Rivojlantirish instituti


Davolash prinsip — tutumlari


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Davolash prinsip — tutumlari. Perio-
dontitlarni davolashdek murakkab ishni
bajarish uchun, I.G. Lukomskiyning
(1958) iborasi bilan aytganda, uch joyga
ta’sir etish zarur: 1) infeksiyali katta
makrokanlarga; 2) infeksiyali kichik
mikrokanal tizimlari; 3) yallig‘langan
 
12- rasm. Surunkali
granullashgan periodonit.


1 9 1
periodont to‘qimalariga ta’sir etish shart. Xar bir uch ob’ektdan biri,
o‘ziga xos fizikaviy va biologik xususiyatlarga ega bo‘lgani uchun, bir
vaqtning o‘zida uchala obyektga ta’sir ko‘rsatadigan birgina usulni topish
qiyin ish.
Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, surunkali periodontlar infek-
siya o‘choqlari-stomatogen o‘choqlar bo‘lib xisoblanadi. Shuning uchun,
ularni davolash uchun qo‘llanadigan usullar maxalliy o‘zgarishlar darajasi
bemorda infeksiya o‘chog‘i ta’siridagi o‘zgarishlar paydo bo‘lgan
kasalliklar bor-yo‘qligi (septik endokardit, nefrit, revmatizm, yurak-
kon tomir, oshqozon-ichak, allergik kasalliklar) ga bog‘liq.
Taklif etilgan ko‘pchilik usullardan hozirgi vaqtda uch usul-konser-
vativ, konservativ-jarrohlik va jarrohlik usullari qo‘llaniladi.
Terapevtik (konservativ) davolash usullarini qo‘llamoqchi bo‘lgan
shifokorning oldida quyidagi aniq vazifalar turadi: katta va kichik (mikro-
ildiz va mikro-dentin) kanallardagi infeksiyaga ta’sir ko‘rsatish; yallig‘-
lanishdan hosil bo‘lgan biogenlarni va periodontitdagi yallig‘lanishni
yo‘qotish; periodont to‘qimasidagi regeneratsiya vazifasini bajaruvchi
komponentlarni uyg‘otish, ishga solish; organizmni desensibilizasiya
qilish.
Makrokanallarga ta’sir etish. Til ildizi kanallari yoki makrokanallar
va ularning bo‘linmalariga ta’sir qilishni ikki yo‘l bilan instrument-
asboblar va dorilar-medikamentlar yordamida o‘tkaziladi.
Asboblar bilan ildiz kanallariga ishlov berish jarrohlik muolaja bo‘lib,
ulardagi pulpa va dentin chiriklarini olib tashlashga qaratilgan. Bu ish
pulpekstraktorlar, drilborlar, Kerra ignalari va boshqa mayda asboblar
yordamida bajariladi. Ammo bu ishni bajarishda periodont to‘qimasiga
salbiy ta’sir etishdan saqlanish zarur. Agar kanal tozalash ishi qo‘pol
ravishchda bajarilsa, periodont to‘qimasiga kanaldagi infeksiyani kirgizish
kabi noxush holat ro‘y beradi. Shuning uchun ildiz kanalini tozalashni
o‘z qoidasi bor: asbob kanalga kirishidan oldin unga, ya’ni kanalga 2—
4% xloramin yoki 3%-ln vodorod peroksidi, antibiotik eritmasi, yoki
antibiotik bilan ferment aralashgan eritma — medikamentoz-dorilar
kiritilishi va o‘shandan keyingina tozalangan steril asboblar bosqichma-
bosqich, bir necha marta kiritilib chirindilar olib tashlanadi. Chirindilar-
olib chiqqan asbob shu dorilarning birida yuvilgach, keyin yana kanalga
kiritilib ish oxiriga etkaziladi. Tish kovagi kanallargacha ochilgandan
keyin unga oldin infeksiyaga qarshi dori-medikament qo‘yib, tish
germetik bekitilishi yoki bemor kelgach, tish kovagi amputatsiya
tariqasida ishlanib kanalga kirish qismlarigacha ochilib, dorilardan biri
kovak tubiga solingach, o‘sha paytning o‘zida chirindilarni olish mumkin.
Demak, tish kanallariga, tez yoki tezlashtirilgan, uzoq, yoki sekin-
lashtirilgan uzaytirilgan ishlov berish usullari bor.
Kanaldagi infeksiyani zararsizlantirish uchun unga tez yoki tezlash-
tirilgan ishlov berishdan maqsad, tish kovagi tubiga antiseptik quyushi


1 9 2
bilan kanal ichidagi chirindilar bosqichma-bosqich pulpekstraktor yorda-
mida olinadi. Ildiz ignasiga paxtadan ingichka turunda qilib, uni toza
antiseptikka (3%-li vodorod pereoksidi, 2—4%-li xloramin, antibiotik
va fermentlarning biridan-tripsin, ximotripsin, xemopsin-eritmasi, anti-
biotiklar eritmasi kabilar) botirib, kanal yuviladi. Buning uchun tish
kanali yaxshi o‘tuvchi bo‘lishi kerak.
Tezlashtirilgan usul o‘tkir periodontitlar, qaytalangan surunkali perio-
dontitlarni M.I. Groshikov usuli bilan I seansda davolanadigan tishlarda
qo‘llanishi mumkin.
Ikkinchi usul-sekinlashtirilgan yoki uzaytirilgan usulda esa, tish kovagi
ishlanib, kanallarga kirish qismi ochilgach, kovak tubiga dori, ko‘pincha
o‘z tarkibidan gaz yoki gazsimon modda ajratadigan dorilar (2—4% li
xloramin, antiformin, 5—10%-li formalin kabilar) tamponga shimdirilib,
1—2 kunga qo‘yiladi va kovak suvli dentin bilan gsrmetik ravishda
yopiladi. Tor yoki dentikllar bilan, ikkilamchi dentin bilan yopilib, o‘tmas
bo‘lib qolgan tish kanallaridagi chirindilar tarkibidagi mikroblardan
zararlantirish maqsadida yuqorida ko‘rsatilgan antiseptiklardan tashqari,
E.V.Borovskiy (1989) etilendiamintetrauksus (sirka) kislotasining natriyli
tuzi (EDTL)ni qo‘llashni tavsiya etadi. Bu dori kanaldagi tuzlarni eritish
va shu yo‘l bilan ularni ham zararlantirish, ham ma’lum darajada
kanal(lar)ni kengaytirish imkonini beradi. Kanalni kengaytirishga sabab
shuki, EDTA dentin kalsiysi bilan qo‘shilib, dentinni eritadi. EDTAning
10—12%-li neytral yoki kam ishqorli eritmalari qo‘llanadi. E’ng yaxshi
dekalsinasiya effektiga bu kislotaning 20%-li uch kism aralashgan natriyli
tuzi qo‘llash bilan erishiladi.
EDTA bilan tish kanallarini kengaytirish quyidagicha bajariladi:
kanaldagi pulpa yoki uning chirindilari olib tashlanadi, kanal vodorod
peroksidi, spirt va efir oilan yuvilib quritiladi. Undan keyin 20%-li
kompleksen (EDTA shunday deb yuritiladi)ni paxtaga shimdirilib tampon
va turunda shaklida kanalga — uning o‘tib bo‘luvchi qismiga kiritiladi,
20—30 soniyadan keyin qo‘yilgan tampon olinib, yangi eritma porsiyasi
kiritiladi. Almashtnrish 1—2 min. (2—3—5 marta) davom etadi. Keyin
kanalga ishlov berishda qo‘llanadigan asboblar yordamida dekalsipnasiyali
dentin olinadi, kanal (etarli ravishda kengaygach) spirt bilan yuvilib
quritiladi. Kompleksen predentindan kalsiy tuzlarini eritgach, kanalni
drilbor bilan kengaytirish oson kechadi. Endodontik asboblar yordamida
kasallangan dentin qismlari olinadi va bu bilan kanaldagi biogen aminlar
yo‘qoladi, bu esa periodont to‘qimasiga zarar keltiradigan omillarni daf
qiladi. Shundan keyin, kanalga antiseptiklar yoki 0,1%-li lizosim:
shimdirilgan turunda, tampon qo‘yilib tish germetik bekiladi.
Shunday qilib, sekinlashtirilgan, uzaytirilgan kanalni zararlantirish
barcha surunkali periodontitlar (fibrozli, granullashgan, granulematoz,
granulema) bilan og‘rigan ko‘p ildizli: tishlarni davolashda, xususan
surunkali granullashgan periodontitlardagi oqmalar bo‘lganda qo‘llani-


1 9 3
ladi. Lekin uzaytirilgan ishlov berishda, davolash jarayonini ko‘p qat-
novga majburlash mumkin emas, chunki bunday hollarda tishlarda og‘riq,
periodont to‘qimasida surunkali yallig‘lanishni qaytalanganligiga o‘xshash
noxush sezgilar paydo bo‘lishi mumkin. Demak, ko‘p ildizli tishlarni
davolash 2—3 yoki qatnovda tugashi kerak.
Mikrokanallar tizimiga ta’sir etishdan ko‘zlangan maqsad shuki, den-
tin mikrokanallaridagi infeksiyani yopish, yo‘lini to‘sib, ularni
makrokanal va periodontga tusha olmasligini ta’minlashdan iborat.
Mikrokanal tizimi eng ko‘p mikroblar to‘plangan joy xisoblanadi va
ularga bevosita ta’sir etib bo‘lmaydi, shuning uchun qo‘llaniladigan
dorilar etarli darajada mukolitik, diffuzion va impregnatik (erituvchi,
tarqaluvchi va so‘rilib ta’sir etuvchi) xususiyatlarga ega bo‘lishlari shart.
Masalan, mukolitik xususiyatlarga fermentlar (tripsin, ximotripsin,
ximopsin) bilan antibiotiklar eritmalari egadir.
Yaxshi tarqalib so‘riladigan-diffuznoy xususiyatlarga gazsimon
moddalar-xlor (xloramin, antiformin), formaldegid (formalin), ba’zi
metal tuzlari ega.
Keltirilgan dorilar turunda va tamponga shimdirilib kanal va kovak
tubiga qo‘yilib, tish 1—2 kunga germetik bekitiladi. Agar tish germetizmni
ko‘tara olmasa, ya’ni germetik yopilgach" og‘riq bo‘lsa (anaerob
infeksiya) bu dorilar qo‘yilgach tish kovagi suvli dentin bilan bekitilib
dentin o‘rtasidan igna yoki, zond bilan tubigacha teshik qoldiriladi.
Germetizmga chidamsiz, ko‘p ildizli periodontitlarini tez orada, aso-
ratsiz davolash maqsadida L.R. Rubin (1959) ishlab chiqqan kanallarni
5%-li yod bilan elektroforez usulini T.X. Safarov (1966, 1967) muvaffa-
qiyatli qo‘llab, juda ko‘p boshqa mavjud usullar foyda bermaganligi
tufayli olib tashlashga to‘g‘ri keladigan tishlarni davolab, saqlab qolishga
erishganlar.
Bu usul quyidagicha utkaziladi: tish kovagi tozalanib, ildiz kanallari
usti ochilgach, iloji boricha chirindilar olinadi va kovak tubiga 5% li
yod eritmasiga shimdirilgan tampon qo‘yiladi, tamponga tekkazilib
izolyasiyali mis elektrodining uchi ochilib qo‘yiladi va ularning usti
yopishqoq mumni spirtovka ustida eritilib qo‘yiladi — germetik bekiladi.
Provolokaning ikkinchi ochilgan uchi galvanik apparatning manfiysiga
(katod) ulanadi, musbat (atod) dagi simga 10X10 sm satxdagi qo‘rg‘oshin
plastinkasi ulanib, u prokladka — bumaze, dokadan taglik (8—10 qavatli,
taglikning qalinligi 1 sm atrofida bo‘lib, suv bilan xo‘llangandan keyin
siqilgan, nam holida) qo‘yib, bilakning tashqi tarafidagi terisiga bint
(rezinkadan yoki biror materialdan) yordamida maxkam joylashtiriladi,
bog‘lanadi. Tok kuchi 3 milliampergacha bo‘lib, muolaja 20 daqiqa
davom etadi.
Tish ichidagi tampon tarkibidagi yod asta-sekin makro, mikro-
kanallar va periodont to‘qimasiga o‘ta boshlaydi va ko‘rsatilgan 20 daqiqa
muddatda tamoman yoki deyarli tamoman so‘riladi. Vaqt o‘tgach, bemor


1 9 4
apparatdan bo‘shatiladi, mum, tampon va
elektrod tishdan olinadi. Tampon oqligi-
yodni tishga so‘rilganidan darak beradi,
demak davolash qoniqarli o‘tkazildi deb
qabul qilinadi. Shundan keyin yangi tam-
ponga shimdirilgan yod yana tish kovagi
tubiga qo‘yilib, sun’iy suvli dentin bilan
bekitiladi. Birinchi marta elektroforezdan
keyin dentinni teshib qo‘yish maqsadga
muvofiqdir, chunki tish germetizmga
chidamsiz, o‘tkazilgan elektroforez etarli
bo‘lmasligi mumkin.
Ikkinchi bor bemor kelgach, so‘rab
bilinadi va yana shu tarzda elektroforez
o‘tkaziladi, tish germetik ravishda
bekitiladi. Odatda, 2—3 marta, ba’zida
4—5 marta o‘tkazilgan elektroforez
davolashga etarli bo‘ladi, ba’zida esa bir
martasi ham kifoya. Tish germetizmga
chidamli bo‘lgandan keyin odatdagidek, kanallar plombalanadi va doimiy
plomba qo‘yiladi.
Shuni ta’kidlash zarurki, germetizmga chidamsizlik tishlarda bo‘lishi,
kanal (lar) ning o‘tuvchi va o‘tmasligiga bog‘liq bo‘lmasligi ma’lum.
Elektroforez usuli bilan surunkali periodontitlarni ildiz kanallari o‘tmas
tishlarda keng qo‘llash tavsiya etiladi. Granulyomalarning katta-kichik-
ligiga qarab 5—6 seansdan 12—16 seansgacha (N.A. Pachkayeva, 1966;
T.X. Safarov, 1966) o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Lekin, shu ish bajarilmasa,
xususan o‘tmas kanallar uchidagi granulemalar stomatogen o‘choqqa
aylanib, kasal tanasini zaxarlaydi, allergik holatga, surunkali sepsisga-
autosepsisga olib kelib, septik endokardit, revmatizm kabi og‘ir, bemorni
qiynaydigan asoratlarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lib qolishi
mumkin. Ana shunday granulyomalarning og‘ir asoratlarini oldini olishga
imkon beradigan, hozirgi kunda, kanal elektroforezidan boshqa davolash
usuli yo‘q.
Periodontitlarni davolashda, albatta tish kanallariga ishlov berishning
samarasini oshirish uchun ularni asboblar yordamida kengaytirish o‘ta
axamiyatlidir. Kanallarni kengaytirish, u yerdagi predentinni, oxak tuzlari
cho‘kmalarini (petrifikatlarni), dentikllarni eritib olib tashlash zarur.
Kanallarda ularning to‘planishi esa bemorning yoshi o‘tgan sari yoki
turli kasalliklar (gialinoz, diabet, mineral modda almashinuvidan kelib
chiqadigan holatlar, paradontit, paradontozdagi distrofik jarayonlar)
oqibatida yuzaga keladi. Ba’zida yosh bolalarda ham bu kasalliklar
bo‘lganda, tish kanallari petrifikatlar bilan yopilishi mumkin. Yuqorida
aytilgandek, tish kanallari maxsus asboblar — ildiz ignalari, qo‘l va
 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling