Bunday jarayonda Kutilayotgan natija quyidagilardan iborat


Download 76.73 Kb.
bet1/3
Sana01.05.2023
Hajmi76.73 Kb.
#1418670
  1   2   3
Bog'liq
Bundan tashqari


Bundan tashqari, bolalarning ijodiy va kreativ fikrlashlari uchun pedagog o’qituvchining o’zi emas balki hamkorlik asosidagi ta’lim yaxshi samara berishi
ko’rib chiqildi. Ya’ni agar bola va tarbiyachi bilan birgalikda hamkorlik asosida ish ko’rilsa, va guruhda bolalar soni inobatga olinmasdan frontal faoliyat lar o’tilsa, bu har bir bola hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Chunki har bir bola alohida psixologik xususisyatlarga ega. Shuning uchun ham hamkorlikdagi ta’limni va kopmleks va individual yondashuvni yo’lga qo’yish bola hayotidagi dastlabki bilimlar mustahkamlanishiga zamin tayyorlaydi.
Tarbiyachi “Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish” faoliyatida dastlab bolalarga qo’l harakatlantirish, predmetlarni o‘ng qo‘l bilan chapdan o‘ngga qo‘yishni o‘rgatishda quyidagi jarayonlarni amalga oshirish yanada maqsadga muvofiqdir.
Maqsad: 2 xil rangdagi qatorga predmetlarni navbati bilan chapdan o‘ngga taxlab chiqishni (bitta va ko‘p), predmetlarni o‘ng qo‘l bilan chapdan o‘ngga qo‘yish, qatorning rangini va o‘yinchoqlarning miqdorini aytishni, chap va o‘ng tomonni farqlashni o‘rgatish.
• Bolalarni topshiriqni diqqat bilan eshitishga va topshiriqni aniq bajarishga odatlantirish.
Bunday jarayonda Kutilayotgan natija quyidagilardan iborat:
• Bolalar predmetlarni o‘ng qo‘l bilan chapdan o‘ngga taxlab qo’yishni va o‘ng-chapni farqlashni o‘rganadilar.
Faoliyatni tashkil etish uchun zarur bo’lgan jihozlar quyidagilardan iborat:
Har bir bolaga savatchalarda kichikroq o‘yinchoqlar to‘plami.
• Qizil va ko‘k rangda qog’oz (eni 10 sm, bo‘yi 20 sm).
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolalar, qaranglar, savatchalaringizda chiroyli quyonchalar bor. Bittadan quyoncha olinglar. Jamol oldingiz? Muhayyo sizchi? Bolalar, savatchada
Quyonchani o‘ng qo‘lingizda ushlab baland ko‘taring.
Agar biron kishi adashsa, tarbiyachi esiga tushiradi, o‘ng qo‘lingiz-bu qoshiqni ushlaydigan qo‘lingiz. O‘ng qo‘lini ko‘tarmagan bolalar yoniga borib, tushuntiradi: «Mana bu sizning o‘ng qo‘lingiz, bunisi chap qo‘lingiz. Quyonchani savatchaga qo’yib turamiz. Bolalar stolda har biringizning oldingizga ko‘k va qizil qog’ozlar qo‘yilgan. Har bir bolaning qog’ozi stol ustida bir xil turishi kerak.
Chap qo‘lingizni ko’k qog’ozga qo’ying, o’ng qo’lingizni qizil qog’ozga qo’ying. Ko’k qog’oz sizning chap tomoningizda chap qo’l tomonda. Qizil qog’oz o‘ng tomoningizda, o‘ng qo’l tomonda. Endi savatchalardan bitta quyoncha olib baland ko’taring. Chap tomonga ko’k qog’ozga 1 ta quyoncha qo’ying. O’ng tomonga qizil qog’ozga ko’p quyonchalar qo’ying. Buning uchun chap qo’lingiz bilan qizil qog’ozni ushlab turing va o‘ng qo‘lingiz bilan quyonchalarni chapdan o‘ng tomonga terib chiqing.




Bolalar qo’yib bo‘lishganidan so‘ng qizil va ko‘k qog‘ozlarga qanchadan quyonchalar qo‘yilgani so‘raladi. Avval savollar alohida beriladi, so‘ng qizil va ko‘k qog‘ozlarga nechtadan quyon qo‘yganini darrov aytishi lozim. Agar bolalar javob berishga qiynalishsa, tarbiyachi javob namunasini aytadi.
Mashq topshiriqni almashtirish bilan davom ettiriladi.
Masalan: chap tomondagi qog’ozga ko‘p o‘yinchoqlarni qo‘yish, o‘ng tomondagi qog’ozga 1 ta o‘yinchoq qo‘yish yoki qizil qog’ozni chapga, ko‘k qog’ozni o‘ngga qo‘yish.
Har bir faoliyat davomida bolalar uchun bilimlarni mustahkamlash uchun topshiriq berish muhim ahamiyatga egadir.
Bolalarga topshiriqni qog’ozsiz bajarish o‘rgatiladi. Stolga ko‘p o‘yinchoqlar solingan savatcha qo‘yiladi. Tarbiyachi bolalar ushbu savatchadan xoxlagan o‘yinchoqni o‘ng qo‘l bilan olib, chap tomoniga qo‘yishni so‘raydi. Har bir bolaning qanday bajarganligini ko‘rib chiqadi va 3 ta boladan so‘raydi: «Siz o‘yinchoqni qaysi tomoningizga qo‘ydingiz?». So‘ng boshqa o‘yinchoqni ham o‘ng qo‘l bilan olib, chap tomonga qo‘yishlarini so‘raydi va hamma bolalarning ishni qanday bajarganliklarini ko‘rib chiqadida, 3-4 boladan o‘yinchoqni qaysi tomonga qo‘yganini so‘raydi.
Tarbiyachi: Endi bolajonlar, savatchadan yana o‘ng qo‘l bilan o‘yinchoq olib, chap tomondan terayotgan o‘yinchoqlar yonidan qo‘ying. Biz o‘yinchoqlarni chapdan o‘ngga qo‘yib
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Biz o‘yinchoqlarni qaysi tomondan qo‘yib terib chiqdik, o‘ngdanmi - chapdanmi?
2. O‘ng qo‘l bilan qo‘yib chiqdikmi yoki chap qo‘l bilanmi?
Tarbiyachi faoliyat yakunida bolalarni rag‘batlantiradi.

Download 76.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling