Rivojlantirish instituti
Milkning gistologik tuzilishi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Milkning gistologik tuzilishi
Milk ko‘p qavatli yassi epiteliy va xususiy pardadan iborat bo‘lib, bu erda shilliq osti qavati deyarli yo‘q yoki yaxshi rivojlanmagan. Meyyorda epiteliy shoxlanadi va undagi donador qavati hujayralarining sitoplazma- sida keratogialin bor. Epiteliyning shoxlanishini ko‘p tadqiqotchilar unga ta’sir etuvchi mexanik, termik, kimyoviy omillardan ximoyalanish vositasi ekanligini ta’kidlashadi. Meyyorda, epiteliy 50% odamlarda shoxlanish xususiyatiga ega. 40% hollarda epiteliydagi tikanaksimon kabatdagi yuza hujayralar mexanik ta’sirotlar oqibatida yassilanib parakeratoz holatini yuzaga keltirishi mumkin. Mikroblar va ulardan ajralgan zaxarlarni epiteliy ostida joylashgan to‘qimalarga o‘tishiga to‘sqinlik qilish epiteliyning eng muxim ximoya 2 1 3 vazifasidir. Bu vazifani epiteliy o‘z tarkibidagi ko‘p qavatli yassi epiteliy- dagi hujayralararo joylashgan bog‘lovchi, yopishqoq modda tarkibidagi glikozaminoglikanlar yordamida bajaradi. Nordon glikozaminologlikanlar murakkab yuqori molekulali birikmalar bo‘lib, ular bog‘lovchi to‘qimaning oziqlanishi, regenerativ jarayonlar va to‘qimaning o‘sishiga katta axamiyatli ekanligi aniqlangan. Meyyorda paradont to‘qimasida gistoximik tekshiruvlar neytral glikozaminglikanlar (glikogenlar)ning epiteliyda borligi aniqlangan. Glikogen asosan tikanaksimon qavatda, kam miqdorda uchraydi va odam yoshi o‘tishi bilan kamayib boradi. Glikogen shuningdek, qon tomir devorlarida (endoteliy), tomir ichidagi leykositlarda ham bor. RNK asosan epiteliyning asosiy (ona, o‘suvchi, bazal) qavatidagi epiteliy hujayralarining sitoplazmasida va qo‘shuvchi to‘qimaning plazmatik hujayralarida joylashgan. Epiteliyning yuzaki shoxlanuvchi qavatlaridagi sitoplazmalar va hujayralar o‘zaro bog‘lanadigan joylarida glikozamino- glikanlar sulfgidril guruhlari topilgan. Milk yallig‘langanda (gingivit)da va paradont to‘qimasi yallig‘langanda (paradontitda) hujayralararo bog‘lanish buzilib shishlar paydo bo‘lganda hujayralardan sulfgidril guruhlar yo‘qoladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling