Rivojlanishi va ahamiyati


Download 0.59 Mb.
bet2/21
Sana16.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1497883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
23.04.2022

1-jadval

To‘qimachilik tolalarining tasnifi



Sinfi

Kichik sinfi

Guruhi

Guruhchasi

Turlari

Tabiiy



Organik



O‘simliklardan



Urug‘idan

Paxta

Poyasidan

Kanop, zigir, jut, penka

Bargidan

Sizal, manilla, geneken

Jonivorlardan



Teri ustidagi jun

Jun

qatlamidan

Tabiiy ipak

Anorganik






Bezlar bilan ishlab chiqarilgan

Toshpaxta (asbest)

Maʼdanlardan
Sunʼiy



Tog‘ birikmalaridan

Viskoza

Gidratsellyuloza

Asetat

Asetilsellyuloza
Oqsil modda

Kazein

Zein




Poliamid

Getrozanjirli

Poliefir

Kimyoviy

Organik


Sintetik






Poliuretan

Poakrilonitril

Karbozanjirli





Polivinilxlorid

Polivinilspirt

Poliolefenil

Anorganik







Shisha tola

Silikatli

Zarli iplar

Kimyoviy tolalar ham xuddi tabiiy tolalar kabi organik va anorganik kichik sinfiga, sunʼiy va sintetik guruhlarga tasniflanadi. Sunʼiy tolalar guruhi gidrotsellyulozali, atsetilsellyulozali va oqsilli kibi guruhchaga hamda viskoza, atsetat, kazein va zein kabi turlarga tasniflanadi. Sintetik tolalar guruhi ham o‘z navbatida getrozanjirli va karbozanjirli guruhchaga, undan poliamid (kapron), poliefir (lavsan), poliuretan (spandeks), poliakrilnitril (nitron), polivinilxlorid (xlorin), polivinilspirt (vinilon), poliolefinli (polietilen) kabi tola turlariga tasniflanadi. Kimyoviy tolalarning anorganik kichik sinfiga kiruvchi tolalar tosh va metall birikmalari guruhiga, silikatli va metalli guruhchaga va shishasimon va zarsimon tola kabi turlariga tasniflanadi.

2-MAVZU: TO‘QIMACHILIK TOLALARINING KIMYOVIY TARKIBI
v) tola oqsil moddalarining tuzilishi va xususiyati.
To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan tolalar organik va noorganik tolalarga bo‘linadi. Barcha turdagi organik tolalar yuqori molekulali moddalarga kiradi yaʼni, ular polimer deb ataladi.
«Poli”-ko‘p, «mer”-zarracha, yaʼni ko‘p zarracha degan maʼnoni bildiradi.Tola moddalarining molekula tuzilishi uchta omil bilan belgilanadi:Tolani tashkil etuvchi elementlar. Elementlarni bir-biri bilan bog‘lanishi. Elementlarning o‘zaro joylanilishi. Tolalarni tashkil qiluvchi elementlar quyidagilardan iborat: molekula; mikrofibrill; makrofibrill; tola qatlami.
Elementlarning o‘zaro bog‘lanishi ikkiga bo‘linadi:
a) elementar kimyoviy bog‘ bilan yoki vodorod bog‘ bilan birlashadi.
b) molekulalar o‘zaro tortishish kuchi bilan. Vander-Vaals kuchi bilan bog‘langan bo‘ladi.
Molekulalarda elementlarning joylashishi polimerlarning molekula tuzilishi uch xil bo‘ladi. Element turlari A,V,S,D va boshqa har xil belgilanadi. Bir xil polimerlar bir xil harflar bilan belgilanadi.
a) Chiziqsimon yoki ipsimon tuzilishi-bu tuzilishda har bir qoldiq yon tomonidan birlashib, chiziq bo‘yicha joylashadi.
Tartibli polimer (gomopolimer) -A-A-A-A-
Tartibsiz polimer (sopolimer) -A-V-A-V-A-V-
Blok polimer (blokpolimer) -A-A-A-V-V-V-
b) Tarmoqli tuzilish-asosiy zanjirlardan yon tomonga tarmoqlangan bo‘ladi.

Bu bog‘lanishda asosan oqsil moddalar mjlekulalari tuzilgan.


3 . To‘rsimon tuzilish - bu tuzilishda har bir element to‘rt tomondan bir-biri bilan bog‘langan. Bu tuzilishdagi polimerdan tola olib bo‘lmaydi. Bu polimerlar plyonka, plastmassa olishda ishlatiladi.

To‘qimachilik tolalarining tarkibidagi moddalari asosan bir chiziqli tuzilishda bo‘ladi. Molekulalarning tuzilishi cho‘zilish paytida ingichka, uzun tolani hosil qiladi. Bir chiziqli polimerlar egiluvchan bo‘ladi, chunki zanjirlari aylanish qobiliyatiga ega. Zanjirlari issiqlik taʼsirida onsongina buraladi, egiladi, to‘g‘rilanadi. Zanjirlar bir-biri bilan valent burchagini hosil qiladi.

Polimer moddalar molekulasi ikki xil: amorf va kristall holatida bo‘ladi. Amorf holatida joylashgan molekulalar yo‘nalishi molekulalar orasidagi masofa har xil bo‘ladi, yaʼni molekulalar tartibsiz holatda joylashadi. Bunday tolalarning cho‘ziluvchanligi katga, mustaxkamligi kam bo‘ladi.

Kristall tuzilishdagi molekulalar kristall panjarasini hosil qiladi, yaʼni molekulalar tartibli harakatda joylashgan bo‘ladi. Molekula yo‘nalishi va ularning orasidagi masofa bir xil bo‘ladi. Paxta tolasi va ipak molekulasi ikkita tuzilish aralashmasidan iborat. Jun tolasi amorf tuzilishda bo‘ladi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling