Rivojlantirish instituti
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Terapevtik stomatologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Periodontitning kelib chiqish sabablari (etiologiyasi) va rivojlanishi (patogenezi)
- Jarohat orqali periodontitlar
- Medikamentoz (dorilar ta’sirida) periodontitlar
- Periodontitning rivojlanishi (patogenezi)
- Periodontitning patologik anatomiyasi
- O‘tkir zardobli periodontit.
- O‘tkir yiringli periodontit.
- Surunkali periodontitlar. (Per. chronica) Fibrozli periodontit
- Granullashgan periodontit (per. granulans)
- Granulematoz periodontit
- Tasnif (klassifikatsiya)
- M U S T A Q I L T A Y Y O R G A R L I K U C H U N S I N O V S A V O L L A R I
- O‘tkir periodontitlarning klinikasi O‘tkir zardobli periodontit (periodontitis acutaserosa).
Plastik vazifasi esa periodontdagi sementoblastlar (ikkilamchi, hujayrali sement hosil qilish) va osteoblastlar (alveola suyagi qatlamlarini hosil qilish) orqali bajariladi. Qon va limfa aylanish tizimining umumiyligi, paradont to‘qimalari (pulpa, milk, periodont va alveola suyagi) orasidagi boy anastomoz turlari, umumiy innervatsiya va oziqlanish, ularning anatomik va funksional birligini, vazifalarining o‘xshashligi va patologik jarayonlar kechish sharoitlarining ham o‘xshashligi periodontning amortizatsiya, bog‘lovchilik, sezgirlik (sensor), oziqlanish va surilish vazifalarining buzilishida yaqqol ko‘rinadi. Ildiz sementi tish ildizining dentin to‘qimasini yopib, qoplab turadi va u bilan radial tolalar orqali bog‘langan. Bu tolalar esa dentinning Korf tolalari bilan bog‘langan. Boshqa tomondan, radial tolalar periodontning qolgan tolalar tutamiga davom etadi. Sement to‘qimasi 2 turga bo‘linadi: birlamchi (hujayrasiz) sement, amorf tarzda bo‘lib, tish ildizini hamma yuzasini yopib turadi. Ikkilamchi (hujayrali) sement esa, ildizning uchki qismi (ildizning uchdan bir qismi) va ko‘p ildizli tishlarning bifurkasiya qismlarida joylashgan. Hujayrali (ikkilamchi) sementda sementoblastlar boshqa sement hujayralari bo‘lganligi tufayli, ma’lum sabablar (o‘ta bosim, yallig‘lanish) oqibatida yangi sement to‘qimasini hosil qilish vazifasini bajaradi. Sementda kanallar, qon tomirlari yo‘q, lekin to‘qimaning oziqlanishi periodont tomonidan sement tanachalari va sementosid o‘simtalari orqali amalga oshadi. Alveola ichki va tashqi devorlar va ular orasida joylashgan bo‘shliqlari, kanallari bor bo‘lgan (spongioz) suyak to‘qimasidan iborat. www.ziyouz.com kutubxonasi 1 6 2 Alveolaning ichki kompakt devori silliq, yupqa va teshikchalari bo‘lib, unga periodont kollagen tolalarining tutamlari kirib, g‘ovak suyak to‘siqlarigacha etib boradi. Suyak to‘siqlari bo‘shliqlarida periodontning yumshoq qo‘shuvchi to‘qimasi va alveola suyagining ko‘mikli moddasidan chiqqan tomirlar va asab tolalari joylashgan. Alveolaning tashqi devori yupqa va uning teshiklari orqali periodont jag‘ suyagning ustki pardasi bilan bog‘lanadi. Shunday anatomik tuzilishda bo‘lgan bu devor og‘iz daxlizida bo‘lishi mumkin bo‘lgan shish, qizarish, yiring chiqadigan oqmalarning paydo bo‘lish mexanizmini anglatadi. Shuning bilan bir paytda, bunday patologik holatni xususiy og‘iz bo‘shlig‘ida kam bo‘lishi (qattiq tanglayda va til tomonda) ham oydinlashadi. Alveolaning kompakt plastinkasi ostida alveolaning bo‘shliqli (spongioz) suyak to‘siqchalari joylashgan va ular asta-sekin jag‘ suyaklari bo‘shliqli moddasiga o‘tadi. Periodont to‘qimasi odamning yoshiga qarab ham o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar 3 davrga bo‘linadi: 1 davr 20—24 yosh. Periodont asosan shakllanadi, kollagen tolalar yetiladi va ular joylashgan joylarida anik shaklga ega buladi. II davr 25—40 yosh. Periodont o‘z tuzilishi shakllanishida turg‘unlik bo‘lib, juda kam o‘zgaradi. III davr 40 yosh dan keyin turli destruktiv o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Kollagen tolalarning ayrimlarida tarqoqlik, rang o‘zgarishlar bo‘lishi kuzatiladi. Periodontitning kelib chiqish sabablari (etiologiyasi) va rivojlanishi (patogenezi) Kelib chiqishi bo‘yicha periodontitlar 2-ga bo‘linadi: infeksiyali va infeksiyasiz, noinfeksiya. Noinfeksionperiodontitlar o‘z navbatida yana ikkiga bo‘linadi: dorilar (medikamentoz) va jarohatlar oqibatida kelib chiqadigan periodontitlar. Patologik jarayonning periodontitni qaysi qismida, ya’ni joylashishiga qarab ildiz cho‘qqisi (apikal periodontitlar), chetki, yon (marginal), hamda umumiy (diffuz, total) periodontitlarga bo‘linadi. Bular orasida eng ko‘p uchraydigan — infeksiyali periodontitlar xisoblanadi. Infeksiyali periodontitlarda infeksiyaning to‘qimaga kiradigan yo‘llari turlicha. Infeksiya (mikroblar va ularning zaxarlari) asosan tish kanali (lari) orqali pulpit kasalligida, pulpa chiriganda (nekroz) yuz beradi. Mikroblardan eng ko‘p uchraydiganlari — nogemolitik, ko‘kimtir, gemolitik strepto- kokklardir. Bu kokklar bilan bir qatorda laktobakteriyalar, hamirturush- simon zamburug‘lar ham bor. Periodontga infeksiyaning tushishi (o‘tishi) patologik tish-milk cho‘ntagi orqali ham bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, tish ichi-kanali (interdental) yo‘llari orqali infeksiya periodont to‘qimasiga tushishi va uni yallig‘lantirishi mumkin. Tish tashqarisidan infeksiyani periodontga o‘tishining yana bir yo‘li — bu qo‘shni tishlar www.ziyouz.com kutubxonasi 1 6 3 atrofidagi infeksiyani tish yonlaridan yoki lateral joylardan ildizlararo va alveolalararo bo‘shliqlar, teshiklar cribra alvejiaria orqali per conti- neutatem yo‘li yoki kontakt yo‘li bilan o‘tishidir. Paradont kasalliklarida (paradontit, surunkali gingivit) infeksiya periodontga tish bo‘yin qismidan kirib, patologik cho‘ntagi orqali ham o‘tishi mumkin. Va nihoyat, infek- siya yuqumli kasalliklar, osteomiyelit, ostit, gaymorit, sepsis va boshqa shunga o‘xshash kasalliklarda qon orqali gematogen va limfogen yo‘llar bilan ham tushishi mumkin. Demak, infeksiya asosan tish ildizi orqali (intradental) tish tash- qarisidagi (ekstradental) yo‘llar-patologik tish-milk cho‘ntagi, qo‘shni yallig‘langan o‘choqlar va qon, limfa orqali periodontga tushishi va uni yallig‘lantirishi mumkin ekan. Infeksiyani periodont to‘qimasiga tushishining yana bir yo‘li bor — bu sog‘lom pulpali tishlar emal qavatining emirilishi oqibatida, emal- dentin yoriqlari (dentin kanalchalari) orqali ekstradental kirish yo‘lidir. Jarohat orqali periodontitlar o‘tkir (o‘ta bosim, urilish) jarohatlar ta’siri ostida tishlardagi tomir-asab tutamining ezilishi, uzilishi oqibatida, pulpa qon ta’minotining buzilishi va unda chirish (nekroz) jarayonining ketishi oqibatida o‘tkir yoki surunkali periodontitlar kelib chiqishi mumkin. Undan tashqari, pulpani ekstirpasiya-olib tashlash muolajasini qo‘pol tarzda (pulp-ekstraktor, ildiz ignasini periodontga tikish) o‘tkaz- ganda yoki plombaning haddan tashqari ko‘p ildizning periapikal qismiga chiqarish natijasida ham periodontit kelib chiqishi mumkin. Ba’zida noto‘g‘ri qo‘yilgan (chetlari milkni bosib turgan) plombalar, o‘tkazilgan tojlar, protez klammerlari marginal (tish bo‘yin qismi) perio- dontitning kelib chiqishiga sabab bo‘lishlari mumkin. Marginal perio- dontitlar paradontit kasalligida hosil bo‘ladigan tish-milk cho‘ntaklari orqali, qo‘yilgan yon plombalarning qo‘shni tish bilan tegib turuvchi (kontakt) yuzasining yo‘qligi, noto‘g‘ri (germetik bo‘lmagan qo‘yilgan) margimush — mishyak pastasi ta’siri ostida ham rivojlanishi mumkin. Surunkali jarohatlar turlariga noto‘g‘ri (prikusni ko‘tarib turuvchi) qo‘yilgan plombalar, tojlar, doimiy yomon ta’sir ko‘rsatuvchi (tishlarni bosib turuvchi) chekuvchilar mundshtuklari, chilim chekuvchilar trub- kalari, musiqa asboblar, etikdo‘zlarda mixlarni tish oralarida ushlab turish, yozuv asboblari (qalam, ruchka)larini tish oralarida saqlab turish kabi yaramas odatlar kiradi. Surunkali jarohatlar ildiz cho‘qqisidagi alveola kompakt suyak plastinkasini yemirilishiga olib kelishi ham mumkin. Medikamentoz (dorilar ta’sirida) periodontitlar eng avvalo pulpa yallig‘langanda olib borilishi zarur muolajalarni noto‘g‘ri, qo‘pol, tish anatomiyasi — endodental holatni xisobga olmay o‘tkazilishi oqibatida yuzaga keladi. Margimush kislotasi, formalin, trekrezolformalin, fenol, kumush va shunga o‘xshash kuchli kimyoviy preparat yoki dorivorlarni, ularning konsentratsiyasi, ta’sir etish muddatlarini va ildiz kanallarining www.ziyouz.com kutubxonasi 1 6 4 holatlarini (o‘tuvchanligini) xisobga olmaslik oqibatida, hamda fosfat- sement, adgezor, rezorsin-formalin pastasi, shtiftlar va boshqa kanal plomba ashyolarini ildiz cho‘qqisidan o‘tkazib, periodont to‘qimasiga kiritish kabi hollarda ham periodont to‘qimasining jarohatlanishi, kuyishi, yallig‘lanishi kuzatiladi. Undan tashqari, medikamentlarga bemorlarning sezuvchanligidan oshgan bo‘lishini (sensibilizatsiya) ham xisobga olmasdan tish kanaliga kiritilgan antibiotik, yod, evgenol va boshqa shunga o‘xshash dorilardan allergik holat yuzaga kelishi, ya’ni maxalliy immunologik holatning buzilishi ham periodontitga olib keladi. Periodontitning rivojlanishi (patogenezi) Periodontitning rivojlanishi yaxshi o‘rganilgan. Yallig‘lanish jarayoni asosan mikroblar va ularning zaxarlarini ildiz kanali va boshqa yo‘llar orqali periodontga tushishi oqibatida ro‘y beradi. Kasallikning kelib chiqishi uch narsaga — organizmning umumiy holati, uning reaktivligi va qarshilik ko‘rsatish kuchi, tushadigan mikroblar soni va ularning chidamliligi, kuchliligiga bog‘liq. Birinchi davrlarda o‘tkazilgan mikro- biologik tekshiruvlar periodontitni chaqiruvchi mikroblar borligini aniq- lashga yo‘naltirilgan. Lekin bu tadqiqotlar periodontitni chaqiruvchi spesifik-xos mikroblarning yo‘qligi, balki periodont to‘qimasining yallig‘lanishiga juda ko‘p mikroblar, zamburug‘lar va boshqalar sababchi bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Keyingi tekshirishlar natijasiga ko‘ra, mikroblardan ko‘ra, ularning zaxarlari (toksinlari) streptokokk va umuman grammusbat mikroorga- nizmlar qobiqlarini jarohatlashi oqibatida periodont to‘qimasiga salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Shu jarayon oqibatida endotoksinlar periodontda biologik faol maxsulotlar to‘planishi va ular ta’sirida tomirlar o‘tkazuv- chanligini oshishi va bu hol esa, o‘z navbatida, limfositlarni, makro- faglarni, lizosom fermentlarni oshishiga, bu esa osteoklastlar faoliyatini kuchayishiga olib keladi. Ana shunday qilib periodont va uning atrofidagi suyak to‘qimasining emirilishi yuzaga keladi. Periodontitning patologik anatomiyasi Yallig‘lanish qonuniyatlariga to‘liq amal qilgan holda kechadigan periodontit kasalligida quyidagi patologo-anatomik o‘zgarishlarni qayd etish mumkin: alterasiya (buzilish, emirilish), ekssudasiya (ajralib chiqish, chiqarish) va proliferasiya (asta-sekin yangi to‘qimalar paydo bo‘lishi). Alterasiya va ekssudasiya ko‘proq o‘tkir periodontitlarda, proliferasiya va alterasiya — surunkali periodontitlarda kuzatiladi. O‘tkir zardobli periodontit. Bunda yallig‘langan periodont qalin- lashgan, shishgan, qizarish va tomirlar jarohatlanganligi uchun qon quyi- www.ziyouz.com kutubxonasi 1 6 5 lishi oqibatida hosil bo‘lgan o‘choqlar xisobiga qon qo‘yqulari, mikroskop ostida yallig‘lanishli qizarish (giperemiya), ko‘p shakl yadroli leykositlar, gistiositlar va kam sonli limfositlarni ko‘rish mumkin. Qon tomirlar kengaygan, suyak ko‘miklari bo‘shliqlarida turg‘unlik holati bo‘ladi. O‘tkir yiringli periodontit. Odatda, o‘tkir zardobli periodontitlardan keyin yoki birlamchi ravishda yiringli periodontit shaklida kechishi mumkin. Periodont to‘qimasi qon bilan to‘la, shishgan bo‘ladi. Periodont tolalari zardob surilishi oqibatida yumshagan. Qon tomirlar kengaygan, hujayralararo infiltrasiya o‘choqlarida autolitik (o‘z-o‘zidan parchalanish, yemirilish) jarayonlar kechib, to‘qimalar erishi natijasida periodontda abssesslar hosil bo‘ladi va periodont to‘qimasi yiring bilan to‘yinadi. To‘plangan yiring ildiz kanali orqali, yon periodont (tish bo‘yin qismidan) chiqish yo‘lini axtaradi yoki suyak ko‘migi bo‘shliqlari orasidan suyak ustki pardalari ostiga yo‘l olib, u erlarda yoki milk ostida abssesslar hosil qiladi. Atrofdagi yumshoq to‘qimalarda yallig‘lanish tarqalib, kollaterial shishlar, trizm, limfadenit va boshqa noxush holatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Periodontga yaqin joylashgan to‘qimalarda alveola suyagida suyak emirilish jarayoni, suyak ko‘miklarida yiringlash kabi holatlar yuzaga keladiki, bular suyak to‘qimasida perifokal xastaliklar oqibatida ostit, periostit yoki osteomiyelitlargacha bo‘ladigan xastaliklarni paydo bo‘lishiga olib keladi. G.A.Vasilev (1956) itlarda o‘tkazgan eksperimental tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, qon tomirlarda tromboz bo‘lmaganligi sababli suyak to‘qima- larida o‘lish (surilish, emirilish) holati bo‘lmaydi. Shunga asoslanib, muallif periodontit osteomiyelitik jarayon emas, ya’ni periodontit osteomiyelitga o‘tmaydi degan xulosaga keladi. I.G.Lukomskiy (1958) esa yiringli periodontitda atrof to‘qimalardagi patologik o‘zgarishlarni perifokal ostit deb qaraydi. Shuning uchun, hozirgi zamonda diffuz periodontit osteomiyelitni boshlang‘ich davri deb qarash to‘g‘ri bo‘ladi (A.A.Limberg, V.M.Uvarov va boshqalar). Surunkali periodontitlar. (Per. chronica) Fibrozli periodontit (periddontitis fubrosa) ning kelib chiqishiga sabab uzoq muddat davo- mida jarohat, bosim, infeksiya, yallig‘langan pulpa qoldig‘i kabi kuchsiz ta’sirotlar deb kelingan. Bunda periodont qalinlashgan, zich ko‘pincha gipersementoz borligini ko‘rish mumkin. Periodont yorig‘i kengaygan, lekin alveolaning kompakt plastinkasi o‘zgarmagan. Qalinlashgan qo‘pol tolali to‘qimaning ayrim joylarida limfositlar bor holos, boshqa hujayralar yo‘q. Periodontning sog‘lom joylaridagi tolalari o‘zgarmagan. Fibrozli periodontit ko‘pincha asoratsiz o‘tadi, intoksikasiya deyarli bermaydi. Ba’zi paytlarda, tish kariyes kovagi ochiq, ya’ni tish kovagi bilan tish www.ziyouz.com kutubxonasi 1 6 6 kanali bevosita aloqador, ba’zida esa kariyes tish kovagi bilan tish kanali o‘rtasida dentin to‘sig‘i bor (yopiq) bo‘lishi mumkin. Agar tish kovagi bilan kanal o‘rtasida to‘siq bo‘lmasayu, ovqat qoldiqlari bilan bekilib qolsa, ana o‘sha hollarda ozgina og‘riq bo‘lishi mumkin. Granullashgan periodontit (per. granulans) Surunkali periodontitlar orasida eng faol, tez-tez qo‘zg‘alib turuvchi, asoratlar beruvchi xuddi ana shu tur xisoblanadi. Bu tur, keyingi granulematoz turiga o‘tishi mumkin. Ildiz cho‘qqi qismi deyarli yumshoq to‘qimalar (chirigani uchun), g‘adir-budir, qora-ko‘kimtir tus oladi. Joy-joyida yumshoq to‘qima yiring bilan shimilgan, qizargan yoki zich, oqish rangda bo‘ladi. Yallig‘lanishning dastlabki davrlarida ekssudatda leykositlar, keyin- chalik esa limfositlar, gistiositlarni uchratish mumkin. Plazmatik hujay- ralar yiring o‘chog‘ining atrofida va oqma teshigi chetlarida joylashgan. Granulyatsiyalashgan to‘qima boshlang‘ich davrlarda hujayralarga boy, asta-sekin ularning sonlari kamayib, fibroz to‘qima ko‘payadi. Bu turdagi periodontitda ham kariyes kovagi va tish kanali yopilib (ovqat tikilib) qolganda, tishda simmillovchi og‘riq, xususan tish bosil- ganda bo‘lishi mumkin. Bunday paytda yengil qaytalanish belgilaritish atrofidagi yumshoq to‘qimalarning qizarishi, shishishi, tishga bosim tush- ganda — og‘riq kabi noxush sezgilar paydo bo‘lishi mumkin. I.G. Lu- komskiyning ta’biri bilan aytganda, surunkali granullashgan periodontit eng faol, tez-tez qo‘zg‘aluvchan (qaytalanadigan), eng ko‘p asorat beradigan, lekin davolashga tez beriladigan periodontit turidir. Muallif bunda vazoparez-tugmachali asbob (yoki barmoq uchi) bilan bosilganda iz qolishi, ya’ni vena turg‘unligi, oldin oqarib turib, keyinchalik qizarishini kuzatgan. Bunga sabab. maxalliy to‘qimalarning chirishidan hosil bo‘lgan zaxarlar tomirlarni xarakatga keltiradigan asablarni parezga olib kelishidir. Chunki bunda tomirlar tarangligi (tonusi) buziladi, maxalliy turg‘unlik va ularning shishi vazoparez shaklida ko‘rinadi. Granulyasion to‘qimaning hosil bo‘lishi (proliferasiyasi), yangi hosil bo‘ladigan sement va suyak to‘qimasi bir vaqtning o‘zida tish atrofidagi yumshoq va qattiq to‘qimalar, hamda tishning o‘zida buzilishi va emirilish jarayonlari bilan birga kechadi. Sement, dentin, alveola suyagi va alveola o‘simtasi uydim-uydim chuqur bo‘lib so‘riladi. Granulyasion to‘qimaning hosil bo‘lishi suyak moddasining emirilishi, so‘rilishi bilan bir vaqtda granulyasion to‘qimaning fibroz to‘qimaga aylanishi, suyaksimon (osteoid) to‘qimaning suyak to‘qimasiga aylanishi kuzatiladi. Ularning chetki qismlarida osteoblastlar joylashgan bo‘ladi va ular suyak to‘qimasini hosil bo‘lishida qatnashadi. Yosh suyaksimon to‘qimaga oxak tuzlari yopishadi, cho‘kadi va yangi hosil bo‘lgan qavat eski qavat ustida yotadi (appozisiya), xamda suyak to‘siqlari va bo‘shliqlari yangi hosil bulgan suyak to‘qimasi bilan to‘ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi 1 6 7 Granullashgan periodontitning yana bir xususiyati shundan iboratki, bunda yiring yo‘llari-oqma yo‘llari (svishch) bo‘lishidir. Oqma yo‘lla- rining joylashishi turlicha. Ko‘pincha kasallangan tish ildiz cho‘qqisi to‘g‘risida yoki alveola chekkasida joylashadi. Odatda ular og‘iz daxlizida va kamdan-kam hollarda og‘iz xususiy bo‘shlig‘i tomonda bo‘lishi mumkin. Bunga sabab, alveolaning tashqi devori yupqa. Ba’zida esa oqma yo‘llari tashqariga, teriga chiqadi (og‘iz bo‘shlig‘idan), bunday paytlarda tashqi teridagi oqma (svishch) deb yuritiladi. Surunkali periodontitning yana bir turi — granulematoz periodontit bo‘lib, bunda yallig‘lanish jarayoni aniq chegaralidir. Granulema ildiz uchida joylashadi, xamda boshlang‘ich davrda bu erda limfoid hujayralar va poliblastlar (ular tolali qo‘shuvchi to‘qimaning ko‘payishidan hosil bo‘ladi) to‘planadi. Plazmatik va ksantom hujayralar ko‘pchilik xujairalarni tashkil etadilar. Granulematoz periodontit (Per. granulematosa granulema) ko‘pincha doimiy, o‘zgarmas va kam faol periodontit turi xisoblanadi. Chunki yallig‘lanish oqibatida paydo bo‘lgan shish va qizarish proliferasiya (yangi to‘qimalar paydo bo‘lishi)ga aylanadi. Granullashgan periodontit kabi bu tur xastalikda ham periodont to‘qimasi qisman grapulyasion to‘qima bilan almashadi. Lekin hosil bo‘lgan granulema fibroz kapsula bilan o‘ralgan, aniq chegarali bo‘lib, agar granullashgan turga o‘tsagina, kasallik qaytalanganda chegaralar aniqligi buziladi. Granulemalar oddiy (noepitelial) va murakkab (epitelial) turlarga bo‘linadi. Oddiy Granulemalar 8—10% (E.V. Borovskiy, 1989) ni tashkil etadi, holos. Qolgan Granulemalar murakkab epitelial granulemalardir. Granulemalar epiteliysi og‘iz bo‘shlig‘ini qoplab turuvchi o‘suvchi epiteliy qavatiga o‘xshashdir. Granulema tarkibida gistiokimyoviy usullar bilan aniqlanadigan gialuron kislotasi, epiteliyning protoplazmasida esa sulfatli mukopolisaxaridlar mavjud. Epiteliy bilan qoplangan bo‘shligi bo‘lgan Granulemalar kistogranulema deb ataladi. Bu bo‘shliq epiteliy to‘qimasining vakuolli distrofiyasi oqibatida yoki granulyasion to‘qima- ning yiringli parchalanishi va surilishidan kelib chiqishi mumkin. Dege- nerasiya oqibatida epiteliy tasmalarida bo‘shliq hosil bo‘ladi, xamda yallig‘lanishdan eozinofil ekssudati va unda oqsil va yog‘ detritlari paydo bo‘ladi. Detritlar chirishi oqibatida holesterin kristallari to‘planadi (hosil bo‘ladi) va ular kistogranulema va ildiz atrofi (radikulyar) kistasiga xos bo‘ladi. Shunday qilib, granulyomada donachali va shilliqli qayta hosil bo‘lish- lar, hujayralar degenerativ yog‘lanishi va hujayralar o‘lishi va parchala- nishidan hosil bo‘lgan detritlar, makrofaglar bor. Degenerativ va yallig‘- lanish jarayonlarining granulyasion to‘qimada va epitelial elementlarda kechishi natijasida bo‘shliq hosil bo‘ladi (A.I. Abrikosov). Granullashgan va granulyasion surunkali periodontitlarni davo- lashning eng yaxshi natijasi ularni fibroz periodontit holiga keltirishdan iborat. www.ziyouz.com kutubxonasi 1 6 8 Tasnif (klassifikatsiya) Periodontitlarning juda ko‘p tasniflari mavjud. Hozirgi vaqtda I.G.Lukomskiy klassifikatsiyasidan foydalaniladi. Bu tasnif kasallikning kelib chiqish sabablari, yallig‘lanish o‘chog‘ida kechadigan patofiziologik va morfologik o‘zgarishlarga asoslangan. I. O‘tkir periodontitlar (periodontitis acuta). a) kelib chiqish sabablariga ko‘ra: 1. Infeksiyali o‘tkir periodontit. 3. Medikamentoz (toksik) periodontit. 2. Jarohatdan-travmatik periodontit. b) Patologik jarayonning joylashgan joyiga ko‘ra: 1. O‘tkir marginal (tish bo‘yin qismi) periodontit (Per. acuta marginal is). 2. O‘tkir ildiz cho‘qqisidagi apikal periodontit (Per. acuta, radialis apical is). 3. O‘tkir umumiy (total, tarkalgan) periodontit (Per. acuta total is). c) Ekssudat turiga kura: 1. O‘tkir zardobli periodontit (Periodontitis acuta’ serosa). 2. O‘tkir yiringli periodontit (Periodontitis asuta purulenta). II. Surunkali periodontitlar (Periodontitis chronica). 1. Surunkali fibrozli periodontit (Per. chronica fibrosa). 2. Surunkali granulematoz periodontit, granulema, .(per. chronica granulematosa, sev granuloma). 3. Surunkali granullashgan periodontit (Per. chronica granu ans). III. Qaytalangan surunkali periodontit (Per. chronica exacer bata). M U S T A Q I L T A Y Y O R G A R L I K U C H U N S I N O V S A V O L L A R I 1. Periodont to‘qimasining anatomiyasi xaqida nimani bilasiz? 2. Periodontning gistologik tuzilishini aytib bering. 3. Periodont qanday vazifalarni va qanday qilib bajaradi? 4. Periodontit deganda nimani tushunasiz? 5. Periodontitning kelib chiqish sabablari. 6. Periodontitlarnin tasnifini aytib bering. 7. O‘tkir periodontit turlarini gapirib bering. 8. Surunkali periodontit turlarini sanab o‘ting va ularni qiyoslang. O‘tkir periodontitlarning klinikasi O‘tkir zardobli periodontit (periodontitis acutaserosa). Boshlang‘ich davrida bemorlar uncha qattiq bo‘lmagan simmilovchi og‘riq borligiga shikoyat qilishadi. Odatda bunday og‘riq, kasallangan tish atrofida joy- www.ziyouz.com kutubxonasi 1 6 9 lashadi va tish bosilgan (chaynov) paytida seziladi. Og‘rigan tish, bemor ta’biricha, o‘sgan yoki katagidan chiqqandek bo‘ladi. Bemor zararlangan tishni aniq ko‘rsatadi, chunki og‘riq boshqa tish joylariga tarqalmaydi. Og‘iz bo‘shlig‘idagi kasal tishni obyektiv ko‘rganda tish butunligi yoki jarohat, olganligi lekin ko‘pincha kariyes kovagi borligi aniqlanadi. Kariyes kovagi hamma vaqt ham tish bo‘shlig‘i (cavum pulpae dentis) bilan aloqador bo‘lmasligi mumkin. Kovakni tubi zond bilan paypaslab ko‘rilganda og‘riq bo‘lmaydi. Periodont to‘qimasiga zardob so‘rilganligi tufayli tishning oz miqdorda qimirlashi mumkin. Perkussiya ozroq og‘riq berishi mumkin. Milk va o‘tuvchi burmada patologik o‘zgarishlar bo‘lmasligi yoki ularda qizarish, shish bo‘lishi va palpasiya qilib ko‘rilganda og‘riq bo‘lishi mumkin. Chetki (regionar) limfa tugunchalari, bezlari shishgan va ozroq og‘riqli bo‘ladi. Agar zardobli ekssudat davrida periodontit davolanmasa avj olib, yiringli periodontitga o‘tishi mumkin. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling