Rivojlanishi va ahamiyati


Download 0.59 Mb.
bet21/21
Sana16.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1497883
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
23.04.2022

Tayanch iboralar
Geometrik shakl, chiziqiy o‘lchovi, chiziqiy zichlik, bevosita o‘lchash, ko‘ndalang yuzasi, tola-iplarning chiziqiy zichligi, modda zichligi, metrik nomer, shartli diametr, hajm zichligi, qayta taralgan, karda usuli, tolщinomer, gravmetrik usul, elementar tola, haqiqiy chiziqiy zichlik, belgilangan chiziqiy zichlik, konditsion chiziqiy zichlik, natijaviy chiziqiy zichlik.
Nazorat savollari
1.Tola va iplarning yo‘g‘onligini aniqlash usullarini keltiring.
2.Tolalarning chiziqiy zichligini gravmetrik usul bilan aniqlash yo‘llariga taʼrif bering.
3.Poya po‘stlog‘idan olnnuvchi tolalarning yo‘g‘onligini aniqlash usullarini keltiring.


10-MAVZU: TO‘QIMACHILIK TOLA VA IPLARINING SHIKASTLANISHI, BURAMDORLIGI VA AHAMIYATI

Maʼruza mavzusining rejasi:
a) tolalarning mexanik, biologik va aralash shikastlanishi;
b) tolaning shikastlanishini aniqlash uslubi;
v) tola va iplarning buramdorligi;
g) tola buramdorligining ahamiyati.

Tolalarning shikastlanishi turlicha bo‘lib, ularga mexanik, biologik va aralash shikastlanishlar kiradi.


Paxta yetishtirish dalalaridan paxtani mashina yordamida terish paytida shpendillar taʼsirida, paxta tozalash korxonalarida mayda va yirik iflosliklardan tozalash, jinlash, tolasini tozalash va presslash jarayonlarida tola mexanik shikastlanadi. Agar tola mexanik shikastlansa, unda tolaning mustahkamligi, shtapel massa uzunligi pasayadi, kalta tolalar miqdori aksincha ortib ketadi. Undan tashqari, ip yigirish korxonalarida paxtani titish, tarash, piltalash, piliklash va yigirish jarayonlarida tola mexanik shikastlanadi.
Paxta yetishtirish dalalarida yog‘ingarchilikning meʼyoridan ortib ketishi, paxta tozalash korxonalarida paxtani g‘aramda uzoq muddatda saqlash natijasida namlik miqdorining oshib ketishi hisobiga zamburg‘lar va mikroorganizmlar sonining ortib ketishi hisobiga tolalar biologik shikastlanadi. Natijada, tolaning mustahkamligi kamayadi va undan olinadigan mahsulotning sifati buziladi.
Paxtani yetishtirish dalalaridan terishdan boshlab to tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilgunga qadar turli texnologik jarayonlar, namlik miqdori hisobiga bir paytda tola ham biologik ham mexanik shikastlanadi.
Tolalarning shikastlanishi akad.M.A.Xojinova uslubi yordamida aniqlanadi. Uning uchun piltadan 30-40 mg shtapel tayyorlab olib, mikroskop ostida tolalarning mexanik, biologik va aralash shikastlanishlari aniqlanadi.
Tolalarning ikkinchi bir xususiyati ularning buramdorligidir.
To‘qimachilik tola va iplarning buramdorligi deganda, tola va iplarning bo‘ylama o‘qining to‘lqinsimon tuzilishi tushuniladi.
Tola va iplarning buramdorligi fazoviy va tekis, sinusoidal xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Jun tolalari tabiiy buramdorlikka ega. Sintetik tolalarga, teksturlangan iplarga buramdorlik ularning ilashimliligini, cho‘ziluvchanligini va hajmdorligini oshirish uchun ishlab chiqarish jarayonida maxsus ishlov berish bilan hosil qilinadi. Buramdorlik muhim xossalaridan biri hisoblanadi. U yigirish tizimini tanlash, tolalarni qayta ishlash sifatli ip va gazlamalar olish jarayonida eʼtiborga olinadi. Buramdorlikning jadalligi birlik uzunligiga to‘g‘ri keluvchi buramlar soni va balandligiga bog‘liq bo‘ladi.
Tola va iplarning buramdorlik ko‘rsatkichlari sifatida buramlar chastotasi i, jingalaklik darajasi J va buramdorlikning turg‘unligi bo‘lib, GOST 13411-84 standarta bo‘yicha belgilanadi.
Buramdorlik chastotasi i tola va iplarning 1 sm uzunligiga to‘g‘ri keluvchi to‘lqinlar soni Z ga binoan aniqlanadi:
(42)
Bu yerda: Z - tola va iplarning o‘lchanayotgan qismidagi to‘lqinlar soni; Lо- tekislanmagan tola namunasining boshlang‘ich uzunligi,mm.
Buramdorlik darajasi J tola, iplarning to‘liq tekislangandagi uzayishini, iplarning tekislanmagan uzunlik nisbati bilan % da aniqlanadi:
(43)
Bu yerda: L1- tola va ip buramlarining tekislangan vaqtidagi namuna uzunligi.
Buramdorlik turg‘unligi Yi- kuch yoki deformatsiyadan keyingi tola va iplarning buramdorlik darajasi bo‘lib, boshlang‘ich buramdorlik darajasiga nisbati bilan % da ifodalaniladi:
(44)
Bu yerda: J1-bir va ko‘p marotaba qo‘yilgan kuch yoki deformatsiyadan qo‘yilgandan keyingi tola yoki ipning buramdorlik darajasi bo‘lib, buramdorlikning turg‘unligiga taʼsir etadi; J-boshlang‘ich holatida tola yoki iplarning buramdorlik darajasi.
Baʼzi kimyoviy tolalarning buramdorlik ko‘rsatkichlari meʼyorlanadi. Masalan, lavsan tolasining buramdorlik chastotasining ko‘rsatkichi bo‘lib, agar jun aralashmasida ishlatilsa meʼyorlanadi, hamda iH = 2,5....3,5 см-1, nitron tolalari uchun esa iH=2,5 см-1 va iH=4,5 см-1 ga teng bo‘ladi.
Tolalarning buramdorlik ko‘rsatkichlarining baʼzi bir turlari quyidagi 14- jadvalda berilgan.
14-jadval
Tolalarning jingalaklik ko‘rsatkichlari

Tola

Buramdorlik darajasi J, %da

Buramdorlik turg‘unligi Yi

Kapron

8

0,71

Neylon

7,4

0,72

Lavsan

20

0,47

Nitron

19,8

0,48

Jun

25,4

0,74

Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, jun tolasi eng yuqori buramdorlik darajasiga ega ekan. Jun tolasiga lavsan, nitron tolalari yaqinroqdir.


Teksturlangan iplarning buramdorlik ko‘rsatkichlari quyidagi 15-jadvalda berilgan.
15-jadval
Teksturlangan iplarning buramdorlik ko‘rsatkichlari

Ip

Buramdorlik chastotasi, i

Buramdorlik darajasi I,%

Banlon

31,2

28

Fuflon

46,4

67,1

Elastik

53,4

72,8

Adjilon

38,2

76,6

Buramdorlikni aniqlash ishlari XIX asrning boshlarida amalga oshirildi. U vaqtda ingichka junning sifatini baholashda tolaning buramdorligi andoza bilan aniqlandi. Shu narsa eʼtiborga olindiki, junning ko‘ndalang kesimi qanchalik kichik bo‘lsa, unda uzunlik birligiga to‘g‘ri keluvchi buramlar soni shunchalik ko‘p bo‘larkan. Undan tashqari, junning buramdorligi bo‘yicha uning ingichkaligi aniqlanadi. O‘xshash andazalar jun o‘lchagich nomi bilan olindi. Andazalar baʼzida buramdorlikni baholash uchun ham qo‘llaniladi.


Nihoyat tekislangan tola va iplar uslubi qo‘llaniladi. U qo‘l yordamida yoki oddiy uskuna, masalan, birinchi qisqich qo‘zg‘almas, ikkinchi bir qisqich esa qo‘zg‘aluvchan bo‘lib, o‘lcham qiymatlari chizg‘ich yordamida qayd etiladi. Baʼzida buramdorlikning chidamligi aniqlanadi. Uning uchun tolaning buramdorligi hisoblanadi, keyin esa uni bir qancha vaqt davomida cho‘ziluvchanlik holatida ushlab turiladi, keyin tola pastki qisqichdan ozod etiladi va unga "dam" beriladi. Undan keyin yana buramdorlik aniqlanadi.
Baʼzida maxsus uskunalar o‘rniga uzish mashinalari ishlatiladi, yaʼni tola va iplar tekislangunicha cho‘zib boriladi. Bu uslubning kamchiligi tekislangandagi buramdorlikni aniqlashda unchalik aniqlikda bo‘lmaydi.
Tolalarning buramdorligi mikroskop yordamida o‘rganiladi. Uning uchun piltadan massasi 30-40 mg li shtapel tayyorlanib, 1 sm masofadagi buramlar soni sanab chiqiladi.
Tolalarning buramdorligi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, agar tolalar qanchalik ko‘p buramdorlikka ega bo‘lsa, undan olinadigan iplarning ilashuvchanligi shunchalik yuqori bo‘lib, mayin, silliq va ingichka hamda notekislik darajasi past bo‘lgan mahsulot ishlab chiqariladi.

Tayanch iboralar
Mexanik shikastlanish, biologik shikastlanish, aralash shikastlanish, jinlash, presslash, mustahkamligi, zamburg‘, mikroorganizm, fazoviy, sinusoidal, teksturlangan, hajmdorligi, ilashimliligi, cho‘ziluvchanligi, jingalaklik, buramdorlik, banlon, fuflon, elastik, adjilo.

Nazorat savollari
1.Tolalarning mexanik, biologik va aralash shikastlanishiga taʼrif bering.
2.Tolaning shikastlanishini aniqlash uslubini keltiring.
3.Tola va iplarning buramdorligi haqida tushuncha bering.
4.Tola buramdorligining ahamiyati.
Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling