Rivojlantirish instituti
og‘irlarga bo‘linadi. Yengil
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rta og‘irlikda
og‘irlarga bo‘linadi.
Yengil paradontitda paradontal cho‘ntak chuqurligi 3,5 mm gacha, asosan tishlar orasida tishlararo, suyak to‘qimasi tuzilishi (struktura) buzilishi (destruksiyasi) boshlang‘ich bosqichda va tishlararo alveola o‘simtalar balandligining 1/3 qismigacha, tish qimirlashi fiziologik darajada, bemorning umumiy ahvoli o‘zgarmagan. O‘rta og‘irlikda kechadigan paradontitlarda tish-milk (patologik) cho‘ntak chuqurligi 5 mm ga yetadi, tishlararo alveola o‘simtasining 1/2 gacha suyak yemirilgan (II daraja), osteoporoz o‘choqlari bo‘ladi, tish qimirlashlari I yoki II daraja, ayrim tishlar qimirlab o‘z o‘rinlarini o‘zgartirgan bo‘lishlari mumkin. Og‘ir kechadigan paradontitda milk cho‘ntaklari 5-6 mm chuqurlikda, tishlararo alveola suyak o‘simtalari u uzunligining 1/2 da suyak to‘qimasi yemirilib bo‘ladi, suyak to‘qimasi rentgenogrammada ko‘rinmaydi, tishlar II-III darajali patologik qimirlashda, ayrimlarining o‘rni o‘zgarib, turli qiyshaygan holda joylashadi, travmatik okklyuziya borligini ko‘rish mumkin. O‘rta va og‘ir paradontitda milkdan qon va yiring chiqishi, og‘izdan qo‘lansa xid kelishini shifokor sezishi mumkin. Paradontitning remissiyasida bemorlar ortiqcha shikoyat etmaydilar, lekin kasallik bor. O‘tkir paradontit kam uchraydi, asosan, maxalliy salbiy ta’sirotlar (plomba o‘tkir qirralari, milkka ortiqcha kirgan sun’iy koronkalar, protezlar klammerlari va boshq.) oqibatida paydo bo‘lishi va ko‘pincha ma’lum tishlar atrofida bo‘lishi mumkin. Bunda bemorlar o‘z-o‘zidan boshlanadigan o‘tkir og‘riqlar, milkdan qon oqishi kabilarga shikoyat qiladilar. Shifokor obyektiv ko‘ruvda tish-milk cho‘ntagi borligini, milk qizarib shishganligi, unga tekkanda esa, qon oqishini ko‘radi. Surunkali paradontitda ko‘pincha bemor kech shifokorga murojaat etishi, onda-sonda to‘liq bo‘lmagan davolash muolajalaridan keyin kelmasligi oqibatida bo‘lishi mumkin. Uning kelib chiqishida, yuqorida ta’kidlaganimizdek, organizmdagi umumiy surunkali oshqozon-ichak, 2 3 4 yurak-qon tomir, modda almashinuvi buzilishi bilan kechadigan kasal- liklar, asab tizimi va boshqa ichki a’zo va tizim kasalliklari rol o‘ynashi mumkin. Yengil surunkali paradontitda bemorlar milkdan vaqt-vaqti bilan qon oqishi, xususan, tishlarni tozalashda, og‘izda qo‘lansa xid bo‘lishi, milklarda turli noqulayliklar, tish toshlarining tez orada yig‘ilib qolishi, yallig‘lanish ayrim tishlar atrofida — maxalliy yoki hamma tishlar yoki ko‘pchilik tishlar atrofida — tarqalgan holda bo‘lishiga shikoyat qiladilar. Obyektiv ko‘ruvda milklarda ko‘kimtir rang bo‘lib, salgina shishganligi, tish-milk cho‘ntagining chuqurligi 3,5 mm atrofida bo‘lishi qayd etiladi. Rentgenogrammada kompakt plastinkasining yuqori qismlari — tishlararo to‘siqlari emirilganligi, tishlararo alveola to‘siqchalarining ko‘rinishi xiralashganligi, ularning 1/3 qismi emirilishini ko‘rish mumkin, lekin tishlar qimirlashi fiziologik darajada qoladi va ularning o‘rinlaridan siljishlari bo‘lmaydi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling