paradontal kista. Albatta. milkda boshqa shishlar, o‘sma va o‘smasimon,
masalan saraton (rak) ham bo‘lishi mumkin.
Milk fibromatozi kamdan-kam uchraydigan kasallik-holat
xisoblanadi, faqat katta yoshdagi odamlarda uchraydi. Sababi noma’lum.
Irsiy kasallik bo‘lib xisoblanadi. Asta-sekin rivojlanadigan, qattiq,
bosganda og‘riqsiz do‘mboqsimon o‘smalar barcha alveola o‘simtalari
yoki ayrim joylarda, ko‘pincha oldingi tishlar atrofida joylashadi. U
yerda yallig‘lanish bo‘lmaydi. Bemorlar milkda ajabtovur, noxush
ko‘rinish borligiga shikoyat qiladilar. Erkak va ayollarda, ayrim paytlarda
bolalarda ham uchraydi. Gipertrofik gingivitdan farqi, fibromatozda faqat
tishlararo milkda emas, balki alveola milkida ham shakl o‘zgarishlar
(deformasiya), undan tashqari ham og‘iz bo‘shlig‘i, ham og‘iz daxlizi
tomonlardagi milk, go‘yoki bo‘rtgan, shishgansimon shakliy o‘zgarishda
bo‘lib, ancha xusnbuzarlikka sabab bo‘ladi. Milk ranggi o‘zgarmagan.
Gistologik o‘zgarishlar asosan, zich bog‘lovchi kollagen tolalar
ko‘pligi, ularda qon tomirlar kam, kichik nuqtali infiltrasiyadan iborat.
Rentgenogrammalarda osteoporoz holati, ba’zida alveolalararo suyak
o‘simtalarining emirilishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |