Rivojlantirish instituti


Surunkali periodontitlarni tashhislash, qiyosiy tashhislash


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Surunkali periodontitlarni tashhislash, qiyosiy tashhislash
Demak, eng asosiy tashhis va xususan, qiyosiy tashhis — bu rentgeno-
logik tekshiruvga, ya’ni periodontda va uning atrofidagi suyak to‘qimasida
kuzatiladigan o‘zgarishlarga asoslandi.


1 8 9
Surunkali periodontitni tashhisi "surun-
kali periodontit" deb qo‘yilmaydi, balki al-
batta surunkali periodontitni turi aniqlanishi
shart. Ana shundan keyin, uni to‘g‘ri davola-
shi mumkin, yoki boshqacha qilib aytganda,
rentgenologik tekshiruv o‘tkazmasdan surun-
kali periodontit turini aniqlab bo‘lmaydi,
demak uni to‘g‘ri davolab ham bo‘lmaydi.
Surunkali fibrozli periodontitni va boshqa
turdagi periodontitlarni klinik belgilariga
qarab, taxminan aniqlash mumkin: surunkali
fibrozli periodontitda tish oldin davolangan
yoki davolanmagan bo‘lishi, unda kariyes
kovagi bo‘lishi yoki bo‘lmasligi (tishga pro-
tezlardan o‘ta kuchli bosim tushgan hollarda)
mumkin. Agar tishda kariyes kovagi yoki
plomba qoldiqlari bo‘lsa, tish bo‘shlig‘i bilan
tish kariyes kovagi orasida aloqa yo‘qligi zondlash bilan aniqlanmasa,
unda o‘rta kariyes kasalligi bilan qiyosiy tashhis o‘tqazishga to‘g‘ri keladi.
Chunki xar ikkala kasallikda ham tish kovagini zondlash og‘riqsiz bo‘ladi.
Buning uchun termodiagnostika va xususan elektro-odontodiagnostika
usulini qo‘llash zarur. Termodiagnostika surunkali fibrozli periodontit
va o‘rta kariyes kasalligida ham og‘riq chaqirmasligi mumkin, lekin
ba’zida o‘rta kariyes kasalligida issiq yoki sovuq suv ozroq og‘riqsimon
sezgi chaqirishi mumkin.
Elektroodontodiagnostika usuli esa, o‘rta kariyes kasalligida tish asab
birikmasini elektr tokiga sezish darajasini oz miqdorda kamayganligi —
15—20 mka tok kuchi tishda salgina og‘riq chaqirishi, ya’ni pulpaning
tirikligidan nishona ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, surunkali fibrozli perio-
dontitda esa pulpa o‘lib, chirib bo‘lganligi uchun, tish 100 va undan
ko‘proq mka (mikroamper) tok kuchiga, xuddi tishga biror narsa
suqulgandek periodont to‘qimasining reaksiyasi sifatida javob beradi.
Undan tashqari rentgenogrammada surunkali fibrozli periodontitga xos
periodont to‘qimasidagi kengayganlik, torayganlik, ya’ni deformasiya
o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin bo‘lsa, o‘rta kariyes kasalligida bunday
rentgenologik o‘zgarishlar bo‘lmaydi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling