Qiyosiy tashhislash paradontit (jarohat oqibatida kelib chiqqan),
jarohatdan keyin bo‘ladigan osteoliz siklik neytropeniya, gistositoz,
Papiyon-Lefevra sindromlari kabilar bilan bo‘lishi kerak.
Bemorni davolash asosan kasallik belgilarini (simptomatik) davolash-
dan iborat. Tish-milk cho‘ntaklarini tozalash-kyuretaj, tishlarni depulpat-
siya qilib, keyin gingivotomiya operatsiyasini o‘tkazib, formalinlashtiril-
gan transplantatlar kirgizish, qo‘yish kabilar. Tirokalsionin foydali, chun-
ki suyak yemirilishini to‘xtadi. Chuqurlashgan jarayonlarda tishlar
olinadi.
Eozinofilli granulema yoki Leterer-Sive va Xend-Shyuller-Krischen
kasalligi, keyingi vaktlarda "Gistositoz X" nomi bilan yuritiladigan
idiopatik paradont kasalligi ham bor.
Eozinofilli granulema bolalarda va katta yoshdagi odamlarda,
gistiositoz X esa, asosan bolalarda uchraydi.
Eozinofilli granulema klinikada diffuz va o‘choqli — maxalliy shaklda
uchraydi (A.A. Kolesov va boshqalar, 1976). Og‘iz bo‘shlig‘ida gingivit,
tish milk va suyak cho‘ntaklari, tishlar qimirlashi qayd etiladi.
Rentgenogrammada osteoporoz va suyak to‘qimasining yemirilishi,
so‘rilishi ko‘rinadi. O‘choqlisida kompensator reaksiya yaxshi rivojlangan
bo‘lib, o‘choq atrofi sklerozlashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |