Rivojlanish va ta’lim psixologiyasi fanidan 1-kurs boshlang’ich ta’lim sirtqi bo‘lim talabalari uchun 2-mustaqil ish. Mustaqil ish mavzusi


Download 17.08 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi17.08 Kb.
#1610079
Bog'liq
cWPjvl0nHO2IF-QQeQQN5Hgv4K-l2Vqj


Rivojlanish va ta’lim psixologiyasi fanidan 1-kurs boshlang’ich ta’lim sirtqi bo‘lim talabalari uchun 2-mustaqil ish.

Mustaqil ish mavzusi: Rivojlanish turlari.

Reja:

1. Quyida berilgan keysni o‘qib chiqing.

2. Keys savolidan kelib chiqib, o‘z munosabatingizni yozma bayon eting.

Biz ko’pincha onalarning o’z bolalari bilan muloqotda ularning imkoniyatlarini turlicha baholashlarining guvohi bo’lamiz. Ba’zi onalar: “Sen men qilolmagan ishlarni bajara olasan! Sen to‘g’ri aytayapsan, barakalla!” kabi jumlalardan foydalanadilar.


Boshqa onalar esa: “Sen hali yoshsan, kattalar aytganlariga quloq sol! Sen nimani ham bilar eding, o‘rganib olgandan keyin tushunasan!” kabi jumlalardan foydalanadilar.
Keysga savol- vazifa:
Turli onalarning o’z bolalari bilan muloqotidagi tubdan farq nimada?
Keys savoliga mening fikrim quyidagicha bo‘lib ikkala vaziyatda ham onalar bir birlarining amaliyotlarini birgalikda qilishsa judayam to‘g’ri bo‘ladi deb o‘ylayman chunki ilk holatda bolaga onasi tomondan motivatsiya berilgani va har bir ishida unga ishonch bildirilgani ko‘rinib turibdi bu tarbiyalash usuli to‘g’ri lekin bunday holda bola ulg’aysa nimaiki vazifani bajarishida u har doim men to‘g’ri ish qildim degan fikr oldinda turadi lekin bu fikr to‘g’ri emas. Bola tarbiyasida bolaga to‘g’ri ishonch bildirish va unga motivatsiya berish eng asosiy masala lekin bu yetarli emas. Tarbiya davomida bolaga o‘zidan kattalardan maslahat olishi va bilim ko‘nikma hosil qilishi so‘ng aniq bir ma’lumotga ega bo‘lgan holda qaror qaror qabul qilgani maqsadga muvofiqdir. Ikkinchi holatga qaraydigan bo‘lsak bolaga to‘gri aytilgani ko‘rishimiz mumkin lekin bir tomoni har doim ham bunday hol kuzatilaversa bola ko‘p hollarda suyanib qolishi va mustaqil tarzda harakat qilishi qiyinlashishi kuzatiladi. Bolaga ishonch bildirish eng muhim jihat bo‘lib har qanday masalada o‘zini fikrini bayon etishi va o‘ziga nisbatan ishonch paydo bo‘lishi kuzatilishi lozim. O‘zidan Yoshi kattalardan bilim va ko‘nikma hosil qilishi bu ikkinchi masala deb o‘ylayman. Fikrimni umumlashtirganimda ikkala holatlar to‘g’ri lekin to‘liq yondashilmagan onalarning tarbiya qilish usullarida ikkala harakatni birgalikda amalga oshirilsa farzandlari har tomonlama mukammal va komil shaxs sifatida ulg’ayishi va har bir qarorlarida ijobiy natija bo‘lishi aniq deb o‘ylayman.
Tayyorladi: Azimjonova Dilafruz Shavkat qizi
Tekshirdi: Valiyeva Nargiza
Download 17.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling