Rivojlantirish instituti
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Patologik anatomiyasi. Granulematoz periodontit (granulema)
ko‘proq turg‘un va kamroq faol bo‘ladi. Chunki, bu shakl periodontitda yallig‘lanish yangi to‘qima hosil bo‘lishi-proliferasiya jarayoniga aylanadi. Bunda ham granullashgan periodontitga o‘xshab, periodont to‘qimasi granulyasion to‘qimaga aylana-boradi. Granullashgandan farqli o‘laroq, 1 8 5 granulema atrofdagi suyakdan fibroz parda bilan o‘ralgan va uning tolalari periodont to‘qimasiga o‘tadi. Granulemaning o‘rtasida juda ko‘p plazmatik hujayralar, epitelial iplar yoki pardalar joylashgan. Shuning uchun granulemalar oddiy va murakkab (epitelial)ga bo‘linadilar. Granulema epiteliysining tuzilishi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini o‘rab turuvchi epiteliyning malpigiyev qavati epidermasining o‘suvchi qavatiga o‘xshashdir. Oddiy granulema epitelial granulemaga nisbatan atigi 8— 10% ni tashkil etadi. Demak, asosan epitelial granulemalar uchraydi (E.V. Borovskiy, 1989). Ba’zi mualliflar (E.V. Leviskaya, N.N. Skurskaya va boshqalar, 1973) granulemalarni 3 guruhga bo‘lishni tavsiya etishadi. 1-guruhga produktiv jarayonning eng oldingi fazasida kechishi, tomirlarga va yosh gistogen va gematogen hujayralarga boy granulemalar kiradi. 2-guruhga fibroblastlar ko‘p bo‘lib, kollagenizatsiya va gialinoz jarayonlari bilan kechadigan granulemalar va nihoyat, 3-guruhga yallig‘lanish jarayonlar qaytalangan — etilgan tolali qo‘shuvchi to‘qimalar orasida yangi yallig‘lanish o‘choqlari, infiltrasiya bor bo‘lgan granulemalar kiradi. Gistioximik tekshiruvlar granulemada, uning dastlabki hosil bo‘lish paytlarida enzimatik faolligi yuqori, asosan nafas olish fermentlari- suksindegidrogeneza, sitoxromoksidaza ancha faollashganligini aniqlash imkonini beradi. Ammo, glikolitik fermentlar-laktat-degidrogeneza va boshqalar kamroq faollidirlar. Achish-tiklanish jarayonlari fibroblastlarda, plazmatik hujayralarda va makrofag elementlarida ko‘rinadi. Eng kam fermentativ faollik ley-kositlarda, makrofaglarda va limfoid hujayralarda bo‘ladi. Nordon fosfatazaning ko‘pligi yallig‘langan to‘qimalarda meta- bolizm jarayonining zurayishidan dalolatdir. Yallig‘lanish jarayoni so‘n- gan granulemalarda fosfataz faollik pasaya boradi. Bu hol granulemaning barcha tarkibiy hujayra va tolalarida ko‘rinadi. Enzimatik reaksiyaning so‘nishi tomir-to‘qima o‘tkazuvchanligini kamayib borishidan dalolat beradi. Fermentativ faollikning granulyasiyadagi dastlabki vaqtlarda va surunkali yallig‘lanishning qaytalangan paytlarida faollashuvi, tishdagi granulemalarning surunkali infeksiya o‘choqlari ekanligini ko‘rsatadi. Epiteliy bilan o‘ralgan bo‘shliqlari bor bo‘lgan granulemalar kista- simon-kistagranulema deb ataladi. Kistagranulema 2 yo‘l bilan hosil bo‘lishi mumkin. Birinchi yo‘l — granulema markazida vakuolli distrofiya jarayoni kechishi va uning natija- sida to‘qimalar parchalanishi oqibatida bo‘shliq paydo bo‘lishi. Ikkinchi yo‘l-granulemaning markazidagi granulyasion to‘qima yiringlashuvidan keyin hosil bo‘lgan bo‘shliqqa atrofdagi epiteliyning o‘sib kirishi natija- sida hosil bo‘lgan bo‘shliq. Bu bo‘shliqda degenerasiyaga uchragan epite- liy, yallig‘lanish oqibatida eozinofilli ekssudat, oqsilli va yog‘li detritlar to‘planadi. Detritning chirishi natijasida holesterin kristallari hosil bo‘la- 1 8 6 di, bular esa ildizoldi radikulyar kistalar va kistagranulemalarning tarkibiy kismiga kiradi. Kistagranulema nima bilan xarakterli? degan savolga quyidagicha javob beriladi: ularning chegaralari aniq, ularda suyak tuzilmalari yo‘q, surilgan va rentgenogrammada aniq soya (qora rangda) ko‘rinadi. Ularning kattaligi 0,5—0,8—1,0 sm atrofida bo‘lib, radikulyar kistalardan kichikdir. Lekin, granulema yoki kistagranulema ekanligini faqat patologoanatomik tekshiruvlar natijasida aniqlash mumkin. Yaxshi, to‘liq, qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymasdan (yallig‘lanishni qo‘z- g‘atuvchi kuchli dorilar ishlatish, infeksiyani kanaldan ildiz atrofiga siqib chiqarish, mayda asboblar bilan periodontni jarohatlash kabi) davolangan surunkali granulematoz periodontitdagi granulema, oxir-oqibatda fibroz periodontit shaklida tugashi va bu davolashning yaxshi natijasi deb baxolash bilan tugaydi. Agar yuqoridagi talablar bajarilmasa, davolash ma’lum bosqichda davomidan to‘xtatilsa, granulema kistagranulema yoki ildizoldi kistaga aylanadi va bu hol qancha davom etsa, shuncha stomatogen infeksiyali o‘choq vazifasini o‘tab, tanani zaxarlab (intoksikasiya) boraveradi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling