Rivojlantirish instituti


Davolash jarohlik usuli bilan olib boriladi. Epulis


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Davolash jarohlik usuli bilan olib boriladi.
Epulis kattalarda ko‘proq, bolalarda ozroq uchraydi. Fibrozli, tomirli
va katta hujayrali epulis turlari mavjud. Yakuniy tashhis faqat gistologik
tekshiruv natijasida qo‘yiladi. Rentgenda o‘choqli, chegaralangan
osteoporoz ko‘rinadi.
Klinik ko‘rinishi gipertrofiyalashgan milk so‘rg‘ichlari shaklida
ko‘rinadi, albatta qiyosiy tashhislash zarur. Epulislar rivojida ko‘pincha
maxalliy ta’sirotlar (tish toshlari, olinmagan ildiz, plomba va kariyes
kovagining o‘tkir qirralari va boshqalar) sababchi bo‘lishi mumkin.
Davolash jarohlik usuli bilan, ba’zida 1-2 tish olinishi va olingan
joyni elektrokoagulyasiya bilan tugatish talab etiladi.
Paradontal kista paradont kasalligining uzoq davom etishi natijasida
paydo bo‘ladi. Bunda og‘iz shilliq pardasi epiteliysi patologik cho‘ntak
bo‘ylab o‘sadi, suyak ustki pardasini ajralishiga olib keladi. Boshida
bilinmasligi, keyinchalik esa shishib chiqishi bilan klinikada ko‘rinadi.


2 4 3
M U S T A Q I L   T A Y Y O R G A R L I K   U C H U N   S I N O V   S A V O L L A R I
1. Gingivit deganda nimani tushunasiz?
2. Paradontitni ta’riflab bering.
3. Paradontoz kasalligi ko‘proq qaysi yoshdagi odamlarda uchraydi, nima
sababdan?
4. Paradont kasalliklari o‘zaro qanday farqlanadi?
5. Gingivit, paradontit kasalliklarining o‘xshash va farqli tomonlari nimalarda?
6. Paradont kaslliklari ko‘pincha qaysi sabablardan paydo bo‘ladi?
7. Idiopatik paradont kasalliklariga kiradigan xastaliklar qaysilar?
8. Paradontit va paradontozni bir-biridan farqlanishini asoslab bering.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling