Rivojlantirish instituti
Paradontitning klinikasi, tashhisi va qiyosii tashhisi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Paradontitning klinikasi, tashhisi va qiyosii tashhisi
Paradontit aloxida mustaqil nozologiya paradont kasalligi xisoblanadi. Joylashishiga qarab maxalliy — bir necha tish atrofida va tarqalgan — barcha yoki deyarli barcha tishlar atrofida bo‘lishi mumkin. Paradontit- bu barcha paradont to‘qimalarining yallig‘lanishi demakdir. 2 3 2 Mahalliy paradontitning kelib chiqishida maxalliy — joyli salbiy ta’sirotlar: plomba ashyosining yoki mishyak-margimushning tishlar oralariga tushishi, tishlar-prikusning buzilishi, turli jarohatlar, yomon- noto‘g‘ri tayyorlangan ortopedik va ortodontik moslamalar, protezlar va shunga o‘xshash omillar sabab bo‘lishi mumkin. Tarqalgan, umumiy paradontitning rivojlanishiga paradont to‘qima- sining ximoya, to‘siq vazifasining buzilishi va organizmda immunologik qarshilik ko‘rsatish kuchi-reaktivligining buzilishi hamda maxalliy salbiy ta’sirotlar sababchi bo‘lishlari mumkin. Ko‘pincha uzoq davom etib, tana quvvatini pasayishiga, modda olmashish jarayonini buzilishiga sabab bo‘luvchi, ichki a’zo va tizim kasalliklari (yurak-qon tomir, oshqozon- ichak, endokrin tizimlari kasalliklari) natijasida organizmda immun tizi- mining ishi buzilishi paradont kasalliklarini kelib chiqishida katta rol o‘ynaydi (E.E. Platonov, 1969, I. Novik va boshq., 1969, V.S. Ivanov, 1989) Paradontit kataral gingivit, gipertrofik gingivitdan keyin boshlanadi. Jarayon davomida tish-milk boylami butunligi, tishni bog‘lab turgan apparat buziladi, suyak to‘qimasi suriladi (rezorbsiya), tish-milk patologik cho‘ntagi paydo bo‘ladi (E.E. Platonov, 1969, I.). Novik va boshq., 1969, V.S. Ivanov, 1989 va boshq.). Paradontitda bo‘ladigan patologik jarayonlar o‘z vaqtida davolanib to‘xtatilmasa, doimiy ravishda chuqurlasha boradi, xususan, alveola suyak to‘qimasidagi so‘rilish va atrofiya davom etadi. E.V. Borovskiy va boshq. (1989) paradontitga quyidagilar xos deb xisoblaydilar. 1. Paradontit asosan 30-40 yoshdagi odamlarda uchraydi. 2. Bemorlar anamnezida bir necha yildan beri milklardan qon oqishi borligi. 3. Milk cho‘ntagi yoki paradontal cho‘ntak borligi. 4. Milkning kataral, yarali yoki proliferativ-gipertrofik yallig‘lanish. 5. Tishlararo alveola suyagida rentgenologik tuzilishni buzilish- destruktiv o‘zgarishlar borligi. 6. Milkda turli yallig‘lanish, destruktiv o‘zgarishlar (tishlarni qimirlab qolishi, ularning joylashishnni o‘zgarganligi, og‘riq, funksiya buzilishlari va boshqalar). 7. Surunkali paradontitni qaytalanishi, xususan, abssessli paradon- titlarda organizmni umumiy buzilishlari-tana xaroratining ko‘tarilishi, noxushlik, qon tarkibini o‘zgarishi kabilar bo‘lishi. 8. Tish karashlari, toshlari, ovqat qoldiqlari tishlarda, milkda bo‘lishi kabilar. Paradontitda subyektiv-bemor sezgilari milkdan qon oqishi, ayrim tishlarni turli darajada qimirlab qolganligi, og‘riqlar, tishlar bo‘yin qis- mini issiq, sovuqdan og‘rishi, milk-tish cho‘ntaklaridan yiring chiqishi, ayrim paytlarda milkda abssesslar bo‘lishi, og‘iz bo‘shlig‘idan qo‘lansa 2 3 3 xid kelishi bilan xarakterlidir. Undan tashqari, bemorlarni ruxiy tushkun- likka tushishi, uyquni buzilishi va shu kabi noxush sezgilar bezovta qiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling