Bunday jarayonda Kutilayotgan natija quyidagilardan iborat


Download 76.73 Kb.
bet2/3
Sana01.05.2023
Hajmi76.73 Kb.
#1418670
1   2   3
Bog'liq
Bundan tashqari

Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, qaysi qo‘lingiz o‘ng, qaysi qo‘lingiz chap ekanligini yaxshi bilasizlar, to‘g‘rimi?
Hamma o‘ng qo‘lini baland ko‘tarsin.
Tarbiyachi xato qilgan bolalarning oldiga borib, ularga o‘ng qo‘li
qaysi ekanligini tushuntiradi.
O‘ng qo‘lni tushiramiz. Endi chap qo‘limizni ko‘taramiz.
Hozir sizlar bilan bir o’yin o‘ynaymiz. Bu o‘yinning nomi: «O‘ng va chap» deb nomlanadi. Hammamiz doira bo‘lib turib olamiz. Men sizlarga topshiriq beraman, sizlar bajarasizlar.
4 marta chapak chalamiz, o‘ng qo‘limizni belimizga qo‘yamiz, chap qo‘limizni belimizga qo‘yamiz. O‘ng oyog’imiz bilan 3 marta polni tepamiz, chap oyogimiz bilan 3 marta polni tepamiz.
1. O‘ng qo‘l bilan o‘ng qulog‘ingizni ushlang.
2. chap qo‘l bilan chap oyog‘ingizni ko‘rsating.
3. O‘ng qo‘lingizni ko‘taring.
4. Chap qo‘l bilan chap qulog‘ingizni ushlang.
5. Chap qo‘lingizni ko’taring.
6. O‘ng qo‘l bilan o‘ng oyogingizni ko‘rsating.
7. Chap qo‘l bilan chap ko‘zingizni ko‘rsating.
8. O‘ng qo‘l bilan o‘ng ko‘zingizni ko‘rsating.
Bolajonlar, o‘ng quloq, o‘ng ko‘z, o‘ng oyoq -o‘ng qo‘l tomonda joylashgan.
Chap quloq, chap ko’z, chap oyoq-chap qo’l tomonda joylashgan.
Endi, bolajonlar, «O‘ng tomonga bir qadam, chap tomonga bir qadam o’ynini o’ynaymiz.
Bolalar yarim doira bo‘lib stullarda o‘tiradilar. O’yinchoqlar oldindan xonaning turli joylariga yashirib qo‘yiladi.
Tarbiyachi: Jamolbek, hozir men sizga qaysi tomonga harakat qilishni aytib turaman, siz harakatni to‘gri bajarib, yashirib qo‘yilgan mashinani topasiz. Diqqat, boshladik: o‘ngga bir qadam yuring, chapga bir kadam yuring, o’ngga ikki kadam yuring, chap tomondagi qutining ustini ochib ko‘ring. Nima bor ekan? Juda yaxshi, siz mashinani topdingiz. Barakalla!
Tarbiyachi bolalarni o’zi xoxlagan joyida turg’izib so’ng tomonlarni aytib turadi. Bu o’yinda iloji boricha barcha bolalar ishitork etishlari shart.
Ko’rsatmalar noto’g’ri bajarilgan bolalar bilan alohida ishlanilishi lozim.
Bolalar bilimini aniqlash va mustahkalmlash uchun savollar:

  1. Qoshiqni qaysi qo‘lingizda ushlaysiz?

  2. Rasm chizayotganingizda mo‘yqalamni qaysi qo‘lda ushlaysiz?

  3. O’ng tomoningizda o‘tirgan o‘rtog‘ingizning ismi nima?

  4. Chap tomoningizda kim o‘tiribdi?

Faoliyat yakunida bolalarni rag‘batlantirish.
Bolalarni ko‘rsatilgan yo‘nalishda mo’ljal olishga, berilgan shart bo’yicha o‘z holati o’rnini belgilashga o‘rgatish
Maqsad:
Bolalarga berilgan yunalishda harakat qilishni o‘rgatish.
Kutilayotgan natijalar:
• Bolalar berilgan yo‘nalishda harakat qilishni bilib oladilar.
Kerakli jihozlar:
• Turli o‘yinchoqlar.
Faoliyat ning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar, «Qayerga borasan, nima topasan?» o’yinini o‘ynaymiz.
Bu o’yin uchun tarbiyachi o‘yinchoqlarni guruh xonasining turli joylariga qo’yib chiqadi: bolaning o‘ng tomoniga - mashina, chapga-koptok, oldinga - kugirchok, orqasiga-raketa va deydi:
«Oldinga yursangiz-qo‘g’irchoqni topasiz.
O’ngga yursangiz-mashinani topasiz,
Chapga yursangiz-koptokni topasiz,
Orqaga yursangiz-raketani topasiz.
Siz qayoqqa yurishni va nimani topishni xohlaysiz?»
O‘yinni ozgina murakkablashtirish mumkin, buning uchun buning uchun o‘yinchoqlarning usti yopib qo’yiladi, lekin topshiriq xuddi birinchi safargiday beriladi. Masalan:
«O’ngga yursangiz-mushukni topasiz,
Oldinga yursangiz-kubikni topasiz,
Chapga yursangiz-paraxodni topasiz,
Orqaga yursangiz-sichqonchani topasiz,
Siz qayoqqa yurishni va nimani topishni xohlaysiz?»
Bolalar topgan o‘yinchoqlarning hammasi bir joyga qo‘yiladi va tarbiyachi so‘raydi: O‘yinchoqlar qancha? Mushuk nechta?, Koptok nechta? Mashina nechta?
«Safga tizilish» o‘yini.
Bolalarga fazoda o‘z turgan joyini aniqlashni o‘rgatish. Tarbiyachi bolalarga bo‘ylariga qarab bir safga turishlarini aytadi. Keyin ulardan so‘raydi: Guruhda bo‘yi eng baland kim? Sizning chapdagi qo‘shningiz kim? O‘ng tomoningizda kim turibdi? Siz kimlarning o‘rtasida turibsiz? Ulug’bek bir qadam oldinga chiqing. U bilan yonma-yon chapdagi qo‘shnisi turadi. Sizdan oldin kim turadi? Sizdan keyinchi? Sizning orqangizda kim turadi? Safdagi joyingizga turib oling.
Jamol bir qadam oldinga chiqing. Chapga bir qadam yuring. Orqada Kamol va Maftuna turadi, oldinda esa - Baxodir. Safdagi joyingizga turib oling.
Hammangiz bir qadam oldinga yuring, chapga bir qadam yuring. Orqaga bir qadam . O’ngga bir qadam yuring. Keyin bolalarga geometrik shakllar tarqatiladi va quyidagicha topshiriqlar beriladi: «Uchburchak shaklini olganlar oldinga 3 qadam yursin, kvadrat shaklini olganlar o‘ngga 2 qadam yursin, doira shaklini olganlar chapga 1 qadam yursin. Hamma orqaga bir qadam yursin».
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Narsalarni o‘ng qo‘l bilan chapdan o‘ngga terish ko‘nikmasini mustahkamlash
Maqsad:
• Bolalarga o‘ng va chapni farqlashni o‘rgatish.
• Narsalarni o‘ng qo‘l bilan chapdan o‘ngga terish ko‘nikmasini mustaxkamlash.
Kutilayotgan natijalar:
• Bolalar o‘ng va chapni farqlash malakasini egallaydilar.
• Narsalarni o‘ng qo‘l bilan chapdan o’ngga terish kunikmasi
mustahkamlanadi.
Kerakli jihozlar:
• Mevalar mulyaji.
• Yo‘lli kartochkalar.
Mayda doira, uchburchak shakllari.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, biz har doim biror bir ish qilsak yoki ovqat yemoqchi bo‘lsak, qaysi qo‘limizni ishlatamiz. To‘gri, o‘ng qo‘limizni ishlatamiz. O‘ng qo‘limiz harakat qilish uchun qulay. Shuning uchun o‘ng qo‘lda bajarilgan ish yaxshi, chiroyli bo‘ladi. Xalqimizda "Ishing o‘ngidan kelsin" degan ibora bor. Bu gap bekorga aytilmagan. Demak, bugungi faoliyatimizda chap qo‘limiz qimirlamay dam olib turadi. Faqat o‘ng qo‘limiz ish bajaradi. Hammamiz chap qo‘limizni chap tizzamiz ustiga qo‘yamiz. Mana men hozir o‘ng qo‘lim bilan mevalarni (mulyaj ko‘rinishida) 1 qator qilib terib chiqaman. Ishni o‘ng qo‘lda bajaramiz, lekin bajaradigan ishimizni chap tomondan boshlaymiz. Daftarga yozmoqchi bo‘lsak yoki kitob o‘qimoqchi bo‘lsak, chap tomondan boshlash kerak bo‘lganidek, narsalarni ham chapdan o‘ngga qarab terib chiqamiz.
Tarbiyachi mevalarni chapdan o‘ngga qarab terib chiqadi. Qanday mevalar, ranglari qanday ekanligi so‘raladi.

Download 76.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling