Rivojlantirish instituti
AYRIM PARADONT KASALLIKLARINING QIYOSIY
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
AYRIM PARADONT KASALLIKLARINING QIYOSIY
T A S H H I S L A S H M E Z O N L A R I Baholash mezonlari Tarqalgan kataral gingivit Tarqalgan paradontit Paradontoz M ilk qizarishi (giperemiya) bor bor yo‘ q M ilkdan qon oqishi bor bor yo‘ q Tish- milk (patologik) cho‘ ntagi yo‘ q bor yo‘ q Tishlarning (patologik) qimirlashi Yo‘ q bor yo‘ q Jag‘ suyak to‘ qimasida o‘ zgarish yo‘ q Paradontit dara- jasiga bog‘ liq turli o‘ zgarishlar bo‘ ladi Osteoskeleroz Alveolalararo suyak to‘ qimasi o‘ simta- larning o‘ zgarishi yo‘ q Turli darajada destruksiya bor yo‘ q O‘ rab turuvchi suyak kortikal plastinka- sining o‘ zgarishi yo‘ q Yemirilgan (buzilgan) O‘ zgarmagan Suyak o‘ simtalarida osteoporoz borligi yo‘ q Turli dog‘ simon osteoporoz o‘ choqlari bor yo‘ q Alveola to‘ siq (o‘ simta) larning balandligi yo‘ q Suyak to‘ qimasida yemirilish turli darajada bo‘ ladi 2 3 7 Paradontozda esa osteoskleroz, suyakning eburneasiya deb ataladigan, sklerozga o‘xshash o‘zgarishlari bo‘ladi. Patologoanatomik o‘zgarishlar ham paradontitning turli darajalarida turlicha bo‘ladi. Lekin, patologoanatomik o‘zgarishlar paradont to‘qimalarining barchasida borligi qayd etiladi. Yengil paradontitda, milkda nospesifik surunkali yallig‘lanishga xos o‘zgarishlar — epiteliyda distrofik o‘zgarishlar, ayrim hollarda uning yuza qavatlarining chirishi (nekroz) va leykositar infiltrasiya borligi aniqlanadi. Epiteliy atrofiyaga uchragan sari, unda glikogenlar kamayib boradi. Epiteliy ostidagi qo‘shuvchi to‘qimada qon quyilishi, ba’zida fibrinoid o‘zgarishlar, skleroz bo‘ladi. Qo‘shuvchi to‘qima tuzilishi buziladi, milk cho‘ntagi atrofida mukoid shishlar, mukopolisaxaridlar ko‘payishi, argirofil tolalar qo‘pollashgan, ayrimlari erigan (lizis), kollagen tolalar erigani kabi o‘zgarishlar bo‘ladi. Qon tomirlari devorlarida qon quyqulari, skleroz, milk to‘qimasining barcha joylarida limfoid-gistositlar yig‘ilishi, plazmatik hujayralar, fuksinofil yoki Russel tanachalari, leykositar infiltrasiya, semiz hujayralar ko‘payishi kuzatiladi. Shunday qilib, engil paradontitda qon tomirlar o‘zgarishiga bog‘liq o‘zgarishlar tolali to‘qimalarda esa. distrofik o‘zgarishlar — xattoki chirish, qo‘shuvchi to‘qimadagi o‘zgarishlar epiteliyga ikkilamchi salbiy ta’sir ko‘rsatib, uning atrofik va distrofik o‘zgarishlariga olib keladi. Alveola suyak to‘qimasining tishlararo joylashgan qismlarida makro- faglar va osteoklastlar yordamida so‘rilish, emirilish jarayonlar kechadi. Epiteliy ildiz o‘zunligi bo‘ylab o‘sib kirishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida ildiz sementi ham yallig‘lanish oqibatida yemi- riladi. Suyak emirilishi, yangi suyak to‘qimasini paydo bo‘lishi jarayonlari bir vaqtda kechishi mumkin. Qon tomirlar devorlari kengaygan, o‘rta qavatlari skleroz va gialinozli bo‘lib, ularning ichlari toraygan, qon tomir atroflari sklerozga uchragan. O‘rta va og‘ir shakldagi paradontitlarda keltirilgan patomorfologik o‘zgarishlar yanada chuqurlasha boradi. Shunday qilib, paradontitda barcha paradont to‘qimalarida turli darajada patologik o‘zgarishlar bo‘ladi, emirilish, so‘rilish jarayonlari yangi suyak hosil bo‘lishiga nisbatan ustun turadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling