Rivojlanish rsixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining rivojlanish
Download 1.02 Mb.
|
Rivojlanish rsixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining rivo
- Bu sahifa navigatsiya:
- N.L. Figurin va M. P. Denisovalar bir Yoshgacha bolalarda tasirlangishining eng muhim jihatlari paydo bolishi va shakllanishi jarayonining rivojlanishining 34 ta sxemasini tuzganlar.
Sakkizinchi davr, yani qarilik inson sifatida oz burchini uddalay olganligidan, turmushning keng omrovliligidan qanoatlanish tuygulari bilan xarakterlanadi. Salbiy xususiyat sifatida esa hayot faoliyatidan noumidliylik, kongil sovush tuygularini aytish mumkin. Donolik, soflik, gunohlardan forig bolish har bir holatga shaxsiy va umumiy nuqtai nazardan qarash bu Yoshdagi odamlarga xos eng muhim jihatlardir.
E.SHpranger ospirinlik davri psixolgiyasi nomli asarida bu davrga 13-19 Yoshli qizlarni, 14-22 Yoshdagi yigitlarni kiritishni tavsiya qiladi. Uningcha, bu Yosh davrida yoz beradigan asosiy ozgarishlar: a) shaxsiy Men ni kashf qilish; b) refleksiyaning osishi; v) ozining individualligini anglash va shaxsiy xususiyatlarini etirof qilish; g) hayotiy ezgu rejalarining paydo bolishi; d) oz shaxsiy turmishini ongli holda qurishga intilish va xokazolar. 14-17 Yoshlarda vujudga keladigan inqiroz osmirlarda ozlariga kattalarning bolalarcha munosabati doirasidan qutilish tuygusi paydo bolishidan iboratdir. 17-21 Yoshlilarning yana bir xususiyati ularda tengqurlaridan ajralish inqirozi va tanholik istagining paydo bolishidir. Bu holat tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqadi. E.SHpranger, K.Bbler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning yirik nomoyandalari hisoblanadilar. Kognitivistik yonalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj.Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funksiyalari hamda uning davrlari haqidagi talimotni oz ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy funksiyalarni uyushqoqlik va moslashish, konikishdan iborat bolib, aql-idrokning funksional invariantligi deb yuritiladi. Muallif intellektni quyidagi rivojlanish davrlariga ajratadi: 1) sensomotor intellekti (tugilishdan 1 Yoshgacha); 2) operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 Yoshdan 7 Yoshgacha); 3) konkret operatsiyalar davri (7-8 Yoshdan 11-12 Yoshgacha); 4) formal (rasmiy) operatsiyalar davri. J.Piajening goyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-genetik nazariyachilariga qoshish mumkin. Bu yonalishning namoyandalari L.Qolberg, D.bromley, Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm va boshqalardan iboratdir. A.Vallon (Fransiya) nuqtai nazaricha Yosh davrlari quyidagilarga ajratiladi: 1) homilaning ona qornidagi davri; 2) impulsiv harakat davri tugilganidan 6 oyligigacha; 3) emotsional (his-tuygu) davri 6 oylikdan 1 Yoshgacha; 4) sensomotor (idrok bilan harakatning uygunlashuvi) davri 1 Yoshdan 3 Yoshgacha; 5) personologizm (shaxsga aylanish) davri 3 Yoshdan 5 Yoshgacha; 6) farqlash davri 6 Yoshdan 11 Yoshgacha; 7) jinsiy etilish va ospirinlik davri 12 Yoshdan 18 Yoshgacha. Rus psixologiyasidagi Yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Ananev singari yirik psixologlarning asarlarida oz aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shugullanuvchilar safi kengayib bordi, shu boisdan tabaqalanish kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan ozaro keskin farqlanadi. hozir Yosh davrlarini tabaqalash yozasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarin muayyan guruhlarga ajratish va ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiqdir. L.S.Vigotskiy psixologlarning Yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga tayanib Yosh davrlarin quyidagi bosqichlarga ajratadi: CHaqaloqlik davri inqirozi. Godaklik davri 2 oylikdan 1 Yoshgacha. Bir Yoshdagi inqiroz. Ilk bolalik davri 1 Yoshdan 3 Yoshgacha. 3 Yoshdagi inqiroz. Maktabgacha davr 3 Yoshdan 7 Yoshgacha. 7 Yoshdagi inqiroz. Maktab Yoshi davri 8 Yoshdan 12 Yoshgacha. 13 Yoshdagi inqiroz. Pubertat (jinsiy etilish) davri 14 Yoshdan 18 Yoshgacha. 17 Yoshdagi inqiroz. Olim oz asarlarida har bir davrning oziga xos xususiyatlarini chuqur ilmiy tariflay olgan. Eng muhim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy ahamiyatga molik mulohazalar bildirgan. Biroq bu mulohazalarida ancha munozarali, baxsli orinlar ham uchraydi. Umuman L.S.Vigotskiyning Yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar roli togrisidagi mulohazalari va olga sorgan goyalari hozirgi kunnning talabiga mosdir. L.S.Vigotskiy shogirdi L.I.Bojovich insonning kamol topishini Yosh davrlariga bolishda motivlarni asos qilib olidi, shuning uchun bu bolishni motivatsion yondashish, deb atash mumkin. L.I.Bojovichning mulohazasiga kora Yosh davrlari quyidagi bosqichlardan iborat: Birinchi bosqich chaqaloqlik; tugilgandan 1 Yoshgacha; ikkinchi bosqich motivatsion tasavvur; 1 Yoshdan 3 Yoshgacha; uchinchi bosqich men ni anglash davri; 3 Yoshdan 7 Yoshgacha; tortinchi bosqich ijtimoiy jonzotlikni anglash davri; 7 Yoshdan 13 Yoshgacha; beshinchi bosqich a) oz-ozini anglash davri; 12 Yoshdan 14 Yoshgacha; b) oz ornini belgilash (topish) davri; 15 Yoshdan 17 Yoshgacha. L.I.Bojovich har bir bosqichni psixologik tavsiyalashda unda namoyon boladigan ozgarishlarni, bu ozgarishlarning sabablari, omillari, manbalari, turtkilari, mexanizmlarini ham bayon qiladi. D.B.Elkoninning tasnifi etakchi faoliyat (A.N.Leontev) nazariyasiga, har qaysi rivojlanish pallasida faoliyatning biror ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Etakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning negizini tashkil qiladi. D.B.Elkonin Yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topadi: godaklik davri tugilgandan 1 Yoshgacha; asosiy faoliyat bevosita emotsional muloqat; ilk bolalik davri 1 Yoshdan 3 Yoshgacha; asosiy faoliyat predmet bilan nozik harakatlar qilish; maktabgacha davr 3 Yoshdan 7 Yoshgacha; asosiy faoliyat rolli oyinlar; kichik maktab Yoshi davri 7 Yoshdan 10 Yoshgacha; asosiy faoliyat oqish. Kichik osmirlik davri 10 Yoshdan 15 Yoshgacha; asosiy faoliyat shaxsning intim muloqoti; Katta osmirlik Yoshi yoki ilk ospirinlik davri 17 Yoshdan 17 Yoshgacha; asosiy faoliyat oqish, kasb tanlash. D.B.Elkonin tasnifini, kopchilik psixologlar maqullashishiga qaramay, unda ayrim munozarali jihatlar ham bor. Umuman esa D.B,Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa Yosh davrlari psixologiyasida muhim orin tutadi. Jahon psixologiya fanidan toplangan malumotlarga kora, bolaning ona qornidagi osish davri ona organizmiga ozviy bogliq holda kechadi. CHaqaloqning barcha hayotiy vazifalari ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish havo haroratining ozgarishiga va atmoseradagi holatlarga, moddalar almashinuviga moslashish va hoqazolar ona organizm orqali amalga oshadi. CHaqaloqning tugilishi sifati jihatdan ozgari daqiqasi, ijtimoiy rivojlanishning yangi korinishi boshlanadigan nuqtadir, shuning uchun tugilish tabiatning chaqaloq organizini kuchli larzaga keltiruvchi mojizasi hisoblanadi. Ona qornida barqaror muhitda yashagan jonzot favqulodda yangi sharoitga, son - sanoqsiz xossalar va xususiyatlarga ega bolgan qozgatuvchilar doirasiga tushadi, natijada yashash uchun kurash boshlanadi, qarama - qarshiliklarni engish uchun qarshi harakat vujudga keladi. Avval chaqaloq organizminig ona organizmidan ajralishi sodir boladi, ijtimoiy tabiiy shart sharoitlarga moslashuvi boshlanadi. Uning morgak organizmida tub ozgarishlar roy beradi, yangi sharoitlarga konikish davri kurashlar ostida otadi. CHaqaloq organizmi miqdor va sifat ozgarishlariga, tashqi olam qarshiligiga, tasiriga tazyiqiga duch keladi. Fazo vaqt va harakat muammolari mutlaqo boshqacha tarzda uning bosh miya katta yarim sharlari postida aks eta boshlaydi, bunday holat bola bilan atrof muhit ortasida qoshimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, natijada, uning moslashish jarayoni yangi mexanizmlardan foydalanishni taqozo etadi. CHaqaloqda ona organizmi bilan anatomik, morfologik va konstitutsion bogliqlik davri tugagan bolsa da biroq u dastlabki daqiqadalardan boshlaboq mustaqil yashay olmaydi, onaga fiziologik jihatdan tobeligicha qolaveradi. CHaqaloq organizm yashash uchun talab qiladigan ovqat, oqsillar mazkur osish pallasida ona suti orqali borib turadi. Bola onaning qornida motadil haroratda, oziq etarli darajadagi sharoitda, hatto organizmning funksional holat ham ona organizmiga bevosita bogliq holda yashagan bolsa, tugilishi bilanoq birdaniga yangi, murakkab, qiyin sharoitga tushib qoladi. Malumki, bunday qiyinchiliklar ona qornida bolishi ham mumkin emas edi. Xuddi shu sababdan himoya funksiyalarini vujudga keltirmay turib, bolada ularni engish imkoniyati tugilmaydi, chunki shartli reflekslar ishga tushmasa, u taqdirda moslashish (adaptatsiya) jarayoni haqida gap bolishi ham mumkin emas. Tugilgan chaqaloq havo boshligi va havo bosimiga duch kelishi sababli tabiiy talabga kora uning nafas olishi va nafas chiqarishi ozgaradi. U salqin havo oqimiga tushishi bilan haroratning tasiriga moslashish uchun harakat qiladi. Unda ovqatlanish usuli va vositasi ham ozgaradi, yani plansentar ovqatlanish (ona organizmidan bevosita qonga moddalar sorilishi) dan oral ovqatlanish (ovqat ogiz boshligi orqali meda - ichakka borishi)ga otadi. Bunday holat organizm oldiga yangi talablarni qoyadi, ularni qoniqtirish esa keskin qayta qurilishlar orqali amalga oshadi, xolos. CHaqaloq hayvonlarning bolalariga qaraganda himoyaga muhtojroq, nochorroq bolib tugiladi. Bu filogenetik taraqqiyot davrining oziga xususiyatlari bilan izohlanadi, ehtimol umrning uzoq va qisqaligi bilan olchanishga bevosita taalluqlidir. Tugilish arafasida bolada nasliy yol bilan mustahkamlangan ayrim mexanizmlar, shartsiz reflekslar paydo bola boshlaydi, bular yangi hayot sharoitiga moslashishni birmuncha engillashtiradi. CHaqaloq tugilganda unig ovqatlanish reflekslari malum darajada shakllangan; asosan sorish emish reflekslari oz vazifasini ado etishga tayyor boladi. CHaqaloqning labiga va tilining shilimshiq pardasiga boshlaydi. Xuddi shu boisdan ona kokragini emishda uning boshqa har qanday harakatlari sekinlashadi yoki mutlaqo toxtaydi, boshqacha soz bilan aytganda, bolaning diqqati bir obektda toplanadi, natijada boshqa tana azolarida tormozlanish, sustlanish vujudga keladi. Sobiq sovet psixologlari M. P. Denisov va N.L. Figurinlar chaqaloqlardagi mazkur jarayonni chuqur tadqiq qilib ovqat yonalish reaksiyasi deb atadilar. Akademik I. P. Pavlovning tadbiricha, bunda shartsiz reflekslar vujudga kelib, u idrok qilinadigan narsaga idrok qiluvchi organni qozgatuvchi eng qulay yonalishida aks etadi. Natijada emish mexanizmining tasiridagi xatti harakatlar qisman yoki butunlay tormozlanadi. CHaqaloqda nisbatan etilgan nerv yangi sharoitda yashashini taminlovchi tashqi sharoit va muhitga moslashish imkonini beradigan sistemasi bilan tugiladi. Mazkur reflekslar organizmda qon aylanishi, nafas olish hamda nafas chiqarishni ozluksiz ravishda taminlab turadi. Birinchi kundanoq kuchli qozgatuvchilarga nisbatan kozni qisish, pirpiratish, uning qoragichini kengaytirish yoki toraytirish mexanizmlari ishlay boshlaydi. Bu reflekslarni odatda himoya ( muxofaza, mudafo) reflekslari deyiladi va u psixofiziologiyada juda chuqur organilgandir. CHaqaloqda himoya reflekslaridan tashqari, qozgatuvchilar bilan aloqa organtishga xizmat qiladigan (orientir chamalash moljal reflekslari ham mavjuddir. CHaqaloqlarni kozatishdan korinadiki, ikki Uch kunlik bola xonaga quYosh nuri tushishi bilan boshini yoruglik tomonga burishi, hatto u xonaga asta kirib kelayotgan nur manbaini ham sezishi mumkin. Ushbu omilni tasdiqlovchi malumotlar kopgina psixologlar tomonidan, shuningdek M.I. Lisina boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi azolari, ona kundaligi tuzuvchi tadqiqotchilar asarlarida oz ifodasini topgan. YUqorida takidlab otilgan reflekslardan tashqari, chaqaloqda bir nechta tugma tabiiy reflekslar ham uchraydi, chunonchi; emish refleksi ogziga tushgan jamiki narsa ( hech tanlamay) sorishda oz ifodasini topsa qol kaftiga biror narsaning tegishi ushlash chang solish reaksiyasini vujudga keltiradi. Ozidan narsani itarish, uzoqlashtirish refleksi mavjudligi korsatadi va bu hol tovonga qandaydir jism tegishi bilan uni ozidan uzoqlashtirishda namoyon boladi. Maktabgacha Yosh psixologisining yirik vakili psixolg V.S. Muxinaning mulohazasiga binoan, chaqaloq tugilishiga qadar ham shartsiz reflekslar (chunonchi uning homilalik paytidayoq oz qolini sorishi) imkoniga ega bolishi mumkin. SHarq allomalarining fikrcha, chaqaloq tugma reaksiyalarning boshqa turlar ham mavjud bolib, beshik tebratilganda chaqaloqning yigidan toxtashi, ixtiyorsiz harakati sekinlashuvi shundan dalolat beradi. Qadim zamonlardan beri beshik, sorgich va hokazolardan chaqaloqni yopatishning, uning ixtiyorsiz harakatini toxtatishning, diqqatini ovqatga va favqulodda holatga toplashning muhim vositasi sifatida foydalaniladi. Hozirgi zamonda diqqatni toplashning yangi vositalari, usullari yaratilgan. CHaqaloq hayoti uchun bunday tugma - tabiiy reaksiyalar juda muhim bolib ana shu shartsiz refleklar tufayli u yangi, ungaysiz sharoitga konikib boradi va oz yashash tarzini mavjud sharoit moslashtiradi. Uning yangi muhitda ovqatlanishi va nafas olishi bevosita ana shu reflekslarining funksiyasi hisoblanadi. Bola tugilguniga qadar undagi barcha jarayonlar ona organizmi orqali orqali amalga oshgan bolsa, Tugilganidan keyin mutlaqo boshqacha tarzda amalga osha boshlaydi. Masalan, opka bilan nafas olish oral (ogiz, ichak, oshqozon kabi biologik organlar orqali) ovqatlanish vujudga keladi. Buni psixologiya fanida reflektor moslashish deb ataladi va u jonzotning mustaqil yashashi uchun zarur sharoit vazifasini otaydi. Muskul sistemasning ishtirokida nafas olishning ritmli harakatlarni amalga oshadi. Bu jarayon ovqatlanish, emish, sorish reflekslari yordamida vujudga keladi. CHaqaloqning tugma reflekslari dastlabki paytlarda nomutanosib ishlashi sabali u tez -tez qalqib ketadi, jismonan darrov toliqadi (tez uyquga ketadi yoki uygonadi). CHaqaloqning butun faoliyati, faolligi organizmni oziq bilan taminlashga, toyishga yonalgan boladi. Organizmning termoregulyasiyasi ham alohida ahamiyat kasb etib, bolani ozgaruvchan mikromuhitga tabora moslashitirib boradi, teri - tuyush, harorat farqini ajratish reaksiyasini, shartsiz refleksini yozaga keltiradi. CHaqaloqlik davri insonning kamol topishida xulq- atvorning tugma instinktiv korinishlari: nafas olish, ovqatlanish, haroratdan tasirlanish va hoqazolar sof holda namoyon bolishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi, bir sifat darajasidan ikkinchi, yuqoriroq korsatkichga osib otishni taminlaydi. Instinktiv hatti - harakatlar shartli refleksning paydo bolishiga zamin hozirlaydi, organizmning atrof muhitga nisbatan munosabatini takomillashtiradi. Mazkur organik (moddiy) ehtiyojlar chaqaloq uchun psixik osishning negizi vazifasini otay olmaydi, ammo ularning barchasi birgalikda individning yashashini taminlaydi. Psixologik tadqiqotlardan malum bolishicha, qator tugma reflekslar chaqaloqning osishiga togridan - togri tasir etmasa- da uning tabiiy biologik ehtiyojlarini qondirishda ishtirok qiladi. Bularga ativistik, tirmashish, sudralish, emaklash kabi nasliy (irsiy, genetik) reflekslar kiradi va ayrim reflekslar (tirmashish, chang solish borgan sari susayib boradi. CHaqaloqda ushlash, ozini tutish reflekslarining paydo bolishi uning fazoda togri harakat qilishiga imkon yaratadi Tub manodagi sudralish - bolaning narsalarga, jismlarga qol chozishidan boshlanib, keyinchalik oldinga intilishida korinadi. Bu jarayon malum yaursat otgandan keyin yanada taraqqiy eta boshlaydi, yani takomillashadi. Tugilishga yaqin chaqaloqda quloq va koz mexanizmlari oz vazifasini otashga tayyor. SHuningdek unda bazi himoya va orientir reflekslari (ota yoruglikka qarash natijasida kozni pirpiratish, boshini olib qochish, burish, kuchli tovushdan chochish kabilar) ham mavjud boladi. Ammo chaqaloqda korish va eshitish apparatlari orqali oz diqqatini biror obektga toplash: obektni tanish, tovushni ajratish, sezish, payqash imkoniyati unda keyinchalik vujudga keladi. Narsalarni tanish, ularni idrok qilish, tashqi korinishlariga nisbatan shaxsiy munosabatini bildirish taraqqiyotining navbatdagi bosqichida namoyon bola boshlaydi. CHaqaloqdagi tugma mexanizmlar yangi sharoitga moslashish, konikish uchun kifoya qilmaydi. SHu boisdan uni parvarishlashda qoshimcha tarbiyaviy tadbirlar qollanmasa chaqaloq osishdan orqada qolishi mumkin. Buning uchun chaqaloqlar bilan kattalarning munosabatga kirishishi, oziga xos ravishda muloqot ornatilishi ijobiy natijalar beradi, Ushbu hamkorlik qancha erta boshlansa, uning tasirchanligi, mahsuldorligi shuncha yuqori boladi. CHaqaloq ona qornidagi yashash sharoitidan atmosferada hayot kechirishga otgan dastlabki paytlarda, daqiqalarda uning uyqu va uyqusizlik holatlari ortasida keskin chegara bolmaydi, natijada bir holatdan ikkinchisiga kochish sezilmasligi ham mumkin, chunki ular juda kam fursat talab qiladi, lahzalar muayyan holatni ozida aks ettiradi. Tugilgan chaqaloqning vazni tez kamaya boradi. Buning tabiiy sababi shoqi, unda suyuqlik moddalarining chiqib ketishi, vaznsizlik holatidan atmosfera bosimiga, quYosh nuriga, turli xususiyatli moddalar tasiriga, ozgaruvchan havo haroratiga moslashish davrida kop kuch - quvvat (eneriya) sarflanadi. Bu davr chaqaloqlarning ham individual, ham jismoniy tafovutlari yaqqol kozga tashlanadi. Oradan kop vaqt otmay chaqaloq vaznining kamayishi tabiiy ravishda toxtaydi va uning yangi muhitga moslashishi boshlanadi. Kindik tushish davri organizmda keskin ozgarishlar yoz berish pallasi hisoblanib, morgak organning mustaqil yashayotganidan dalolat beradi. CHaqaloqning oldingi vazniga etish davri hayotining birinchi on kunligiga togri keladi. CHaqaloq organizmining anatomik - fiziologik, morfologik va konstitutsion boyicha boshqa Yoshdagi odamlarnikidan farqi kam rivojlanganligi, zaifligi, ish qobiliyatining kuchsizligidadir. Uning suyak sistemasi, pay - musqullari va togay toqimalarining osishi katta Yoshdagi kishilarnikidan ham surat, ham sifat jihatdan farqlanadi. CHaqaloqdagi musqullarning takomillashishi harakt negizini vujudga keltiradi; shu bilan birga har bir biologik organning mustaqil harakati va faoliyatini taminlashga xizmat qiladi. Bolada buyin musqullarining osishi boynini tutishga olib kelsa, tana musqullarining rivojlanishi kattalar yordamida aganash imkonini, qul va oyoq musqullarining etilishi esa jismoniy harakt qilishi, jismlarga qol chozishi uchun sharoit yaratadi. CHaqaloqning anatomik fiziologik tuzilishini tahlil qilsak, u holda uning suyak sistemasida ohak moddasi va har xil tuzlar etishmasligining guvohi bolamiz. SHu sababli suyak funqsiyasini koproq togay toqimalar bajaradi. Bosh suyaklari bolaning ikki oyligida ozaro qoshilib ketadi. Bosh suyakning peshona va tepa qismlari ortasida liqildoq deb ataladigan qalin parda va teri bilan qoplangan oraliq mavjud boladi. U bola bir Yoshdan oshganidan keyin suyak bilan qoplanib boradi, lekin u haqiqiy suyak bolmaydi, kuchsizligi, egiluvchanlik xususiyati etishmasligi tufayli muayyan vazifa bajara olmaydi. CHaqaloq nerv sistemasining yuksak darajada rivojlangan qismi, yani bosh miya katta yarmi sharlari tashqi korinishi bilan katta odamnikiga aynan oxshasa ham, aslida undan kop jihatlari bilan farq qiladi. Odamlarni ozaro qiyoslasak, u holda ajoyib manzarani koramiz: miya ogirligi chaqaloq tanasining sakkizdan bir va katta odamlarda esa qirqdan bir qismini tashkil etadi. CHaqaloqlarda bosh gavdaga nisbatan kattaroq korisa- da, biroq u hali juda bosh, mukammallashmagan boladi. Bu davrda chaqaloqning ogirligi 3- 5 killogramm bolishiga qaramay, miyasining ogirligi 300 350 grammni ni tashkil qiladi, xolos. CHaqaloqning miya hujayralarining miqdori, ariqchalar ning yaqqol kozga tashlanmasligi, nerv hujayralari tarmogi jihatdan katta odamlarning miyasidan farq qiladi, bunga quyida keltiriladigan tadqiqotchilarning malumotlari guvohdir. Psixolog E. A. Arkinning malumotiga kora, bola tugilishga harakat qilayotgan paytda uning miyasini bir xil kulrang massa tashkil etadi, uning nerv tolalarida mielin qobigi bolmaydi. CHaqaloqda nerv tolalari bir biridan ajralmagani sababli, tashqaridan kelgan qozgatuvchilar muayyan qismga yonalgan bolsa da, boshqa markazlarga ham tasir qilaveradi. Xuddi shu sababdan bolsa kerak, uning bosh miya katta yarim sharlari qobigida aniq, mustaqil va barqaror qozgalish ochoqlari vujudga kelmaydi. CHaqaloq tashqi qozgatuvchilar tasiriga ixtiyorsiz ravishda qol oyoqlari va boshini tartibsiz ravishda harakatlantirish bilan javob beradi. Katta Yoshli kishilarning bilish jarayonlari, his - tuygulari, ruhiy holatlari va oziga xos individual - tipologik xususiyatlarini idora qilishda nerv sistemasining yuksak darajada rivojlangan qismlari etakchi rol oynasa, chaqaloqning hayotiy faoliyatida bu vazifani bosh miya qobigining ostki markazlari bajaradi. Bosh miya katta yarim sharlarining durustroq rivojlangan bolinmalari chaqaloq uchun eng zarur jarayonlar: nafas olish va nafas chiqarish, emish, yutinish, qon aylanish, siydik chiqarish va hokazolarni boshqarib turadi. Mazkur nerv tolalari chaqaloqning yashashi uchun etarli miqdorda mielin qobigiga oralgan boladi. CHaqaloq boshqa Yosh davridagi odamlarga qaraganda kuchsiz, zaif, ojiz bolib korinsa da, biroq bazi jihatlari bilan kattalardan ustunlik qiladi. E. A. Arkinning fikricha, chaqaloqlik davrining kuchli jihatlari kopincha uning osish jarayonida oz ifodasini topadi. U har oyda ikki santimetrdan osadi, uning ogirligi har kuni 1,6 -2 grammdan ortib boradi. Uning shiddatli surat bilan osishi koproq individning vegetativ nerv sistemasi, ichki sekretsiya (buqoq, qalqon osti va usti) bezlarining faoliyatiga bevosita bogliqdir. SHuni alohida takidlab otish kerakki, ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqargan maxsus garmonlar qonga sorilib, organizmning jismoniy goyat jadal surat bilan osishini belgilaydi. CHaqaloqning bunday tez osishi shu davrning oziga xos xususiyati bolib, uning rivojlanishiga tasir etuvchi omillar: ovqat, sof havo, quYosh nuri, nafas olish, parvarish va hoqazolardir. Psixologik malumotlarga kora chaqaloqning nerv faoliyati shartsiz va shartli reflekslar tasirida vujudga keladi. SHartsiz, tugma reflekslar chaqaloqning tugilishi arafasida etarli darajada etilishi sababli unda qon aylanish, nafas olish, ovqat hazm qilish, siydik chiqarish singari eng muhim vegetativ fuksiyalar amalga oshadi. Masalan, qorni och chaqaloqning labiga biror narsa tegishi bilan unda emish harakati vujudga kelib, solaklari oqa boshlaydi.Bu ovqatlanishning shartsiz refleksidir. CHaqaloq tugilishi arafasida uning bosh miya katta yarim sharlarining ogirligi, hajmi va funksional jihati etarlicha rivojlanmagan bolsa ham, ammo u mavjud shartsiz reflekslar negizida atrof - muhit va boshqalar bilan munosabatga kirishish imkoniyatini beradigan oddiy shartli reflekslar hosil qila oladi. Masalan, hid, yoriqlik, harakat qozgatuvchilarining tasiri natijasida oddiy shartli reflekslar vujudga kelishi mumkin. CHaqaloq hayotining dastlabki kunlaridan boshlab tashqi muhit bilan munosabatga kirishish, aloqa boglash orqali unda mustaqil hayot kechirish imkoniyati tugiladi. Psixologik manbalarda korsatilishicha, chaqaloq hayotining ilk davrida undagi reflekslar kuchsiz, zaif va beqaror boladi. Kuchli tashqi qozgatuvchilar tasirida reflekslar tez izdan chiqib qayta tiklanish imkoniyati esa tobora kamayib boradi. Ularning asl funksional qobiliyatini tiklash esa murakkab jarayon bolib hisoblanadi. CHaqaloqning muhim xususiyatlaridan biri - uning inson zotiga xos barcha hulq atvor shakllari va avlodlarning tajribalarini ozlashtirish imkoniyatiga egaligidir. Tugma reflekslar chaqaloq hayotidagi etakchilik rolini asta sekin yoqota boradi. Kundalik tartib va tarbiyaning oziga xos sharoitida ehtiyojning boshqa korinishlari, jumladan, taassurot olish, tasirlanish, harakat, mulokat kabi shakllari vujudga keladi. Mohiyati va maqsadi jihatidan yangi ehtiyojlar zamirida chaqaloqda ruhiy rivojlanish amalga oshadi. CHaqaloqda taassurot olish ehtiyojining bolishi orientir refleksini vujudga keltiradi U hissiy bilish organlarining tayyorlik darajasiga muvofiq mavjud malumotlarni qabul qiladi va shu jarayonda ozi ham rivojlanadi. CHaqaloqning koruv va eshituv apparati dastlabki kundanoq ishga tushgan bolsa ham, biroq ular hali etilmagan boladi. Korish sezgisini yoruglik, eshitish sezgisini esa qattiq tovush vujudga keltiradi. Bola harakatdagi jismlarni kozatishga intilsa ham, aslida qimirlamay torgan narsalarga koproq diqqatini toplaydi. Uning ruhiy dunyosida koruv va eshituv apparatlariga mos ravishda asta sekin diqqatning muayyan obektga toplanishi jarayoni vujudga keladi. CHaqaloqning sezgi organlari uning harakatiga qaraganda durustroq rivojlangan boladi. Masalan, chaqaloq achchiqni shirindan, issiqni sovuqdan, holni quruqdan farqlay oladi. Uning hid bilish organlari juda zaif bolishiga qaramay, burniga yoqimsiz hidli modda yaqinlashtirilsa, bezovtalanadi. CHaqaloqda teri tuyush, haroratni his qilish, sezish, ogirlikni fahmlash, tam bilish sezgilari ham etarli darajada rivojlangan boladi. CHaqaloqda jismlarni, odamlarni, atrof - muhitni kattalar kabi yaxlit idrok qilish imkoniyati bolmaydi. CHunki idrok qilish insonning boshqa bilish jarayonlari (xotira, tasavvur, tafakkur, xayol), ruhiy holatlari (his - tuygu, ongaysizlanish) va oziga xos individual tipologik xususiyatlari bilan ozviy bogliqlikda amalga oshadi. SHuning uchun chaqaloqda mazkur imkoniyat ota cheklangan bolib, sezgi organlari oddiy aks ettirish imkoniyatiga ega xolos. YAngi tugilgan bolada kuchli yoruqlikni aks ettirish imkoni boladi, U yoruqlikdan turli darajada hamda shaklda tasirlanadi, hatto kozlarini yumib oladi. Korish mexanizmlari hali osib ulgurmaganligi sababli tinch holatdagi yoki harakatdagi jismni idrok qila olmaydi. Goho on kunlik chaqaloq harakatdagi jismga nigoh tashlagandek korinsa da, aslida unga bir necha sekund termilishdan nari otmaydi, chunki u diqqatini yoqtirgan obektiga toplay olmaydi. CHaqaloqda eshitish sezgisi zaif rivojlangan bolsa ham, u hali ozi eshitishga moslashmangan kuchli qozgatuvchilarni (tovush, qichqiriqni) aks ettira oladi, biroq tovush kelayotgan obektni aniq topa olmaydi. Korish va eshitish organlarining muayyan obektga yoki jismlarga yonalishi oyoq qul va boshning harakatida, chaqaloqning yiglashdan toxtashida korinadi, lekin bu holatlarning aksariyati muvaqqat xususiyatga egadir. CHaqaloqdagi muhim xususiyatlardan yana biri korish va eshitishning tana harakatlanishidan ildamroq rivojlanishidir. Ularda korish va eshitish faoliyatining osishi tashqi qozgatuvchilardan tasirlanishning takomillashuvida va bosh miyaning rivojlanishida namoyon boladi. CHaqaloq miyasining ogirligi katta Yoshdagi odamlar miyasining chorak qismiga tengdir. Ularning nerv hujayralari kattalardagi hujayralarga oxshaydi ammo zaifligi bilan farqlanadi. SHunga qaramasdan, morgak organizmda shartli reflekslar paydo bolishi uchun mutlaqo tayyor boladi, bu holatlar kopgina jahon psixologlari tomonidan isbotlab berilgan. CHaqaloqning tashqi olam bilan aloqasida markaziy rolni bosh miya katta yarim sharlarining yuksak darajada rivojlangan qismlari bajaradi. Bu organlar bola olayotgan tassurotlar natijasida rivojlanadi. Miyaning rivojlanishida tashqi olamdan keladigan qozgatuvchilar va signallarni qabul qiluvchi hissiy bilish organlari analizatorlarining faoliyati muhim orin tutadi. Ilmiy psixologik manbalarda berilishicha chaqaloq sensor tosiqqa tushib qoladi, agar tashqi taassurotlar etishmasa va shu sababli osishdan vaqtincha orqada qoladi. Aksincha taassurotning miyaga koproq kelib tushishi orientir reflekslarining rivojini tezlashtiradi. Koruv va eshituv azolarining obektlarga yonaltirilish natijasida insoniy sifatlar, bilish jarayonlari, ruhiy holatlar shakllanadi. CHaqaloqni taassurotlar bilan taminlash orqali muntazam ravishda osishini taminlash, albatta katta Yoshdagilarning vazifasidir. Sobiq sovet psixologlari N. L. Figurin va M. P. Denisovlarning takidlashicha, bolaning bir oylikkacha davridagi tetiklik holati (uygoqligi) korish va eshitishga yonaltirilgan shartsiz reflekslar tufayli faollashib boradi. Tovush tasiriga berilish 2-3 haftalikda vujudga keladi. SHuning uchun bola surnay sadosiga quloq soladi va yigidan yoqi harakatdan toxtaydi. Akademik I. P. Pavlovning malumotiga qaraganda, bir oylik chaqaloqlar orientir refleksi namoyon bola boshlaydi bazan chaqaloqning gaplashayotgan odamga tikilib turishi va ixtiyorsiz xatti harakatdan ozini tiyishi shuning isbotidir. Bola (jismlarni) korish va tovushlarni eshitish uchun diqqatini toplaydigan bolgach, uning harakatining faollashuvida ancha ozgarishlar roy beradi. Odatda uning harakati ixtiyorsiz va tartibsiz holda jismlarga koz yugurtirish, boshini burish bilan tugasa ham, harakat hodisasi vazifasini bajaradi. Bolani voqelik, tashqi olam bilan ozviy boglaydi. D. B. Elkoninning fikrcha, chaqaloq hayotining uchinchi haftasida onaning emizishdagi holatiga moslashish bilan bogliq birinchi tabiiy shartli refleks vujudga keladi va keyinchalik esa bazi qozgatuvchilarga javob tariqasidagi ayrim shartli reflekslar ham paydo boladi. Biroq olim va uning shogirdlar ham chaqaloq ruhiy hayotining mazmuni muammosi ozil kesil hal qilinmaganligini ularning takidlashicha chaqaloqning ruhiy dunyosiga eng yaqin, ilmiy, obektiv qarashlar I. M. Sechenovning asarlaridagina uchraydi. Jahon psixologiyasi fanida mazkur muammo yozasidan ancha tadqiqotlar olib borilgan, qator psixologik qonuniyatlar va mexanizmlar ishlab chiqilgan va bular togrisida Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya xrestomatiyalarida boy materiallar berilgan. Biz talabalarning mustaqil izlanishlari uchun bazi malumotlarni ularning diqqatiga havola qilamiz. 2.CHaqaloqlarda his tuyguning osishi (jonlanish) CHaqaloqning hayoti qichqiriq sadosi bilan boshlanadi va bu kopicha shartsiz reflektor xususiyatidan kelib chiqadi. Dastlabki qichqiriq tovush chiqarish oraligi qisilishining bevosita mahsuli sifatida, organizmning tabiiy ehtiyoji natijasida vujudga keladi. Qisilish avval nafas olish refleksini ham boshqaradi, biroq psixologlarning fikricha, birinchi qichqiriq noxush his- tuyguni namoyon bolishidir. Qisilish tanglik, zoriqish, jiddiylik tuygusi vujudga kelishgidir. SHuning uchun qichqirish noxush kechinma va sezgilarga javob tariqasida vujudga kelib, issiqqa, ochlikka va namlikka shaxsning qarshiligi vazifasini bajaradi. CHaqaloqni togri tarbiyalash jarayonida qichqiriq emotsional kechinmalarning yana bir turi yiglashga aylanadi. Yigilash chaqaloqning ogriq, ruhiy qaygu iztirobni tabiiy aks ettirishining manbai bolib, tashqi olam bilan aloqa ornatishning eng zarur vositasi sifatida chaqaloqning hayoti va faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi. U noxush his- tuygularnigina aks ettirib qolmay, balki tabiiy ehtiyojlarni qondirish mexanizmi sifatida ham xizmat qilish mumkin. Bola yiglamasa, onasi sut bermaydi naqli shuning isbotidir. Bola bir oyga tolgach, ozini parvarish qilayotgan odamga intiladigan, talpinadigan boladi, begonalar orsida oz kishisini tanishi va ajrat oladigan boladi. Mazkur psixologik holatni N. L. Figurin va M. P. Denisovalar jonlanish deb ataganlar. Bu davrda bolaning ruhiy dunyosida tetiklik, his tuygusida esa atrof muhitdan tasirlanish oz aksini topadi. Bolaning katta Yoshdagi odamlarga oz munosabatini bildirish uning bunday keyingi osishini belgilovchi bosqich vazifasini otaydi. Bu borada tadqiqot ishlar otkazgan rus psixologi S. V. Kornitskaya chaqaloqlarda muloqotga kirishish xususiyatlarini kashf qilib, muloqotga kirishish kontakt va distant, noverbal emotsional hamda verbal (soz orqali) korinishlarda amalga oshishini ham miqdoriy, ham psixologik sifat natijalari yordamida izohlab berish imkoniyatiga erishgan. Tadqiqotchi birinchi marta muomala jarayonini godaklar uyida otkazgan bolib, uning oziga xos qonuniyatlari va mexanizmlari mavjud ekanligini isbotlab berilgan. CHaqaloqning begona odamlar bilan aloqaga kirishishi: tanlash yoqtirish malum psixologik negizlarga qurilishi mumkinligi, iliq his tuyguning namoyon qilish, emonsional holatning nisbiy davomiyligi va boshqa omillar chaqaloqlarda ham jonlanish elementlari mavjudligini ochib beradi, aloqa ornatish turli asosga qurilsa da bir vaziyatdan ikkinchi vaziyatga otish davomida ham ozgarmasligi togrisidagi malumot psixologiya faniga qoshilgan munosib hissa bolib hisoblanadi. Jonlanish godakning tashqi qozgatuvchilarning qitiqlashiga javob tariqasida namoyon boladigan kattalar bilan oziga xos ravishda munosabatga kirishishining yangi shakli sifatida vujudga keladi. Lekin jonlanish”uning tabiati hali tolaligicha ochilgani yoq. Ehtimol bu holat bolaning kattalar bilan muloqotning maxsus korinishi bolib ovqatlanish refleksining mustahkamlanishi bilan bogliqdir. Balki u chaqaloqda ijobiy his tuygularni qozgatish omili yoki bilish, idrok qilishga nisbatan paydo bolayotgan ehtiyojning korinishidir. Bazan bolada ozini parvarish qiluvchi shaxsning muomalasi tufayli emotsional harakatlar vujudga keladi, natijada uning qol va oyoqlari harakati ildam va tez amalga oshadi. Bu jarayon intilish, iltijo, talpinish, kabi tashqi ifodaga ega bolgan ichki ruhiy kechinmalarda oz ifodasini topadi va bazan davomiylik xususiyatini kasb etadi. Psixolog E. K. Kaverina bolaning tashqi tasirga javob bildirishini tadqiq qilib, unda odamlar va jismlarga munosabat bir xilligini takidlaydi. Muallifning fikriga qaraganda, insonning aft angoriga qarab ijobiy his tuygular uygonish keyinchalik vujudga keladi. Tasirga berilish va tasirlanishning mazkur shakli bola bilan katta Yoshdagi odamlar ortasidagi aloqaning boshlangich korinishi hisoblanadi. SHaxslararo aloqaning bu shakli chaqaloqlik davrining tugashi va ilk bolalikning boshlanishidan dalolat beradi. CHaqaloqda paydo boladigan ijobiy his - tuygularning oddiy, tabiiy ehtiyojlarni qondirish bilan hech qanday aloqasi yoq. CHunki mazkur Yoshdagi bolalarning ruhiy dunyosidagi ozgarishlarni organgan M.YU. Kistyakovskayaning uqtirishicha, uyqusizlikdan qiynalish va ochlik uygotuvchi qozgatuvchilarni bartaraf qilish salbiy kechinma va his - tuyguni susaytiradi. Bolaning kattalar bilan ijobiy munosabatda bolishi zamirida tabassum, kulgi, ildam harakat, tovush chiqarish bolsada bularning tabiiy - organik ehtiyojlarni qondirish bilan hech qanday aloqasi yoq. Aksincha, ijobiy emotsional holat yangi ijtimoiy ehtiyoj korsatkichi bolib bolaning katta Yoshdagi odamlar bilan muloqatga kirishuviga motivi ( turtkisi) va imkoniyati rolini bajaradi. Psixolog M. I. Lisina va uning shogirdlarining fikricha mazkur Yosh davrida bolaning koz qarashlari, ixtiyorsiz harakatlari, sharpaga javobi, tamshanishi orkali kattalar bilan aloqa boglaydi. Kop marta takrorlanish natijasida shartli reflekslar shaklida vujudga kelgan ana shu jarayonlar muloqotga, songra asta - sekin muomala tizimiga osib otishi mumkin. CHaqaloqning yangi sharoit va muhitga moslashishidan kelib chiquvchi bu ruhiy holat konikish korinishida muloqat vazifasini otay boshlaydi. Biroq muloqot noverbal ravishda (sozlar ishlatilmay) amalga oshadi. Sodda shakldagi, tor kolamda shaxslararo munosabatni aks ettiradi. SHaxsiy kozatishlarimizga kora, katta Yoshdagi odamlarning chaqaloq bilan muloqotda bolishi unga oyinchoq korsatishi, termilishi, erkalashi unda tashqi tasirga javob reflekslarini faollashtiradi. CHaqaloq hatto hid bilish organlari yordamida odamlarni farqlay boshlaydi, bu tajriba qanchalik kop takrorlansa. Unda hid bilish sezgisi shunchalik sermahsul bola boshlaydi. Hali chaqaloq tub manodagi farqlash chegarasi mavjud bolmasa da, ammo bazi hollarda uning aniqlik darajasi haqiqatga yaqinlashadi. Kopincha tanish, goho begonasirash tuygulari ham chaqaloqlarda kozga tashlanadi, lekin ularning kopchiligi tasodiflar sifatida baholanishi kerak. Garbiy Evropa mamlakatlari va AQSH psixologlarining, shuningdek, sobiq sovet psixologlarining bergan malumotlariga kora, jumladan, D. B. Elkonin nazariyasiga binoan chaqaloqlik davrida ilk bolalik, godaklik davrlariga otishning oziga xos xususiyatlari mavjuddir. Ularning eng asosiylari quyidagilardir: 1. Koz va quloq yordami bilan diqqatni muayyan obektlarga, shu jumladan, odamlarga, jismlarga qaratish (toplash) ning paydo bolishi bola harakat faoliyatining qayta qurilishi boshlangani, alohida namoyon boluvchi harakatning xulq hodisasiga aylanishi, shuningdek, sodda harakatlarning takrorlanishi oqibatida ayrim shartli reflekslarning paydo bolishi. 2.Sirtdan idrok qilinuvchi barcha subektlarga, obektlarga, jismlarga yonalgan alohida qozgatuvchiga nisbatan reflekslarning hosil bolishi. Tashqi olamdan kelayotgan har xil xususiyatli signallarga, qozgatuvchilarga, tabiiy ehtiyoj bilan bogliq ayrim narsalarga nisbatan munosabat tugilishi va takomillashuvi. 3.Katta Yoshdagi odamlarga (ota onasiga, yaqin kishilariga va tajriba, tekshirish ishlar olib boruvchi shaxsga) nisbatan emotsional reaksiyalar ( his- tuygular, stress va affekt holatlarining korinishi, kechinmalar, tasirlanishlar) yangi ehtiyoj paydo bolishining korsatkichi ekanligi. CHaqaloqqa tasir otkazish vositasi bilan ularda yoz berishi mumkin bolgan imkoniyatlar va zahiralarning ertaroq namoyon bolishini tezlashtirish, sodda tarzdagi manaviy reflekslarning vujudga kelishi, obektiv va subektiv omillar ortasida uygunlashuvning kozga tashlanishi. 4. CHaqaloqning kattalar bilan mulokatda bolish ehtiyoji uning keyingi ruhiy osishi negizini tashkil etishi. Muloqat zamirida muomala tizimining tugilishi va bu borada sodda korinishdagi signallar majmuasining yaratilishi. Muloqatga kirishishda ozaro tanlash, ozaro yoqtirish, ozaro moslik rishtalari, maromlari paydo bolishi va hokazolar. Tajribalarning korsatishiga qaraganda, muomalaga orgatish muloqotga kirishish bilan ozviy bogliq bolib, muayyan tasir etuvchilar, yani vositalar, qozgatuvchilar, signallar yordamida, chaqaloqlik davridagi jonzotlar bilan katta Yoshdagilar bevosita aloqa qilish imkoniyatiga egadirlar. Lekin bu jarayon juda murakkab, hali psixologiya faniga aniq bolmagan mexanizmlar bilan izohlanishi mumkin, shuningdek vaziyatlarga tortilganlik maromi, uning oziga xos xususiyatlari chuqur izoh talab omillarni taqozo etadi. Godaklik davrining psixologik xususiyatlari. Godakning hayotiy faoliyati va taqdiri uni qurshagan, parvarishlaydigan katta Yoshdagilarga bevosita bogliq bolib, uning barcha ehtiyoj va talablari faqat shular tomonidan qondiriladi. Psixologik iboralar bilan aytsak, kattalar bolaning fazodagi ornini ozluksiz ozgartirishi, almashtirishi natijasida unda korish, eshitish, teri tuyush, haroratni sezish, tam bilish kabi sezgilar rivojlanadi, takomillashadi. Kattallar godak uchun yaratgan obektiv va subektiv shart sharoitlar uning osishini belgilovchi muhim turtki vazifasini otaydi. Kattalar atrof muhitning xususiyat va xossalarini godakning ruhiy dunyosiga singdiradilar har xil shaklli, ranglli, shiqildoqlar, oyinchoqlarning godak diqqatiga havola qilinishi unda jismlar togrisida tasavvur obrazlarini yaratadi.Godakning hissiy bilish organlari esa ularni aks ettiradi va ozaro muloqot jarayonida jismlarni ushlashga orgatish, turli mashqlar natijasida godak tanish jismlarga talpinadigan, ularga qol chozadigan bola boshlaydi, unda rang va shaklni farqlash imkoniyati paydo boladi. Tasir otkazishning keyingi murakkabroq bosqichida bola kattalar yordami bilan otirish, orinda dumalash, tik turish, ovqatlanish qurollaridan togri foydalanishni, ozluksiz va mazmunli harakatlarni amalga oshirishni organadi. Umuman, godaklik davrining dastlabki bosqichida olam, barcha ashyolar, jismlar togrisidagi malumotlar, tasavvurlar, va hokazolar bolaning kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyati mahsuli sifatida manaviy boylikka aylanib.Uning bosh miya katta yarim sharlari postlogi ostida oz izlarini qoldiradi. Mazkur davrning aksariyat bosqichlarida godakda bilim va tajribalarni egallash, oquv, konikma va malakalarni mustaqil ozlashtirish kozatilmaydi. Psixolog L. S. Vigotskiy Godaklik davri nomli asarida bolaning vokelikka munosabati dastlab ijtimoiy munosabatdek tuyulishini, ana shu jihatdan uni ijtimoiy jonzod deyish mumkinligini uqtiradi. D. B. Elkonining fikricha, katta Yoshdagi odamlar godakni qurshagan voqelikning markaziy siymosi, muhim tarkibiy qismi hisoblanib, uning har qanday ehtiyojini qondirish bilan bogliq muammolar uchun tayanch nuqtasi vazifasini bajaradilar. Godak tabiiy biologik jihatdan onadan ajralgan bolsa ham, aslida u bilan ijtimoiy bogliqligicha qoladi. Godakning bir Yoshgacha davridagi psixologik xususiyatlarini organish boyicha tadqiqot N. L. Figurin, M. P. Denisova, M.YU. Kistyakovskaya, A. Vallon, D.B.Elkonin, E.A.Arkin,S.Fayans, SH.Byuller, F.I. Fradkinalarning asarlari alohida ahamiyatga molikdir. S. Fayans tajribasida godakka chiroyli va jozibador oyinchoqlar 9sm masofadan korsatilganda, u butun vujudi bilan ularga intilgan, keyinchalik oraliq 60 sm bolganida bolaning intilishi, qol chozishi sustlashgan, va nihoyat, ular 100 sm dan korsatilganda bolada intilishi, chozilishi. Ixtiyorsiz harakat mutlaqo songan. U oyinchoq bilan bir qatorda torgan katta Yoshdagi odamga ham shunday befarq qaragan. Masofa qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi, qiziqishi shunchalik kuchayib borishini kozatish mumkin. YUqoridagi tajriba materiallari asosida shunday xulosa chiqarish mumkin: kattalar godak qatnashayotgan faoliyatni jonlantiradilar. Godakni qurshab torgan jismlar borgan sari uning nigohini oziga tortib, maftun qilib, qozgatuvchi vazifasini bajaradi va bolada qidirish, moljal olish, chamalash faoliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Tadqiqotchi A.V.YArmolenko yarim Yoshli godaklarda jozibali narsalarning ozaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Muallif olgan malumotlarga qaraganda, godak behisob jismlar orasida insoni (katta Yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. SHu bilan birga harakatsiz koruv qozgatuvchisiga diqqatni toplash 26 sekunddan 37 sekundgacha, harakat qilmayotgan odamga bolaning tikilishi 34 sekunddan 111 sekundgacha, harakatdagi koruv qozgatuvchisiga qarashi 41 sekunddan 78 sekundgacha, harakatdagi insonga etibor berishi 49 sekunddan 186 sekundgacha ortgan. Tajribada godakning harakatlanayotgan odamga diqqatni toplab turishi tort marotaba ortgani aniqlangan. Bizningcha, godak jonsiz narsalarga qaraganda odamga diqqatini barqarorroq qaratishi uning kattalarga munosabati ozgarganidan emas, balki ular bilan aloqaga kirishganda sust retseptor ornini faolroq retseptor egallaganidandir. Godakda fazoviy tasavvurning boyishida jismlarni idrok qilishdagi farqlashning takomillashuvi muhim vosita hisoblanadi. Hayot tajribasining ortib borishi, mashqlar natijasida jismlarning alomat va belgilarini farqlash oquvi paydo boladi. Fransoz psixologi Anri Vallon godakda ijtimoiy tasirlanish ortib borishini atroflicha tadqiq qilib, yarmi Yoshli bolada boshqa odamlardan farqli ravishda javob reaksiyasi tasiri (ozining yuqori bosqichiga) kotarilishini isbotlagan: Bola olti oyligida boshqa kishilarning imo ishorasiz tasiriga javob berishi (tasirlanishi) 50 foizni tashkil qiladi, etti oyligida esa aynan shu reaksiya 20 foizga kamayadi, ammo imo- ishoralar orqali muloqot 41 foizga ortadi. Etti sakkiz oyli bolalarda boshqa kishilarga talpinish, tabassum qilish birinchi yarim yillikdagidan tort marta kopdir. Xuddi shu muammo yozasidan M.YU.Kistyakovskaya bir Yoshgacha bolalarda kattalar bilan muloqotga kirishishning murakkablashib borishini organib, bolalar psixologiyasi fani uchun eng zarur materiallar toplagan va ularni atroflicha izohlagan. Olimaning fikricha, 3 oylikda 6 oydlikacha bolada katta Yoshdagi odamlar bilan tanlab munosabatda bolishi vujudga keladi. Uch oylik godak begonalar orasidagi tuqqan onasini ajrata olsa, yarmi Yoshdan boshlab esa begonalar ichidagi qarindoshlarini ham farqlay biladi. M. YU. Kistyakovskayaning malumotiga kora 3- 4 oylik godak unga yozlangan, erkalatgan, muloqotga kirishgan har qanday odamga tabassum qiladi yoki erkalanadi, 5-6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga bir oz tikiladi; keyin yo kulimsiraydi yoki undan yozini ogiradi, hatto qorqib yiglab yuboradi. Bolada ozini parvarish qilayotgan, boqayotgan yaqin kishilarga boglanib qolish odati sodir boladi. Ana shu sababli onasi yoki enagasini korsa qiyqirib qarshilaydi, talpinadi, qol oyogini ixtiyorsiz tipirchilatadi. U yarmi Yoshga tolganida atrofidagi yaqin kishilarga qator qarindosh uruglariga, hatto qoni- qoshnilarga ham boglanib (organib) konikib qoladi. Taxminan 8- 9 oyligidan kattalar bilan dastlabki oyin faoliyatini boshlaydi. Mazkur faoliyatdagi tabassum, jonlanish, shodlik tuygulari avval faqat kattalar ishtirokida namoyon boladi, vaqt otishi bilan oyinning ozi bolaga quvonch bagishlaydi. Godak bir Yoshga yaqinlashgan sari kattalarning xatti harakatlarin izchil kozatishdan tashqari, unda asta- sekin ularning faoliyatida ishtirok etish tuygusi, istagi paydo boladi, keyinchalik ularga komak berish ishtiyoqi tugiladi. Natijada bola individual faoliyat turidan muloqot kolamini kengaytirishga yordam beradigan hamkorlikdagi faoliyatga ham ota boshlaydi. Tadqiqotchilardan N.L. Figurin va M.P.Denisovalar godakning bir Yoshgacha davridagi psixik osishini organib chiqib bir Yoshgacha kulgi inson chehrasi va tovushidan tasirlanish asosida vujudga kelishini takidlaganlar. Bolaning boshini burib qarashi asosan inson tovushiga javob reaksiyasi tarzida namoyon boladi, lekin keyinchalik u boshqa tovushlardan tasirlanish ham yoz beradi. Odatda bolada qorquv hissi odamlarni tanish va notanishga, qarindosh va begonaga ajratish jarayonida vujudga keladi. SHuning uchun bola ijtimoiy tajriba va konikmalarni ozlashtirishda, biror holatni yaqqol aks etirishda kattalarga taqlid qiladi. Taqlidchanlik bolaning ijtimoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi va faoliyatining yanada takomillashuviga turtki boladi. YUqoridagi tadqiqotchilarning fikr va mulohazalarini umumlashtirib eng muhim tomonlarini topa olsak, qimmatli umumpsixologik goyalarni muayyan tartibda, malum izchillikda joylashtirish mumkin bolar edi. Birinchidan. Mazkur Yosh davrida bola bilan uni parvarish qilayotgan har xil tipdagi va jinsdagi voyaga etgan odamlar (ota va onalar, opa singillar, aka ukalar) ortasida yaqin hamda nisbatan barqaror aloqalar ornatiladi. Ikkinchidan, godak qatnashadigan har qanday favquloda holatda va muammoli vaziyatda kattalar markaziy siymoga aylanadilar. Uchinchidan, godaklik davrining oxiridagi kattalar bilan uning hamkorlik faoliyati (oyin, muomala, mehnat) individual, shaxsiy oyin faoliyatiga aylana boradi. SHunday qilib, godaklik davrida kattalar bilan faol aloqaga kirishish ehtiyoji tugiladi va bu aloqa nutq davrigacha (soz orqali ifodalanuvchi) muloqotning oziga xos yangi shakli sifatida bolaning osishida muhim rol oynaydi. Bir Yoshgacha davrda paydo bolgan ehtiyojnig tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha muloqot cheklanganligining nomutanosibligi bir Yoshdagi inqirozni keltirib chiqaradi. Vujudga kelgan qarama qarshilik oz echimini nutq orqali muloqot davrida topadi va bola osishning bir bosqichidan ikkinchi bosqichga otayotganligini ifodalaydi. Godakning nutq faoliyati takomillashgan sayin muloqot (muomala) ning mazmuni boyib, kolami kengayib boradi. Natijada haqiqiy manodagi shaxslararo munosabat vujudga keladi, godakning shaxsga aylanishi va ijtimoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi. Mazkur davrda godakning osishini taminlovchi obektiv va subektiv sharoitlarning yaratilishi bolaning faolligi ortishi uchun psixologik negiz hozirlaydi. L. I. Bojovich olib borgan tadqiqotlar natijasining korsatishicha, tugilish davriga kelganda bolaning miya postlogi faoliyat korsata boshlasa da, lekin u na anatomik va na funksional jihatdan rivojlanmagan boladi. Vaholanki, uning ruhiy dunyosida vujudga keladigan ehtiyojlarning kuchi, surati, davomiyligi, barqarorligi ana shu rivojlanishga bogliqdir. SHunday ekan, biologik tana azolarining rivojlanishi kop jihatdan godakning funksional holatiga aloqadorligi sababli bosh miyaning takomillashuvi ham unga yangi qozgatuvchilarning tasir qilishiga va bu tasirning bosh miya katta yarim sharlari postlogida faoliyat uygotishiga bogliqdir. Bosh miya markazlarining ishi esa moljalga olish (orientirovka olish) faoliyatining kuchliligi jadallashishi tufayli rivojlanadi. Tadqiqotchi N.M.Askarinning fikricha,katta Yoshdagi odamning tabassumi yoki yoqimli ovozidan boshqa hech qanday qozgatuvchi godakda shunchalik quvonch va shodlik his - tuygusini vujudga keltira olmaydi. SHu sababli quvonchi tuygusini uygotish va mustahkamlash uchun tarbiyachilar (ota va onalar) godak bilan tez - tez muloqotda bolishi, yoqimli ohangda samimiy suhbatlashib turishi lozim. Godakda paydo boladigan har xil xususiyatli harakatning psixologik xususiyatlari va mexanizmlarini qator tajribalar asosida chuqur organgan olim D. B. Elkonning ishonch bilan takidlashicha, 2-3 haftalik godakda koz konvergensiyasi vujudga kelsa ham, biroq oz nigohini turli jismlarga qaratib turish jarayoni juda qiyin kechadi, hayotining 3- 5 haftalarida esa uning nigohi oz fursat bolsa- da, muayyan obektga toplana boshlaydi. 4- 5 haftalik godakda 1- 1,5 metr naridagi jismlarni kozatish konikmasi hosil boladi. Ikki oylik bola 2- 4 metr uzoqlikdagi narsani kozatishni organadi, u uch oyligida 4- 7 metr oraliqdagi jismlarni ham payqay oladi, nihoyat, 6- 10 haftalik godak hatto aylanayotgan predmetlarning harakatini idrok qilish imkoniyatiga ega boladi. Keyinchalik hissiy organlarning koz bilan turli funksional aloqalar ornatish qaror topadi. Godak tort oyligida uning jismga tikilishi va uni tomosha qilish nisbatan barqaror boladi. SHunga qaramay, mazkur Yoshdagi bolalarda qol harakati hali beixtiyor xususiyatga ega bolib, jismlarni maqsadga muvofiq harakatlantirishdan ancha uzoqdir. Godak 4 oyligidan boshlab narsaga qolini yonaltiradi, asta- sekin unda paypaslash oquvi namoyon bola boshlaydi, 5 6 oyligida jismni ushlash va uni oziga tortib olish (qolidan yulib olish) konikmalari shakllanadi. Harakat va teri tuyush qobiliyati bir maromda rivojlanishdan birmuncha kechikadi. Bola 6 oyligida unda otirish, turish, emaklash, yurish, gapirish (nutqning artikulyasion) konikmalari tarkib topadi. N. M.SHchelovanov ushbu psixologik holatlarning moddiy asosini organib 2 oylik bolada bosh miya katta yarim sharlari postlogi oz funksiyasini boshlashishini,bu hol barcha idrok qilish organlarida, jumladan. Eshituv va koruv apparatlarida shartli reflekslar paydo bolganidan dalolat berishini uqtiradi. Olimning fikricha, eshitish, korishning analizatorlari, hattoki ularning kortikal bolimlari rivojlanganidan keyin bolada harakat va harakat hodisasi rivojlanadi. D. B. Elkonin oz tadqiqotlari orqali kozning rivojlanishi 4oylik godakda ayrim harakatlarni va harakatlanuvchi obektlarni kozatish imkonini yaratadi, degan xulosaga keladi. Mazkur Yosh davrda predmetning harakati koz harakatini vujudga keltiradi, uning esa oz navbatida qol bilan paypaslash harakatini yozaga keltiradi. Mazkur harakat oz qolini silashi va ushlab korishidan boshlanib, choyshab va korpachalarni paypaslashga borib etadi. Odatda, bola qolini uzoq vaqt korpacha va choyshab ustida harakatlantiradi. Tashqi tasirga javob sifatida paydo bolgan ruhiy jarayonning mazmuni qolning jism ketidan emas, balki jism boylab harakat qilishidan iboratdir. D. B. Elkonin va V. S. Muxinalarning mulohazalariga kora, bolada 5 oyligidan jismlarni ushlash harakati (bazan undan ham oldinroq) boshlanadi: uning jismni paypaslash uchun qolini ozatishi va ozatilgan qollarini kozdan kechirishi yoki tekshirishi kozatiladi. Asta sekin ushlashga intilish vujudga keladi: vaholanki, godakning qol barmoqlari narsani ushlab turish imkoniga ega bolmaydi, chunki ular maqsadga muvofiq harakat qilishdan uzoqroqdir. Godak bir necha marta natijasiz harakat oqibatida kaft va barmoqlarini yaqinlashtirib, shunday qulay holat yaratadiki, kolining uchi jismga tegishi bilanoq uni ushlab oladi. Qol bilan ushlash harakatining vujudga kelishi ham godaklik davrining muhim rivojlanish pallasi hisoblanadi, CHunki qol bilan ushlash harakati bu birinchidan korish harakatini muvofiqlashtirsa, ikkinchidan birinchi yonaltirilgan harakatni ifodalaydi, uchinchidan, jismlarni ushlashga intilishning ozi predmet bilan turli harakatlarni bajarish, yani manipulyasiyaning eng qulay shartidir. Kopchilik jahon psixologlarining fikrlariga qaraganda, olti oylik godak yotgan joyidan turib otirishga harakat qiladi, chunki bunda jism ushlab torgan qolning harakatini kozatish imkoni tugiladi,otirganda qol harakatlari bilan koruv idrok maydoni ozaro mutanosiblashadi. Etti oylikdan boshlab esa bolada predmetni idrok qilish va ushlab olish harakati ortasida ozviy aloqa vujudga keladi. Masalan, bola oyinchoqni korishi bilanoq uni olish uchun qolini chozadi. Bu sohada tadqiqot olib borgan N. L. Figurin va M. P. Denisovalarning fikricha, yarim Yoshgacha bolgan davrida godakda jismlarga takroriy intilishning paydo bolishi harakatning rivojini yangi bosqichga kotaradi. Mualliflar mazkur holatni chuqurroq organish maqsadida sinaluvchilarga har xil rangli va hajmli kub, silindr, prizma kabi geometrik jismlarni korsatishgan. Har qaysi jism bolada moljal refleksini vujudga keltirgan: bola avval jismni kozdan kechirgan, keyin uni qoliga olgan, u bilan mashgul bolgan, songra unga uzoq tikilgan, qaytatdan ushlab korgan, u qolidan bu qolga bir necha marta olib oynagan. Jism 15- 20 daqiqa godakning qolida torgan uni olib undan farqli yana bitta jism bilan qoshib, godakning oldiga qoyilgan. Bola tanish jismga mutlaqo etibor qilmay, faqat yangi siga talpinavergan. Tadqiqotchilarning takidlashlaricha, yangilik alomat bola uchun muhim ahamiyat kasb etgan sababli unda moljal refleksi borgan sari faollashib borgan. SHuning uchun yangilik alomatining qozgatuvchilik xususiyati bolaning faoliyatida uchraydigan takroriy va ozluksiz harakat mexanizmlarini tushunishga, idrok qilinayotgan narsalarga faol koz yugurtirish va jismga bogliq turli harakatlarni bajarishning psixologik mohiyatini ochishga xizmat qiladi. Biroq mazkur holatni bir nechta godakda bir davrning ozida kozatish kafalotliroq natija berishi mumkin deb oylaymiz. Keyinchalik godak ikkita jismdan foydalanishi, ular bilan mashgul bolishi natijasida unda mazkur predmetlar bilan funksional harakatlarni amalga oshirish sodir boladi. Bu birinchidan, shu harakatlar bilan jism ortasida malum bir munosabat ornatishga, ikkinchidan, ushbu harakatdan foydalanish jarayonida godakning qol ishlari kolami tobora kengayishiga sabab boladi. Psixolog R.YA. Abramovich Lextman godakning bir Yoshgacha davrida jismlar bilan harakat qilishini organib, ularning oltita rivojlanish bosqidan iborat ekanligini isbotlab beradi. Bularga: a) faol sergaklik (tetiklik) 2 haftalikdan 4- 5 haftalikkacha; b)sensor faollik -1,5 oylikdan 2,5- 3 oylikkacha; v) harakat oldi 2,5 3 oylikdan 4- 4,5 oylikkacha;g) sodda sermahsul harakat 4 oylikdan 7 oylikkacha; d) ozaro boglangan (uygun) harakat - 7 oylikdan 10 oylikkacha; e) funksional harakat -10 -11- oylikdan 12- 13 oylikkacha davom etadi. Tadqiqotchi har bir bosqichning oziga xos xususiyatlarini ham sxematik, ham tekstual tarzda ifodalagan. N.L. Figurin va M. P. Denisovalar bir Yoshgacha bolalarda tasirlangishining eng muhim jihatlari paydo bolishi va shakllanishi jarayonining rivojlanishining 34 ta sxemasini tuzganlar. CHunonchi, tasirlanishning mavjud emasligi, tasirlanishning namoyon bolishi, ozil kesil tasirlanishning tarkib topishi bosqichlariga psixologik tavsif berganlar. Predmetlarning xususiyatlariga kora bola haraktidagi ozgarishlarni M. YU. Kistyakovskaya, D. B. Elkonin, E. A, Arkin, V.S. Muxina, N. A. Menchinskaya va boshqalar,Retseptor faoliyat mexanizmlarini I. P. Pavlov va uning shogirdlari F. R.Dunaevskiy kabilar organishgan. Ularning talqinicha, emaklash godakning fazoda mustaqil holda orin almashtirishi, harakat qilishning dastlabki korinishi, mustaqil yurish esa godakning insonlarga xos yosinda fazoda siljish, joyidan qozgalishni amalga oshirish uchun muayyan darajada tayyorgarlikni taqozo qiluvchi harakatlarning yangi korinishidir. SHunday qilib, godakning jismlar bilan bevosita amaliy aloqa kirishuvi va ular yordamida harakatlanishi narsalarning yangi xususiyatlarini bilib borishi, ular bilan munosabatini yanada kengaytirishi uchun imkon yaratadi. Hayotining ikkinchi yarim yilida bolaning predmetlar bilan har xil harakatlarni amalga oshirishdagi ildamligi, moljalga olish faoliyatining murakkablashuvi, fazoda orin almashtirishining yangi shakllari vujudga kelishi uni katta Yoshdagi odamlarga bevosita boglaydi. Godakda osishi juda murakkab jarayonda xilma - xil faoliyat ozaro boglanganiligi tufayli katta Yoshdagi odamlar bu davrda godakning ehtiyojlarini tola qondirishga harakat qilishlari kerak. Bola ruhiy dunyosiga shu tarzda muntazam va maqsadga muvofiq tasir etishgina bolaning bosh miya katta yarim sharlari posti faoliyatini takomillashtiradi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling