Rivojlantirish instituti
Vensanning yarali-nekrotik
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Vensanning yarali-nekrotik gingivitida klinik-morfologik o‘zgarishlar
alterasiya (to‘qimaning emirilishi) bilan kechadi. Kasallik qo‘qqisdan boshlanadi, noxushlik, kamxollik, tana xaroratining birdan baland ko‘tarilishi (39—40°C gacha), og‘izda qattiq, kuchli og‘riqlar, milk qonashining kuchayishi, yutishni qiyinlashuvi, og‘izdan qo‘lansa xid kelishi, bemorni shifokorga murojaat qilishiga sabab bo‘ladi. Chirish alomatlari oxirgi molyar tishlar atrofida-retromolyar joylarda, minda- linalarda bo‘ladi (Ven-san anginasi). Bu kasallik ko‘pincha o‘tkir infeksiyali kasalliklar, ruxiy ezilishlar, kechinmalar (stress), aqliy va jismoniy charchashlar, gipovitaminozlar, aql tishlarini qiyin chiqishi, og‘izda ko‘p stomatogen infeksiyali o‘choqlar bo‘lishi, tozalikka rioya qilmaslik kabi hollarda kelib chiqishi mumkin. Lekin, biror-bir aniq sababi hozirgacha noma’lum. Bemorning umumiy ahvoli og‘izdagi o‘zgarishlarga bog‘liq. Obyektiv ko‘ruvda, og‘iz bo‘shlig‘ida ko‘p tish karashlari, toshlari, odatda, davolanishga, xattoki olishga loyiq tishlar bo‘lishi mumkin. Tishlarni o‘z-o‘zidan mexanik tarzda tozalanishi yo‘qligi uchun (ovqat chaynash chegaralangani sabab) tishlar va til karashlangan. Milk qizargan, oson qonaydi, milk chekkalarida ham chiriklar-karashlar, ba’zida ayrim milk so‘rg‘ichlari emirilgan, chirigan, yaralar paydo bo‘lgan. Kasallik avjida qon tarkibida leykositoz, eritrositlar cho‘kish tezligi oshgan bo‘lishi mumkin. Kasallik o‘tkir davrida davolanmasa, u surunkaliga o‘tadi unda esa jag‘lar alveola suyak to‘qimasi ham jarohatlanadi. Yarali gingivitni qon kasalligida (leykoz va boshqalar) uchraydigan nekrotik o‘zgarishlardan farqlash zarur. Qiyosiy tashhislashda qon tarkibining o‘zgarishi qon kasalliklaridagi o‘ziga xos o‘zgarishlari tufaylidir, chunki yarali gingivitda qon tarkibining o‘zgarishi, yuqorida aytganimizdek, kam bo‘ladi. Shunday qilib, yarali gingivitda klinik va morfologik o‘zgarishlar, o‘tkir yallig‘lanishga xos bo‘lib, keskin rivojlangach limfositlar infiltrasiya, qon va limfa tomirlar kengaygan, turg‘unlik va o‘tkazuvchanlik kuchayganligi bilan xarakterlanadi. Gipertrofik gingivit asosan pastki va yuqorigi oldingi tishlar atrofida joylashadi. U asosan bolalarda, kamdan-kam katta yoshdagi odamlarda uchraydi. Gipertrofik-giperplastik gingivitlarning kelib chiqishida garmonlar o‘zgarishi (yoshlar gingiviti, xomiladorlar gingiviti), dorilar ta’siri (difenin), askorbin kislotasi kemtigi, qon kasalliklari (leykemik retikulezlar) etiologik sababchilar bo‘lishlari mumkin. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling