Ikkinchi bosqich — surunkali yallig‘lanishni tugatish uchun:
1. Gidroterapiya va og‘izga antiseptik ishlov berish. 2. Cho‘ntaklardagi
granulyasiyani diatermokoagulyasiya bilan kuydirish (bir kurs davolashda
har bir cho‘ntakka 2—3 martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak). 3. Cho‘ntak-
lardan yiring chiqishi to‘xtatilgach, milk elektroforezi (askorbin kislotasi,
xlorid kalsiy (kunaro almashtirilib) va shu vaqtning o‘zida aeroioniterapiya
o‘tkazish. 4. Shundan keyin patologiya milk cho‘ntaklariga ferment va
antibiotiklar kirgizish. 5. Desensibilizasiyalash. 6. Gigiyenik muolajalar
ham yuqoridagilaridek bajariladi. 7. Ko‘rsatmalar bo‘lganda jarrohlik
(gingivotomiya, gingivoektomiya) va ortopedik (tish okklyuzion yuzalarini
charxlab tekislash, shinalar) davolash usullari. 8. Barmoqlar bilan
automassaj (uyda), vibromassaj. 9. Umumiy davolash yuqoridagidek.
Do'stlaringiz bilan baham: |