allergik holat bilan birga kechadigan hollarda qo‘llanadi.
Shuni aloxida ta’kidlash zarurki, paradont kasalliklari organizmning
umumiy kasalliklari bilan birga kechganda, hamma vaqt davolash ikki-
uch tomonlama masalan, diabetdagi paradontitni davolash uchun,
endokrinolog bilan, xomilador bemorlardagi paradont kasalliklarini
ginekologlar bilan, psixonevrologlar bilan (va xokazo) davolash zarur.
Keyingi yillardagi tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki (I.S. Mashchenko,
1977—1982, T.X. Safarov, 1976—1986 va boshqalar), paradont
kasalliklarida immun tizimining turli o‘zgarishlari bo‘lishi va ular paradont
kasalligini chaqirilishiga, turli asoratlarga olib kelishiga sababchidirlar.
Shunga ko‘ra, immunoterapiya qo‘llana boshlandi. Immunoterapiyani
faqat bemorni kasalxonaga yotqizib, laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazib
va shu kuzatuvlar nazorati ostida olib borilishi zarur ekanligi ham aniq-
2 5 4
landi (T.X. Safarov, 1986). Shu maqsadlarda levomizol (Z. Ivani va
T. Lehner, 1977), diusifon (T.X. Safarov, 1986), immunol, immuno-
modulin kabilar qo‘llanadi. Bu soxa rivojlanib bormoqda.