Vitaminoterapiya paradont kasalligining boshlang‘ich davrlarida (gin-
givit, engil paradontit) yaxshi natija beradi. Ularni qo‘llashni patogenetik
davolash usuli desa bo‘ladi. Ammo, B
1
, B
6
, B
12
vitaminlari turli allergik
holatni yuzaga keltirib, asoratlar berishi mumkin. Antibiotiklar bilan
vitaminlarni birga ishlatish ham yaxshi.
Antibiotiklar faqat ma’lum ko‘rsatmalarga asosan qo‘llanadi. Qo‘llash-
dan oldin patologik cho‘ntakdagi mikroblarning qaysi antibiotiklarga
ko‘proq yoki kamroq sezuvchanligi bor-yo‘qligini mikrobiologik usulda
tekshirib bilish zarur.
Stimulyatsiya (nospesefik, xos bo‘lmagan) jonlantiruvchi davolash
usullari paradont kasalliklarida keng qo‘llanadi. V.P. Filatov (1933) taklif
etgan to‘qima bilan davolash usuli qo‘llanadi. Masalan, bachadon
yo‘ldosh to‘qimasi ekstraktining 10% eritmasi (ampula)dan 1 ml teri
ostiga yoki yo‘ldosh qoni 1—2 ml mushakka, hammasi bo‘lib, 10—15
marta ukol qilish yaxshi natija beradi.
Xonsurid gialuron kislotasi bilan birga qo‘shuvchi to‘qima hosil
bo‘lishi, regenerasiya va epitellizasiyalanishi uchun foydalidir. Uning
bir flakoni 1 ml 0,5% li novokainda eritilib, patologik cho‘ntaklarga
turundalar yordamida kiritiladi. Davolash 10—15 kun davom etadi. Xon-
surid giperplastik — gipertrofik gingivit, paradontitning va paradontoz-
ning og‘ir shakllarida foyda bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |