Rivojlantirish instituti
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reoparadontografiya
- Rentgenologik
- Patomorfologik
Obyektiv tekshiruvlar — V.M. Kulajenko usulida gematomalarning
tez bo‘lishi (kapillyarlar chidamligining pasayishi), M.Ya. Yasinovskiy sinamasida leykositlarning migrasiyasi (qon tomiridan chiqish) ni oshishi, Shiller-Pisarev usulida milkda yallig‘lanish oqibatida glikogenlar miqdorining oshishi tufayli musbat reaksiya kabi belgilar aniqlanadi. Milk suyuqligining oshishi, unda kollagenaz va boshka fermentlar faolligining oshishini tekshirib bilib olish mumkin. Reoparadontografiya yordamida olingan reoparadonto-grammalarda paradont to‘qimasidagi arteriyalar va venalarning faoliyatlari ancha pasayganini, buzilganligini ko‘rish mumkin. Qon tarkibida-zardobdagi immunoglobulinlar (G, A, M), V-lifositlar miqdorining oshishi maxalliy gumoral immun reaksiyasining jadallash- ganidan darak beradi (I.M.Jiyakonis). Gingivitlarni qiyosiy tashhislash uchun, ularning paradontit, paradon- toz, ayrim sindromlar belgilaridan, milk pigmentasiyasi (arablar, afrikada yashovchilar, tojik, o‘zbeklarning ham ayrimlarida tabiiy bo‘ladigan pigmentasiya) dan farqlash zarur. Rentgenologik tekshiruvda gingivitlarda suyak to‘qimasida o‘zgarishlar yo‘ligi ham qiyosiy tashhisda axamiyatga egadir. Kataral gingivitda, yuqorida ta’kidlanganidek, bemorlar tish tozala- ganlarida va chaynaganlarida milkdan qon oqishi, og‘izda maza sezish buzilganiga va undan qo‘lansa xid kelishiga shikoyat qiladilar. Patomorfologik o‘zgarishlar surunkali kataral gingivitda ularning kelib chiqish sabablariga xos bo‘lmagan, yoki xarakterli bo‘lmagan, asosan epiteliy va uning ostidagi qo‘shuvchi to‘qimasida shish, kollagen tolalarining kattalashib, qo‘pollasha borishi, epiteliyda shoxlanishning buzilishi (parakeratoz, akantoz), limfosit, leykosit va plazmasitlarning yig‘ilishi-infiltrasiyasi, qon tomirlarning kengayishi, ular devorlarining o‘tkazuvchanligining oshishi, vaskulit, tish-milk ariqchasidan suyuq- likning chiqishi, u yerga leykositlar migrasiyasining oshishi, limfosit, plazmasitlarning paydo bo‘lishi, qon tomirlar atrofidagi kollagenlarning yo‘qolishi kabilar bilan xarakterlanadi. Gistoximik tekshiruvlar esa epiteliyning tikanaksimon qavatiga gliko- genni yig‘ilganligi, semiz hujayralarning ko‘payganligi, oqsil-glikoza- minoglikan kompleksining o‘zgarganligi kabilarni aniqlaydi. Undan tashqari, limfatik tomirlar, kapillyarlar, venulalar kengaygan, ular atroflarida qon quyqulari, endoteliylar proliferasiyalangan, bazal membrana shishgan. Ba’zida surunkali gingivitlarda, xususan tananing ichki a’zo va tizim kasalliklari bilan birga kechishida alveola o‘simtasida suyak o‘zgarishlari bo‘lishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling