Rivojlantirish instituti
Paradont kasalliklarini umumiy davolash usullari
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Paradont kasalliklarini umumiy davolash usullari
Tarixiy man’balardan ma’lumki, paradont kasalliklarining klinik ko‘rinishlari birinchi marta fransuz shifokori Foshar (1746) tomonidan yoritilgan. Lekin ungacha bizning sharq shifokorlaridan mashxur Abul Qozim X asrdayoq paradont kasalliklarini davolashda tish toshlarini olib tashlash muxim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, tish toshlarini olib tashlash uchun maxsus asboblar yasagan va qo‘llagan. Abu Ali Ibn Sino (980—1037) o‘zining mashhur asari — "Tib qonunlari"da paradont kasalliklarini to‘liq yozishdan tashqari, ularni davolash uchun organizmning umumiy ahvolini yaxshilash, og‘iz gigiyenasini yaxshilash va milklarga asal bilan sarig‘ yog‘ aralashmasini qo‘yish va mo‘m chaynash kabi muolajalarni bajarishni taklif etgan. Paradontitni umumiy davolash uchun, uning kelib chiqishida katta rol o‘ynaydigan umumiy kasalliklar-oshqozon-ichak kasalliklari, yurak- qon tomir, buyrak va siydik yo‘llari kasalliklari, qandli diabet, revmatizm, jigar va boshqa ichki a’zo va tizim kasalliklarini bemorda laboratoriya usullari yordamida tekshirib, ularning bor-yo‘qligini aniqlab, kerak bo‘lganda topilgan kasalliklarni davolash zarur. Ko‘pchilik tadqiqotchilar, paradont kasalliklarini kelib chiqishida organizmda kechadigan umumiy surunkali kasalliklar katta ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydigan omillar keltiradilar. Shuning uchun, paradontit bilan og‘rigan bemorda bo‘lishi mumkin bo‘lgan, yuqorida ta’kidlangan umumiy kasalliklardan tashqari, vegetativ asab tizimi, modda almashinuvi bilan bog‘liq barcha kasalliklar, gipo va avitaminozlar, qon kasalliklari va shunga o‘xshash boshqa kasalliklar paradontit bilan birga davolanishi kerak. Paradont kasalligi bilan og‘rigan bemorni stomatolog har tomonlama va to‘liq klinik va laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazishi va olingan ma’lumotlarga binoan, kerakli mutaxassisliklarda ishlaydigan shifokorlar (terapevt, endokrinolog, gematolog, pediatr, nevropatolog, psixonevrolog va boshqalar) bilan maslaxatlashib, birga tegishli davolash ishlarini amalga oshiradi. Paradont kasalliklarini umumiy davolashni psixoterapiyadan (bemor ruxiga ta’sir etish) boshlash kerak. Shifokor bemordagi paradont kasalligini davolash mumkin yoki uni rivojlanishini to‘xtatishi, ancha engilliklar berishi mumkinligiga bemorni ishontira olishi zarur. "Bemordagi kasallikni emas, balki bemorni davolash kerak" degan tibbiyotdagi aforizm paradont kasalliklarini davolashga juda to‘g‘ri keladi. Davolashning yaxshi natija berishi, bemorning umumiy ahvoli, yashash sharoitlari, mexnat sharoiti, ovqatlanish tartiblari hamda kasallik- ni davolash uchun shifokor buyurgan yoki tavsiya etgan narsalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi, boshqacha qilib aytganda, bemorning savodliligi, intelekti, dunyo qarashi, madaniyatiga bog‘liqdir. Umumiy davolash vositalari bemor organizmining umumiy quvvati, (reaktivligi)ni oshirishga va uning organizmida modda almashinuv 2 5 1 jarayonlarini jonlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Paradontitni komp- leks davolashda vitaminlar, antibiotiklar, stimulyasiyalaydigan (nospesi- fik, noxos) davolash usullari, autogemotsrapiya, to‘qimalar tiklanishini- reperativ regenerasiyalashga o‘rnatilgan davolash usullari, densensibilizat- siyalaydigan, giperbarooksigenoterapiya, immunostimulyatsiya yoki immunodepressiv davolash usullari kabilar qo‘llanadi. Vitaminlar S, V, A, E kabilar paradont kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar organizmida kamayib ketishi, ularni davolashda qo‘llanilishini taqazo etadi. Ulardan tashqari B 2 , B 6 , B 12 , K 3 , R vitaminlari ham o‘z o‘rinlarida ishlatiladi. S va R (rutin) vitaminlari milkdan qon oqishi bo‘lganda xususan yoshlar- da keng qo‘llaniladi. Bu vitaminlar kapillyarlar devorlarini o‘tkazuvchan- ligini kamaytirib, qon oqishini to‘xtatadi. S vitamini kollagenlar hosil bo‘lishiga ta’sir etib, qon tomirlar devorlarini zichlantiradi, osteoblastlar faolligini oshiradi. S vitamini R vitamini bilan birga qo‘llanadi. R vitamin kapillyarlar o‘tkazuvchanligining buzilishini tuzalishiga yordam beradi, oksidlanish — tiklanish jarayonlar me’yorga kelib, to‘qimada S vitami- nining to‘planishiga imkon tug‘diradi. Ancha miqdorda S vitamini ovqat bilan organizmga kiradi, bu yaxshi. Askorutin (vit. R) 0,1 g, 2—3. marta, S vitamini esa, polivitaminlar tarkibida 2—3 donadan bir kecha-kunduz- da beriladi. B1 vitamini paradont to‘qimasining oziqlanishi va karbonsuv- lar, oqsillar modda almashinuvini me’yorlashtiradi. 5%-li tiamin eritmasi shaklida 1—2%-li novokain bilan qo‘shib ukol qilinadi, yoki milk elsktroforszi usuli bilan paradontga yuboriladi. RR (nikotin kislotasi) vitamini ko‘proq, shilliq qavat kasalliklarida, ba’zida paradont kasalligida ham qo‘llanadi. Xususan, oshqozon-ichak, jigar kasalliklarida, tomirlar spazmalari kasalliklarida, aterosklerozda paradont o‘zgarishlari bo‘lganda 0,005 g dan har kuni 2 marta (ovqatdan keyin) nikotin kislotasi ukol qilinadi. B6 vitamini (piridoksin) okleil modda almashinuviga qatnashishi uchun paradont kasalliklari oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasal- liklari, gipoxromli anemiya, surunkali gepatit, yurak qon tomirlari aterosklerozi, markaziy asab tizimi kasalliklari bilan birga kechganda qo‘llanadi. Piridoksin (B6) 0,01 g. li tabletkada, kunda 2—3 maxal ichish yo‘li bilan qabul qilinadi. B 12 (siankobalamin, koamid) vitamini paradont kasalliklari jigar (gepatitlar, Botkin kasalligi, sirroz), ateroskleroz, anemiyalar, jumladan homiladorlardagi anemiya bilan birga uchraganda qo‘llanadi. Teri ostiga yoki mushakka 30—100 mkg dan xaftada 2—3 martadan ukol qilib yuboriladi. Mahalliy va umumiy modda almashinuvi buzilganda B 12 vitamin S, V, va ATF bilan birga yuboriladn. E vitamini to‘qima (paradont) dagi shishni kamaytiradi va gialurinadazaning alveola suyak to‘qimasining emirilishini ham pasaytiradi. U 50 mg dan kuniga 3 marta (yog‘li eritma) 3—5 xafta davomida yuboriladi. Shuningdek, oblepixli yog‘ tarkibida 1650 mkg/l E vitamini bor bo‘lgani uchun patologik tish-milk cho‘ntaklariga turundada kiritiladi. Paradont to‘qimalarining regeneratsiyasini kuchaytirish, jonlantirish uchun E va A (ayevit) vitaminlarining aralashmasi (yog‘li eritma) 2 5 2 turundalarda cho‘ntaklarga yoki mushakka har kuni 1 ml dan 20 kun mobaynida yuboriladi. A vitamini epiteliy to‘qimasi vazifasini yaxshilaydi, 10 tomchidan ovqat paytida yoki 2—5 drojjadan ovqatdan keyin 3 xafta mobaynida qabul qilinadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling