Rivojlantirish instituti


Gingivitlarning klinikasi, tashhisi va qiyosiy tashhisi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Gingivitlarning klinikasi, tashhisi va qiyosiy tashhisi
Tasnifga muvofiq, gingivit (milk yallig‘lanishi) asosan kataral (yuza,
yengil), gipertrofik, yarali va atrofik turlardan iborat.
Milk yallig‘lanishi-gingivit-bu maxalliy va umumiy, tashqi va ichki
salbiy ta’sirotlar oqibatida kelib chiqqan, tish-milk boylamini butunligi
saqlangan holda kechadigan kasallikdir.
Gingivitlar uchun, ularning klinik kechishlari va morfologik
o‘zgarishlardan qat’iy nazar, xos alomatlar mavjud:
1) Kasallik asosan bolalarda, yosh (19-20 yoshgacha) bo‘lgan
odamlarda uchraydi;
2) Ko‘proq tish yumshoq karashlari (mikrobli, yumshoq ovqat
qoldiqlari) va ba’zida tish toshlari bo‘ladi;
3) Gigiyenik indeks va gingivit bir-biriga bog‘liq ravishda bo‘ladi;
4) Milk shakllari gingivit turlariga bog‘liq ravishda turli o‘zgarishlar
(shish, qizarish, yara, atrofiyaga uchragan) bilan xarakterli bo‘ladi;
5) Zond, pinsetga o‘xshash asboblarning tegishi bilan milkdan qon
oqadi;


2 2 7
6) Milk patologik cho‘ntagi bo‘lmaydi. Lekin, gipertrofik gingivitda
milk shishishi tufayli tish va milk o‘rtasida soxta, yolg‘on cho‘ntaklar
paydo bo‘ladi;
7) Rentgenogrammada alveola suyak o‘zgarishlari bo‘lmaydi. Lekin
umumiy kasalliklar (oshqozon — ichak kasalliklari va boshqa) bilan
kechadigan surunkali gingivit kasalligida tishlararo alveola suyak o‘simtasi
uchlari salgina gorizontal yo‘nalishda atrofiyalangan bo‘lishi mumkin;
8) Yallig‘lanish oqibatida kamdan-kam intoksikasiya holati va bu
bilan bog‘liq bemorning umumiy ahvoli salbiy tomonga o‘zgarishi
mumkin;
9) Gingivit aloxida kasallik birligi yoki paradontit va paradontoz
belgilaridan bo‘lishi mumkin.
Kataral gingivit-bu klinikada eng ko‘p uchraydigan gingivitdir. Bu
kasallik maxalliy — 2—3 tish atrofida yoki tarqalgan-generallashgan
bo‘lishi va bu hol tananing umumiy kasalliklariga — kelib chiqish
sabablari bilan bog‘liqdir.
Maxalliy sababchilari — bu milk ostidagi toshlar va infeksiyadir.
Umumiy sababchilari, asosan oshqozon-ichak kasalliklari, modda
almashuv buzilishi va boshqa umumiy kasalliklar bo‘lishi mumkin.
Noto‘g‘ri tayyorlangan ortopedik va ortodontik moslamalar, protezlar,
tish-jag‘ anomaliyalari, surunkali gingivitlarni sonini va klinik kechishini
ko‘paytiradi va og‘irlashtiradi. Epitelial hujayralarning sitoplazmalari
va yadrolarida distrofik o‘zgarishlar, yadrolar kengayib, sitoplazmalar
torayishi, hujayralar kerotinizatsiyasi hosil bo‘lishining pasayishi
kuzatiladi.
Organizmda kechadigan yurak-qon tomir, oshqozon-ichak
kasalliklarida, yuqumli kasalliklar, modda almashuv kasalliklari, gipofiz
bezining vazifasi, jinsiy bezlar, qalqon bezlarining faoliyatlari buzilganda
va boshqa ko‘p hollarda kataral gingivitlar avj oladi, yoki paydo bo‘ladi.
Ular yengil, o‘rta va og‘ir shaklda kechadi. Kataral va yarali gingivit-
larning engil darajasida asosan tishlararo milk, o‘rta darajasida — tish-
lararo va marginal milk, og‘ir darajasida esa milkning hamma qismi va
alveola qismlari kasallanadi. Ko‘pincha alveola milk yallig‘lanishida
patologik milk cho‘ntaklari paydo bo‘ladi va bu paradontitga to‘g‘ri
keladi. Bu ko‘pincha surunkali gingivitni qaytalanishi oqibatida (shamol-
lashda, grippda) bo‘lishi mumkin.
Yengil gipertrofik gingivitda tish toj qismining 1/3 qismi, o‘rta
darajada 1/2 qismi, og‘irida esa 1/2 dan ko‘proq qismi o‘sgan milk
bilan qoplanadi.
Surunkali kataral gingivit og‘riqsiz, asta-sekin boshlanadigan kasallik
bo‘lgani uchun bemorlar shifokorga murojaat etmaydilar. Shuning uchun
bu kasallikni bemor boshqa bir sababdan (kariyes, pulpit, o‘tkir
periodontit) bilan kelganda shifokor ko‘rishi mumkin.


2 2 8
Yurak-qon tomir kasalliklarida, xususan ularning dekompensasiya
davrlarida, gingivit paydo bo‘ladi yoki qaytalanadi. Boshida kataral holat
paydo bo‘ladi. Milk shilliq pardasi ko‘kimtir-qizg‘ish rang oladi,
to‘qimalar shishadi. Oshqozon-ichak kasalliklarida ko‘pincha gingivit
birga kechadi.
A.I. Ribakov hammualliflar (1980) bilan birga o‘tkazgan klinik-ekspe-
rimental ta’qiqotlari natijasida oshqozon-ichak kasalliklarida gingivitlar
bo‘lishi, ularning kelib chiqishida oshqozon-ichak yo‘llari kasalliklarining
tutgan o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlari aloxida axamiyatli xisoblanadi.
T.X. Safarov, (1986) o‘tkazgan tekshirishlari shuni ko‘rsatdiki, orga-
nizmning immunologik qarshilik ko‘rsatish qobiliyati oshqozon-ichak
kasalliklarida paradont sog‘lomligida ham, uning turli kasalliklarida ham
o‘zgaradi, lekin qondagi T-limfositlar, T-supressorlar va T-xelperlar
miqdorining keskin kamayishi va V-limfositlar sonining oshishi bilan
xarakterli ikkilamchi immunodefisit, oshqozon-ichak kasalliklari bilan
birga kechadigan paradont kasalliklari, xususan paradontitda eng ko‘p
rivojlangan bo‘ladi, bu esa oshqozon-ichak kasalliklari bilan birga
kechadigan paradont kasalligining patogenez-rivojlanishida autoimmun
o‘zgarishlar roli katalligidan dalolat beradi. Ko‘rsatilgan o‘zgarishlar
paradont kasalliklarining klinikasi va og‘irligi bilan chambarchas bog‘liq
ekanligi aloxida axamiyatlidir.
Qon kasalliklarida (leykoz, limfoleykoz, miyeloleykoz) uchraydigan
gingivitlar uchun milkning oqish rangli bo‘lib qolishi, qizarganida ham
ortiqcha shish bo‘lmasligi, lekin kasallangan milk qismlarining yaqqol
bilinib turishi xarakterlidir. Keyinchalik esa, milkda qon quyulishi va
ular o‘rnida tez orada yaralar paydo bo‘lishi mumkin. Og‘izdan qo‘lansa
xid kela boshlaydi. Bemorlar ovqatlanish, chaynashdan, gapirishdan
qo‘rqadilar. Og‘iz bo‘shlig‘i, asosiy kasallikka nisbatan ko‘proq bezovta
qiladi. Ko‘pincha og‘izdan (milkdan) qon oqishi sabab, bemorlar
stomatologga murojaat etadilar.
Gingivitlar shuningdek, ma’lum zararli kasblarda ishlaydigan
(qo‘rg‘oshin, vismut, alyuminiy, simob, yod, bromlar ishlab chiqaradigan
korxonalar) ishchilarida kataral yoki yarali shaklda uchraydi. Undan
tashqari bu ishchilar uzoq muddat davomida ishlasalar, ularda umumiy
zaxarlanish belgilari (bosh og‘riri, oshqozonda og‘riq, ich ketishi kabi)
ham bo‘lishi mumkin.
Tishlarni tozalash paytida milkdan qon oqishi mumkin, shunga
yarasha bemorlar shikoyatlari bo‘lishi va shuning oqibatida shifokorga
murojaat etishlari ham mumkin.
Shifokor ko‘ruvida milk shakli, ranggi (oqishroq, ko‘kimtir) o‘zgar-
ganligi aniqlanadi. Qaytalangan surunkali gingivitda esa, bemorlar chay-
nov paytida milkda og‘riq, undan qon oqishi, milk so‘rg‘ichlarining va
umuman milkning shishganligi, qizarganligiga shikoyat etishadi. Tish
ustlarida karashlar va tish toshlari borligi qayd etiladi. Surunkali gingi-


2 2 9
vitda qon tarkibida deyarli o‘zgarish yo‘q, qaytalanganda esa umumiy
zaxarlanish — intoksikasiya alomatlari (kamxollik, noxushlik, tana
xaroratining ozroq ko‘tarilishi, uyqu buzilishi va xokazo) ko‘rinadi. Bular
ko‘pincha umumiy kasalliklar bo‘lganda kuzatiladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling