Rivojlantirish instituti
PARADONTNING YALLIG‘LANISH KASALLIKLARI
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
PARADONTNING YALLIG‘LANISH KASALLIKLARI
ETIOLOGIYASI (chizma) 1. Mikroblar soni va ularning virulentligi A. Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasa. B. Omillar ta’siri: tish toshlari, tish ana-tomiya- sining xususiyatlari, kariyes, yatro-gen omillar. C. Diyeta-parhez (ovqatlanish xususiyatlari) D. Patofiziologik omillar: so‘lak (tarkibida va xususiyatlari, funksional buzilishlar). og‘izdan nafas olish 2. Ta’sirotlar davomati (dlitelnost) 3. Umumiy rezistentlik yosh tizim kasalliklari genetik buzilishlar alimental omillar dorilar ta’siri psixosomatik omillar 4. Okklyuzion jarohatlar Gingivit Spesifik mikrobli omillar Organizm reaktivligi Paradont 2 2 2 Kasallikni rivojlanishi (patogenezi) keltirib chiqadigan sabablar (etiologiya) ga nisbatan birmuncha yaxshi o‘rganilgan. Yallig‘lanish milk-tish yorig‘i ariqchasidan boshlanadi, albatta uning ximoya vazifasi (barer) buzilgandan keyin. Asosiy patogenetik mexanizmlar hujayralar jarohati, biologik faol moddalar-mediator va yallig‘lanish modulyatorlarning oshishi, mikrosirkulyasiyaning buzilishi, to‘qima-tomir o‘tkazuvchanligini oshishi natijasida ekssudatsiya va hujay- rali infiltrasiya, milk kollagen to‘qimasining emirilishi, transkapillyar modda almashinuvining buzilishi va ikkilamchi gipoksiya, epiteliyning akantozi va tish-milk ariqchadagi epiteliyning og‘iz epiteliysiga aylanishi, tish-milk birlashmasining buzilishi va milk (patologik milk) cho‘ntagining paydo bo‘lishi kabi bosqichlar bilan tugashi ma’lum. Ximoya mexanizm- larining buzilishi va yangi to‘qimalarni hosil qilishi — regeneratsiya jarayonini buzilishiga va granulyasion to‘qima hosil bo‘lishiga olib keladi. Patologik o‘zgarishlarni avj olaborishi, yallig‘lanishni asta-sekin alve- ola suyak to‘qimasiga, periodontga o‘tishi, gingivitdan paradontitga o‘tish bosqichlaridir. Yallig‘lanishning rivojlanishi bilan immunologik o‘zgarish- lar, nospesifik yallig‘lanishdan immunologik yallig‘lanish belgilariga o‘tib boradi. Nima uchun gingivit paradontitga o‘tadi degan savol oxirigacha noma’lum. Tadqiqotchilar buni organizmning reaktivligiga bog‘liq deb bilishadi va buning sababi ichki a’zo va tizim kasalliklariga bog‘liq deb tushuniladi. Paradont kasalliklarining etiologiyasi va patogenezida organizmning umumiy holati, ichki a’zo va tizim kasalliklari, maxalliy omillar bir-biriga chambarchas bog‘liq ravishda rol o‘ynaydilar. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling