Rivojlantirish instituti


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Patomorfologiyasida retikulyar hujayralar, eozinofillar yig‘ilishi,
dimfomakrofagal infiltrasiyani ko‘rish mumkin.
Leterer-Sive kasalligining og‘ir klinik kechishida et uyushishi, xarorat
ko‘tarilishi, terining ranggi oqish bo‘lishi, xarakatsizlik, ozish va ishtaha


2 4 1
yo‘qolishi, gepato va splenomegaliyalarni ko‘rish mumkin. Og‘iz
bo‘shlig‘ida generallashgan paradontit suyak yemirilishining avjidaligi
qayd etiladi. Rentgenologik tekshiruvda — osteoporoz, alveolalararo
to‘siqchalarning yemirilishi, xattoki kasallik joylashgan o‘choqda jag‘
suyagining so‘rilishi kuzatiladi.
Xend-Shyuller-Krischen kasalligini, shuningdek, retikulogistio-
sitozlar ham deyiladi. U qandsiz diabet, ekzoftalm, suyaklarda
o‘smasimon o‘zgarishlar, bemorlarning o‘sishdan, rivojlanishdan orqada
qolishi bilan kechadi.
Og‘izda generallashgan paradontit ko‘rinishi, rentgenogrammada jag‘
suyaklari alveola o‘simtalarining destruksiyasi bo‘ladi.
Gistiositozlarni davolash uchun stomatolog albatta, onkolog va
gematologlar bilan birga xarakat qilishi shart, chunki ular (onkolog,
gematolog) gormonal preparatlar, sitostatiklar, oqsil anabolizatorlari,
antibiotiklar, desensibilizatorlar, ftor va boshqa organizmni umumiy
davolash choralarini ko‘radilar. Stomatolog maxalliy davolash chora-
tadbirlari — tish toshlarini olish (apilikasion og‘riqsizlantirilgandan so‘ng)
tish-milk cho‘ntaklarini kyuretajlash, ba’zida tishlarni olib tashlash
ortopedik davolash usullarini qo‘llash bilan shug‘ullanadi. Yana bir
kasallik — Lefevra-Papiyon sindromidir. Bu kasallik-sindrom jag‘ alveola
o‘simtalarining yemirilishi bilan xarakterlanadi, tish olingach so‘rilish
to‘xtaydi. Kelib chiqishi-etiologiyasi noma’lum. Irsiy kasallik deb
qaraladi. Bunda og‘izdagi o‘zgarishlardan tashqari ko‘l va oz (tovon)
terilarining tushishi (keratodermiya) xarakterlidir. Klinika va rentgeno-
logik o‘zgarishlar paradontitga to‘g‘ri keladi. Davolash belgilariga qarab
(simptomatik) o‘tkaziladi.
E.V. Borovskiy va boshq. (1989, 1998) idiopatik kasalliklarini asosan
paradontoliz bilan kechishini ta’kidlaydilar.
Paradontoliz degani, paradont to‘qimalarining emirilishi, so‘rilishi
demakdir. Bunga asosiy xarakterga ega bo‘lgan o‘zgarishlar, ularcha
quyidagilardan iborat:
1. Paradont to‘qimalarining barchasida boshlanadigan buzilishlar
to‘xtovsiz davom etadi va 2—3 yil ichida tishlar "to‘kilib" bo‘ladi;
2. Tish-milk cho‘ntaklariga nisbatan tez orada hosil bo‘lib, ular-dan
yiring ajralishi, tishlar qimirlashi, o‘z o‘rnidan qo‘zg‘alishi mumkin;
3. O‘ziga xos retgenologik suyak tukimasidagi o‘zgarishlar- vertikal
holdagi destruksiya, suyak cho‘ntaklari, bo‘shliqlar hosil bo‘lib, suyak
to‘qimasining qisqa muddatda butunlay yemirilishi, so‘rilib ketishi
kuzatiladi;
4. Suyak to‘qimasida, asosan osteoliz jarayonlari (qandli diabet
misolida) kechadi.
Shunday qilib, paradontitning idpopatik kasalliklari anchagina, xali
o‘rganilmaganlari ham bo‘lishi mumkin. Ularni tashhislash, qiyosiy
tashhislash, iloji boricha davolash stomatologiyasining asosiy va og‘ir
vazifalaridan xisoblanadi.


2 4 2

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling