Askarning hujumdagi harakati
Download 1.91 Mb.
|
1 2
Bog'liqАскарни хужумдаги харакатлари
YANGI MAVZUNING BAYONI № ______ MAVZU: ASKARNING HUJUMDAGI HARAKATI REJA: 1. Askarning hujumdagi harakati 2.Pozitsiyaga yorib kirgan dushmanni yo‘q qilish. 3.Suv to‘siqlaridan o‘tishi. 4. Parchalanadigan qo‘l va tankka qarshi granatalarni uloqtirish usullari. 5.Granatani transheya yoki okopdan uloqtirish Agar dushmanning alohida guruhlari mudofaaning oldingi marrasiga yorib o‘tib transheyalarga tushsa, askarlarning tarqab ketmasligi uchun avvaldan tayyorlanib qo‘yilgan «kirpi» va «ayrilar» darhol o‘rnatiladi. G‘ovlarni qo‘yib bo‘lib, yorib kirgan dushman bilan jangga kirishiladi va bir vaqtda transheya ichida harakatlanishga intilgan yoki g‘ovlarni transheyadan chiqarib tashlamoqchi (portlamoqchi) bo‘lgan dushman kuzatiladi. Ularni qisqa masofadan otib, granata uloqtirgancha qo‘l jangiga o‘tib, yo‘q qilinadi. H ujumda askar dushmanni o‘t ochib, zararlash natijalaridan foydalanib, guruh (seksiya)ning boshqa asсалом bilan o‘zaro harakatlangan holda bor kuchini to‘liq ishga soladi. Hujumdan oldin u o‘zining vazifasini, seksiya va guruhi vazifasini, zararlash uchun nishonlarni va o‘t ochish tartibini aniqlashi, tank raqami (tanish belgisi)ni va shu tank ortidan harakatlanayotgan seksiyani hamda boshqa o‘t ochish vositalari bilan o‘zaro harakatni bilishi lozim. Yayov tartibda hamlaga o‘tganda — piyoda holatga o‘tish joyi va tartibi, seksiya zanjiridagi joyi, g‘ov-to‘siqlardan o‘tish tartibini bilishi; komandir o‘rgatgan signallarni eslab qolishi; qurolning sozligini tekshirishi va uni jangga shaylab qo‘yishi; o‘q-dorilar sonini tekshirib chiqishi va kerak bo‘lsa, ularning o‘rnini to‘ldirishi; shaxsiy himoya vositalari sozligi va sonini, ust-boshi va unga taqilgan narsalarning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishi zarur. Askar tungi hujum vaqtida ham xuddi kunduzgidek harakatlarni bajaradi. Qorong‘i paytda optik asboblardan foydalanadi. Suv to‘siqlaridan o‘tishda yakka o‘zi, suv kemalaridan va jangovar mashinalaridan foydalanishi mumkin. Parchalanadigan qo l va tankka qarshi granatalarni uloqtirish usullari • Granatani transheya yoki okopdan uloqtirish Granatani uloqtirish quyidagi usullarda amalga oshiriladi: uloqtirishga hozirlik ko‘rish (granatani o‘qlash va uloqtirish holatini qabul qilish) va granatani uloqtirish. D ushman transheyasida granata portlashi.Granatani o‘qlash «Granatalar hozirlansin» komandasiga ko‘ra, jangda esa, mustaqil tarzda amalga oshiriladi. Granatani o‘qlash uchun uni sumkadan olib, korpus trubkasidan tiqinni chiqarish va zapalni trubkaga burab kiritish lozim. Shunda granata uloqtirish uchun tayyor bo‘ladi. Granatani o‘qlash «Granatalar hozirlansin» komandasiga ko‘ra, jangda esa, mustaqil tarzda amalga oshiriladi. Granatani o‘qlash uchun uni sumkadan olib, korpus trubkasidan tiqinni chiqarish va zapalni trubkaga burab kiritish lozim. Shunda granata uloqtirish uchun tayyor bo‘ladi. Granatani uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi: granatani qo‘lga olib, barmoqlar bilan o‘t ochish tirgagini granata korpusiga siqib tutiladi; o‘t ochish tirgagini mahkam siqib turgan holda ikkinchi qo‘l bilan saqlovchi tortiq uchlari to‘g‘rilanadi va uni barmoq bilan halqasidan tortib, zapaldan sug‘urib olinadi; quloch ochib, granatani nishonga qarata uloqtiriladi, mudofaa mobay- nida qo‘llaniladigan granata uloqtirilganda panaga o‘tiladi. Ayni paytda qurol tezkor harakatni ta’minlovchi holatda bo‘lmog‘i lozim. Granatani bir joyda tik turgan holatda uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi: nishonga yuzlanib turiladi; g ranatani o‘ng qo‘lga (chapaqay — chap qo‘lga), qurolni esa chap (o‘ng) qo‘lga olib, saqlovchi tortqi sug‘uriladi; o‘ng (chap) oyoq bilan, tizzani bukib, ortga bir qadam tashlanadi; tanani o‘ng (chap)ga biroz burib (eshib), granata yoy bo‘yicha pastga va ortga otiladi; o‘ng (chap) oyoqni tez to‘g‘rilab turib, ko‘krak nishon tomonga buriladi va granatani yelka uzra olib, uloqtiriladi. Granata uloqtirilayotganda, tirsak qo‘shimcha siltanadi. Uloqtirish mobaynida tana og‘irligi chap (o‘ng) oyoqqa o‘tkazilib, qurol keskin ortga tortiladi. Granatani tizzada turib uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi: tizzaga turiladi; granatani o‘ng qo‘lga, qurolni esa chap qo‘lga olib, saqlovchi tortqi sug‘urib olinadi; tanani ortga tashlab, o‘ngga buriladi va quloch ochiladi; Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling