Bunday jarayonda Kutilayotgan natija quyidagilardan iborat


Download 76.73 Kb.
bet3/3
Sana01.05.2023
Hajmi76.73 Kb.
#1418670
1   2   3
Bog'liq
Bundan tashqari

Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarga o‘ng qo‘llarini yuqoriga ko‘tarishlarini aytadi. Bolalar o‘ng qo‘llarini ko‘targanlaridan so‘ng havoda qo‘llarini chapdan o‘ngga qarab xuddi chiziq chizganday harakat qilishlarini aytadi. So’ngra oldilariga qo’yilgan yo’lli kartochkaning birinchi qatoriga chapdan o’ngga qarab 5 ta doira shakli terishlarini aytadi. Bolalar ishi kuzatiladi va ulardan qaysi qo’l bilan bajargan yoki bajarmaganliklari taxlil qilinadi. Taxlil davomida “o’ng” va “chap” so’zlarini talaffuz qilishlariga e’tibor beriladi.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: "Kim tez". O‘yinni tashkil etish: bolalar 2 qator bo‘lib turadilar. Har bir qatorning oldida savatchada 5 ta kubik. Bolalardan 5 metr uzoqlikda 1 donadan 2 ta kubik 3 metr masofa oralig’ida yonma-yon qo‘yiladi.
O‘yin mazmuni: Bolalar ikki guruhga bo‘linadi. Har ikki guruhdagi birinchi bola oldidagi kubikdan bir donadan oladi tarbiyachining ishorasi bilan yugurib 5 metr masofa uzoqlikdagi kubikning o‘ng tomoniga qo‘yib qaytadi va kelib qatordagi ikkinchi bolaning o‘ng qo‘liga o‘zining o‘ng qo‘lini tekkizadi. Ikkinchi bola kubikni olib yugurib ketadi. O‘yin shu tarzda davom etadi. Kubik olib yugurgan bolalar qo‘lidagi kubiklarni adashmay chapdan o‘ngga qarab terishlari kerak.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
1. O‘rtogingiz siz bilan qarama-qarshi turibdi, uning o‘ng qo‘li sizning qaysi tomoningizda turibdi?
2. Chap tomoningizda o‘tirgan o‘rtogingizning ismini ayting.
3. O‘ng tomoningizda o‘tirgan urtogingizning ismini ayting.
Faoliyat yakunida hamma bolalarni rag’batlantirish.
Bolalar bilan tashkil etilgan bunday faoliyatlar va o’yinlar maktabgacha ta’lim tashkilotini tark etgunga qadar tizmli ravishda ketma ket tashkil etiladi, ya’ni oddiydan murakkabga tomon qilingan barcha harakatlar kichik guruhdan tayyorlov guruhiga qadar davom etadi.

Fazoviy tasavvur


Mavzu: Fazoda yo’nalishni aniqlay olish, yurish, yugurish vaqtida harakat yo’nalishini o’zgartirish
Maqsad:

  • Bolalarga fazoda yo’nalishni aniqlay olish va harakat yo’nalishini to’g’ri boshqarishni o’rgatib borish.

Kutilayotgan natijalar:

  • Fazoda yo’nalishni aniqlashni o’rganadilar.

  • O’z harakatlarini belgilangan yo’nalish bo’yicha o’zgartirish ko’nikma va malakasiga ega bo’ladilar.

Kerakli jihozlar:

  • Oq qog’oz (har bir bolaga)

Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar qog’ozdan buklash usuli bilan samolyot yasaymiz.
Endi samolyotimizni olib, ochiq havoga chiqamiz. Bolalar yasagan samolyotlarini osmonda mo’ljal olib uchirib o’ynaydilar va o’ziga nisbatan qaysi yo’nalishda uchganini aytib beradilar.
Tarbiyachi: Bolalar samolyotlar fazoda qanday harakat qilib uchganini ko’rdingiz. Samolyotingiz osmonda yuqoriga, pastga, o’ngga, chapga burilib uchdi. Bu sizning qo’l harakatingizni qaysi tomonga yo’naltirganligingizga bog’liq bo’ldi. Bolajonlar, kimning samolyoti eng baland uchdi? Kimning samolyoti eng uzoqqa uchdi?
Endi, bolalar harbiylar haqida sizga gapirib beraman. Televizorda askar akalaringizning yurishini ko’rib havas qilganmisiz? Ularni yurib ketayotgan vaqtlarida boshliqlari ”o’ngga” yoki “chapga” deb buyruq berganlarini eshitgansiz. Mana, men Hozir sizlarga ko’rsatib beraman.
Tarbiyachi askarning yurishi, yurib yoki yugurib ketayotganida birdan berilgan buyruqqa asosan harakat yo’nalishini o’zgartirishini ko’rsatib tushuntirib beradi.
Bilimlarini mustahkamlash uchun amaliy ish va o’yin: ”Askar-askar”
Tarbiyachi: Kelinglar bolalar ”Askar-askar” o’yinini o’ynaymiz. Barchangiz besh nafardan bo’lib saflaning. Besh nafardan to’rt nafar bo’ldingiz. Avval birinchi qator buyruqqa asosan yuradi va aytilgan yo’nalish bo’yicha harakatini o’zgartiradi. Ular mashqni bajarib bo’lganlaridan so’ng keyingi qatorlar navbati bilan bajaradilar.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Kimning samolyoti eng baland uchdi?
2. Samolyotingiz uchayotganda qaysi tomonga ko’p burildi?
3. Kimning samolyoti eng uzoqqa uchdi?
4. Askar bo’lib yurishda qiynalmadingizmi?
Faoliyatning davomida va yakunida shirin so’zlar bilan bolalarni rag’batlantirish.
Download 76.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling