Paradont kasalliklarini mahalliy va umumiy davolash usullari
Paradont kasalliklarini davolashdan maqsad, mahalliy etiologik omil-
larning salbiy ta’sirotlarini yo‘qotish yoki kamaytirish va paradont to‘qi-
malarida sodir bo‘lgan funksional va tuzilish o‘zgarishlarni iloji boricha
tiklashdan iborat. Paradont kasalliklarini davolash eng murakkab vazifa-
lardan biridir. Paradont kasalliklarini davolash nafaqat to‘qimadagi yal-
lig‘lanish jarayonlarini yo‘qotish, balki umumiy organizmning muxofaza
kuchlarini va ahvolini tiklashga qaratilishi kerak.
Paradont kasalliklari orasida yallig‘lanish bilan kechadigan gingivit,
paradontit kasalliklari eng ko‘p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |