shakllantirishni ko’zda tutadi.
Nazorat eksperiment turi- natijasida taklif etilgan rivojlantiruvchi dastur samaradorligi haqida guvohlik beruvchi o’zgarishlar aniqlashtiriladi.
Psixologik-pedagogik eksperimentni tashkil qilishga bo’lgan asosiy talablar.
Bola tomonidan bajariladigan faoliyatning qiziqarli bo’lishi.
Eksperimental jarayonning qisqa muddatliligi.
Bir qancha yosh davrlarning mazmuniga ko’ra muhim ma`lumotlarning doimiyligi.
Eksperimentda faoliyatning bajariluvchi va qayd etiluvchining rasmiy jihatlarini oson o’zlashtirilishi.
Har bir eksperimental topshiriqni sinaluvchi uchun muvafiqqiyatli yoki hech bo’lmaganda muvafaqqiyatli ko’rinishda amalga oshirish imkoniyati.
Eksperiment metodining yutuqlari:
Natijalarning yuqori darajada aniqligi ta`minlanadi.
Anologik sharoitlarda qayta tadqiq qilish imkoni mavjud.
Barcha jarayonni to’liq nazorat qilish mumkin.
Eksperiment metodining kamchiliklari:
Faoliyat sharoitidagi sinaluvchining holati reallik bilan muvofiq emas.
Sinaluvchilar tadqiqot ob`ekti ekanliklarini biladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |