Rivojlantirish instituti


Davolash bir necha bosqichlardan iborat


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Davolash bir necha bosqichlardan iborat.
1. Kasallikni keltirib chiqaradigan sabablarga qaratilgan etiotrop
davolash usullari. 2. Paradont to‘qimasida kechadigan turli yallig‘lanish
va to‘qima buzilishlariga ta’sir etuvchi patogenetik davolash usullari.
3. Tana ximoya va moslashish mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan
davolash usullari. 4. Tiklash (reabilitasiya) davolash usullari. Bu murak-
kab vazifalarni bajarish uchun, qo‘llanadigan omillar ma’lum tartib —
prinsiplarga tayangan bo‘lishi shart. Shuning uchun paradont kasallik-
larini biz (T.X.Safarov) ishlab chiqqan davolashda quyidagi tutum
(prinsiplarga) amal qilmoq yaxshi natija beradi. 1. Davolash majmuaviy-
kompleksli bo‘lishi-davolash usullari va vositalari paradont to‘qimasiga
va bemor organizmiga ta’sir etishi to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi kerak. 2. Har
bir bemorga individual kompleks davolash usullarini va vositalarini
qo‘llash zarur. Hamma kasallarni davolash sxemalari, ya’ni hammabop
usullar bo‘lmasligi kerak. 3. Tanlangan kompleks davolash usullari va
vositalari har bir bemor uchun undagi holatga asoslangan bo‘lishi kerak.
4. Turli kompleks davolash usullari va vositalari ma’lum tartibda birin-
ketin olib borilishi shart. 5. Paradont kasalligini davolash mumkinligiga
shifokor va bemor ishonchi bo‘lishi shart. 6. Kasallik remissiyasida —
shoshilinch davolash usullarini qo‘llashni keragi bo‘lmaganda, paradont


2 4 4
to‘qimasida modda almashinuvini idora qilib turadigan davolash muolaja-
lari o‘tkazilib turilishi kerak.
Mahalliy va umumiy davolash usullari deganda, biz ularning o‘zaro
bog‘liqligi, bir-birini to‘ldirishi zarurligi uchun shartli ravishda shunday
deb ataymiz.
Shunday qilib, etiotrop davolash usuli deb, mahalliy paradontga salbiy
ta’sir etuvchi omillarga qarshi yoki ularning yo‘q qilishga karatilgan
kompleks davolash usullari va vositalarini tushunishimiz lozim ekan.
Bularga quyidagilar kiradi. 1. Og‘iz bo‘shlig‘i tozalik qoidalarini bajarish-
ga bemorlarni o‘rgatish va ularni to‘liq bajarilishini ta’minlash. 2. Tish
karashlari (mikrobli karashlar, yumshoq karashlar) va toshlarini olib
tashlash. 3. Tish okkyuzion yuzalari tekisligini ta’minlash yoki ularni
tekis qismi, yo‘qligiga e’tibor berish. 4. Aproksimal tish yuzalarida
joylashgan kariyes kovaklarini plombalashda tegib turadigan nuqtalar
hosil qilish, ortiqcha plomba ashyolari paradont to‘qimasiga salbiy ta’sir
etishini oldini olish. 5. Noto‘g‘ri tayyorlangan ortopedik va ortodontik
protezlar, moslamalarni yaxshilariga almashtirish, tuzatish. 6. Tish, til
yuganchalari anomaliyalari, prikus apomaliyalarini tuzatish, davolash,
to‘g‘rilash. 7. Bir tomonda ovqat chaynash, chekish, kasbga bog‘liq va
shunga o‘xshash yomon qiliqlarni yo‘qotish chora-tadbirlarini o‘tkazish.
Yuqorida ko‘rsatilgan, ko‘pincha paradont to‘qimasiga mahalliy salbiy
ko‘rsatadigan omillarni yo‘qotish asosiy etiotrop davolash komplekslariga
kiradi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling