Rivojlantirish instituti
Surunkali granullashgan periodontit
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rentgenologik
Surunkali granullashgan periodontit. (Per. chonica granulans). Agar
surunkali fibrozli periodontit ancha yengil kechadigan, kamroq patologik o‘zgarishlar bilan xarakterli bo‘lsa, granullashgan periodontit eng progressiv jarayon bo‘lib, faollashgan tarzda, ildiz atrofidagi nafaqat periodont, balki suyak to‘qimasida patologik so‘rilishlar bilan kechadigan, organizmni zaxarlashda faol ishtirok etadigan kasallik xisoblanadi. Jarayon periodont yorig‘ining tashqarisiga tarqaladi. Bu periodontit o‘tkir periodontitdan keyin yoki surunkali periodontitning bosqichlaridan biri tariqasida paydo bo‘lib rivojlanadi. Granullashgan periodontitda bemor o‘z-o‘zidan noxush simmilovchi og‘riqlar, tishni bosganda tegib ketganda paydo bo‘ladigan og‘riqlarga, qo‘lansa xid paydo bo‘lganligiga, oldingi tishlarda esa xusnbuzarlik holati paydo bo‘lganligiga, ba’zida milkda qichish yoki shunga o‘xshashlarga shikoyat qilishi mumkin. Ba’zida og‘riqsiz kechadi. Og‘riq asosan, kariyes kovagi va tish bo‘shlig‘ining orasi bosilib (yopilib) qolganda kuchayadi: Bemor shifokor bilan savol-javob qilganda, o‘tmishda (anamnez) bu kasal tishda ba’zi-ba’zida og‘riqlar kuchayishi, milk shishishi va unda "pilla" (abssess) paydo bo‘lganligi va uning yorilishi oqibatida oqma va undan gox-gox yiring chiqib turishiga shikoyat qiladi. Obyektiv ko‘rish paytida shifokor tish ildizi atrofidagi yumshoq to‘qimalarning qizar- ganligi, ko‘kimtir tus olib biroz shishganligi, barmoq bilan palpasiya qilib, bosib ko‘rganda, yumshoq to‘qimada barmoqning izi (chuqurcha) ancha vaqt tekislanmay qolishi (vazoparez holati, I.G. Lukomskiy birinchi marta ta’riflagan)ni kuzatishi mumkin. Bu surunkali yallig‘lanish natijasida ajralib chiqqan yoki hosil bo‘lgan to‘qima parchalari, mikroblar ta’sirida hosil bo‘lgan patologik maxsulotlarning asab tolalarini karaxt- lagani tufayli, qon tomirlar o‘z vazifalarini to‘liq ado etolmayotgan- liklarini ko‘rsatadi. Qon tomirlar tarangligi (tonusi) pasayib, o‘z vaqtida, me’yordagidek qon olib kelishi va vena qonining oqib ketish jarayoni buzilganligidan dalolat beradi. Paypaslab (palpatsiya) ko‘rilganda ildiz uchi qismida alveola suyagining emirilganligini sezish mumkin. Bu periodontitning eng ko‘p uchraydigan belgisi oqma yoki oqma o‘rnida qolgan chandiqchalardir. Oqma yo‘lining joylashishi turlicha 1 8 3 bo‘lishi mumkin. Ular asosan ildiz uchiga to‘g‘ri keladigan og‘iz burmasi (og‘iz daxlizi) da, ba’zida esa og‘iz bo‘shlig‘ida, tashqariga, terida ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, ularni ichki (OG‘IZ daxlizi burmasida) yoki tashqi (terida) oqma yo‘llari deb ataladi. Davolanmagan surunkali granullashgan periodontit bilan og‘rigan tishni urib ko‘rilganda (perkussiya) uning sezgirligi oshganligini yoki og‘riqli ekanligini ko‘rish mumkin. Ko‘pincha chetki-regionar limfa tugunchalari kasal tish tomonda kattalashgan, ularni paypaslash og‘riqli bo‘lishi mumkin. Oqma yo‘llarining chiqish qismlarida granulyasiya to‘qimalari, ulardan qon oqib turishi, ularning polipsimon, oyoqli ekanligini ko‘rish mumkin. Yuqorida aytganimizdek, ba’zida oqma bitib, o‘rnida kichik chandiq qolganligini ko‘ramiz. Oqma yo‘li bo‘lganligi, uning klinik kechishini yengillashtiradi, chunki bu yallig‘lanishdan hosil bo‘lgan chirindilar shu yo‘l bilan chiqib turadi va ular tanaga kamroq zarar keltiradi. Bu hol davolashda ham qo‘l keladi. Rentgenologik tekshirishdan olinadigan ma’lumot granullashgan periodontitga o‘ta xosdir. Yallig‘lanish oqibatida unga javoban paydo bo‘ladigan granulyasion to‘qima alveola suyak to‘qimasining ko‘mik plastinkasiga o‘sib boradi. Periodont yorig‘ining destruksiyasi — tuzilishining buzilishi yuzaga keladi. Ildiz cho‘qqisi uchida turli kattalik, hajmda, aniq chegarasi bo‘lmagan suyak emirilishi borligini ko‘rish mumkin. Suyak to‘qimasining yemirilishi bilan birga ildiz uchining ham surilganligi, qisqarganligini ko‘ramiz. Granullashgan periodontit boshqa surunkali periodontitlarga nisbatan eng ko‘p, tez-tez qaytalanib turishi, turli salbiy asoratlarga (ichki zaxarlanish, yiring oqib turishi, shishlar paydo bo‘lib turishi va boshqalar) olib keladigan periodontit xisoblanadi. Lekin oqma yo‘li doimo ochiq bo‘lib, undan chirindilar chiqib tursa, asoratlar kamayishi va kasallikning qaytalanishi kam kuzatilishi mumkin. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling