Rivojlantirish instituti


Surunkali granulematoz, granulema periodontiti


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Surunkali granulematoz, granulema periodontiti (per. chro-nlea
granulematosa sev granuloma) ko‘pincha og‘riqsiz kechsada, bemorlar
yuqorida ko‘rsatilgan noxush sezgilar (kosmetik o‘zgarishlar, xid,
noqulaylik)ga shikoyat qilishlari, ba’zida esa, noxush simmilovchi og‘riq,
tish bosilganida og‘riq, ildiz atrofiga chaynov paytida tushadigan bosim
ta’sirida og‘riq paydo bo‘lishiga ham shikoyatlar bo‘ladi.
Albatta, bu shakldagi periodontit ham qaytalanganda milk shishishi,
oqma yo‘llari paydo bo‘lishi mumkin. Unda kasal shifokorga murojat
etishga majbur bo‘ladi.
Obyektiv ko‘rganda, shifokor, tishning butunligi yoki plombali
ekanligi yoki kariyes kovagi borligini va u tish bo‘shlig‘i bilan aloqador
ekanligini ko‘radi. Tish kanallarida gangrena (chirish) holatidagi pulpa
chirindilari borligini zond yordamida aniqlash mumkin. Perkussiya
og‘riqli (oz miqdorda) yoki og‘riqsiz bo‘lishi, og‘iz burmasini
paypaslaganda og‘riqsiz ekanligi bilinadi. Ba’zida granulema atrofidagi
suyak to‘qimasining bo‘rtib qolganligi, shishsimon (qattiq) holat borligi
qayd etiladi.
Bu tur surunkali periodontit ham rentgenologik tekshiruvga asoslanib
tashhislanadi. Rentgenogrammada chegaralangan, aniq chegarali, 0,4—
0,5 sm kattalikda aylana yoki ovalsimon shaklida suyak emirilishi yaqqol
ko‘rinadi. Faqat qaytalanganida aniq chegara chiziqlari o‘zgarishi
mumkin, bu yirinlanganlikdan dalolat beradi. Yaxshi, to‘liq, davolangan
surunkali granulematoz periodontit fibroz shaklga o‘tishi bilan tugaydi.
Bu yaxshi natijadir. Agar davolanish oxiriga etmasa yoki to‘liq olib boril-
masa, granulema kistagranulema yoki ildiz uchi kistasiga o‘tishi mumkin.
E.V.Borovskiy va boshqa (1989) kuzatuvlari ildiz cho‘qqisidagi
granulemalar yuqori jag‘da ko‘proq (63%), pastki jag‘da esa kamroq
(37%) uchrashi, eng ko‘p ko‘p ildizli tishlar (molyar-katta chaynov
tishlar)da (54%), kamrok (38%) kichik chaynov (premolyar) tishlarda
bo‘lishini ko‘rsatdi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling