Rivojlantirish instituti
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Paradontozda ko‘proq foyda beradigan dorilar-steklovidnoyetelo,
gialuron kislotasi, lidazadir. Dorivor o‘simliklardan tayyorlangan biosed og‘iz burmalariga ukol qilib — 1—2 ml dan har kuni yoki kunaro, hammasi bo‘lib 30-ta ukol), insadol va piaskledin kabilar ham ishlatiladi. Bizning klinikamizda 1996—1998 yillar mobaynida klinik mikro- biologik, immunologik tekshirishlar asosida O‘zbekistonda o‘sadigan tuk- siz xandeliya va dala dag‘al choyi (zveroboy) dan tayyorlangan damlama- lar paradontitda og‘izni chayish, patologik cho‘ntaklarga turunda yorda- mida kiritish, qo‘yish ham milklarga elektroforez usulida yuborish yo‘llari bilan muvoffaqiyatli qo‘llanib, ularning samaradorligi tasdiqlandi. (R.T. Safarov). Hozirgi kunda farmasevtlar tomonidan boshqa yangi dorivor o‘simliklardan tayyorlangan dorilar sinovdan o‘tkazilmoqda. Paradont kasalliklarida stimulyasion ham desensibilizasion ta’sir ko‘rsatadigan autogemoterapiya keng qo‘llanadi. Bemor venasidan olingan 3 ml, qon uning dumba mushaklariga yuboriladi. 3 kunda bir in’eksiya 1 ml dan ko‘paytirilib, qon miqdori 10—12 ml gacha etkaziladi. Hammasi bo‘lib, 10—12 marta qon olib, qo‘yiladi. 2 5 3 Tananing ximoya — moslashish vazifasini jonlantirish uchun pirogenal — mikroblar polisaxaridlari qo‘llanadi. Bunda tana xarorati ko‘tariladi, bu esa foydali hisoblanadi. Uni mushakka yuborish xaftada 3 marta 5 mkg dan 20 mkg gacha asta-sekin ko‘paytirib boriladi, hammasi bo‘lib 20-ta in’eksiya qilinadi. Bemorlarda asoratlar-bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, o‘ksiq, burinlarda, belda, og‘riq kabilar bo‘lishi mumkin. Bular davolash. tugagach to‘xtaydi. Xomiladorlikda, diabetda, gipertoniya kasalligida qo‘llash mumkin emas. Davolash kasalxonada olib (stasionar) olib boriladi. Shuningdek, prodigizon, pentoksil kabilar ham ma’lum ko‘rsatmalar bo‘lganda qo‘llanishi mumkin. T.V. Nikitina (1975) anabolik steroidlar guruhiga kiruvchi retobolilni mushakka 1 mldan (5%-li yog‘li eritma) xaftada bir martadan yuborib (hammasi bo‘lib 3—5 in’eksiya) yaxshi natijalarga erishgan. Endokrin bezlar vazifalari buzilgan paradont kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda gormonlar ham tavsiya etiladi. "Lekin ularni qo‘llash extiyotlik bilan olib boriladi. Paradont kasalliklarida-tish bo‘yin qismlari ochilib, u yerlarda turli tashqi ta’sirotlardan og‘riq yoki noxush sezgilar paydo bo‘lganda ftor preparatlari-ftorid natriyning 1—2% li eritmasi applikasiya (20 daqiqa), milk elektroforezi usulida qo‘llanadi. Parodont kasalliklarida desensibilizatsiyalash davolash usullari organizmning parodont kasalliklarida reaktivlikni oshirish uchun keng qo‘llanadi. Bu maqsadda kalsiy preparatlari — 10%-li xlorid yoki glyukonat kalsiy, gliserofosfat-kalsiy ishlatiladi. Xlorid kalsiy (10%-li eritma) 1 katta (osh) qoshiqda kunda 3 maxal (ovqatdan oldin) ichiladi yoki ukol qilinadi. Tiosulfat natriy ham desensibilizasiya, antitoksik va yallig‘lanishga qarshi ta’sir etadi. Uning 30%-li eritmasi venaga (10 mldan), bir kursi — 6—10 in’eksiya yuboriladi. Desensibilizasiya va yallig‘lanishga qarshi glyukokartikoidlar, shuningdek 5—10%-li formalin eritmasi (applikatsiya 7 kun davomida), ham qo‘llanishi mumkin. Shuningdek, antigistamin preparatlari (tiosulfat, dimedrol, pipolfen, suprastin, elenium, tavegil va boshqalar) ham paporodont kasalliklari Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling