Rivojlantirish instituti


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Gipertrofik gingivitni davolash, og‘iz bo‘shlig‘ini sog‘lomlash-
tirilgandan keyin sklerozga olib keladigan 50—60% glyukoza, glyuko-
kortikoidlar (gidrokartizon) larni in’eksiya yo‘li bilan milk so‘rg‘ichlariga
yuborish, geparinni milk elektroforezi milklardagi shishlarni, milk
hajmini pasaytiradi, qotiradi. Ular yordam bermasa, 20—30%-li rezorsin
eritmasini turunda yordamida cho‘ntaklarga kirgizib (kuydirib) qo‘yish,
shuningdek, prospidin malxami (30—50% li), xlorid sink (10—25%-li
eritmasi) keratoplastik ta’sir etib, patologik holatni ancha tuzatadi.
L.R. Rubin milkdagi gipertrofiyani davolash uchun, iskrali darsonval
toki yordamida, har bir milk so‘rg‘ichiga 1—3 soniya mobaynida iskra
yuborib ularning uchki qismlarini kuydirishni (muolaja o‘tkazilgach,
milk so‘rg‘ichlarida 2—4 nuqtada oq dog‘chalar-kuygan epiteliy yuzalari
hosil bo‘ladi) tavsiya etgan va u yaxshi natija beradi. Albatta, gipertrofik
gingivitni keltirib chiqargan sabablarni iloji boricha aniqlash zarur.
Masalan, gipertrofik gingivit tutqanoq-epilepsiya kasalligida juda kuchli,
rivojlangan holda bo‘ladi. Ba’zida terapevtik, fizioterapevtik, ortopedik
(prikusni to‘g‘rilash) usullar yordam bermasa, jarrohlik usuli bilan,
xususan gingivitni fibrozli shaklida, operativ usulda o‘sgan milklarni
qirqib tashlashga to‘g‘ri keladi. Hozirgi zamonda bu maqsadda
kriojarrohlik va lazer texnikalaridan foydalaniladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling