Rivojlantirish instituti


Shunday qilib, uni quyidagi qavatlarga bo‘lib o‘rganamiz


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Shunday qilib, uni quyidagi qavatlarga bo‘lib o‘rganamiz:
1) Qoplagich epiteliy.
2) Og‘iz bo‘shlig‘ining xususiy shilliq pardasi, qavati.
3) Shilliq osti qavat. Qoplagich epiteliy qavat o‘z navbatida asosan
5 qavatdan iborat (yukoridan pastga qarab):
1) Shoxlanuvchi, yuza qavat.
2) Yaltiroq qavat.
3) Donador qavat.
4) Tikanaksimon.
5) Asosiy, o‘suvchi, ona qavat.
Qoplag‘ich (epiteliy) qavatining qalinligi o‘rtacha 200-500 mikron-
gacha bo‘ladi. Bu epiteliyning qayerda joylashgan joyiga bog‘liq.
Mexanik ta’sirotlarga ko‘proq beriladigan joylarda epiteliy qalinroq
bo‘ladi. Qoplagich (epiteliy) qavatlari o‘zaro protoplazmaning hujayra-
lararo ko‘prikchalar yoki o‘smachalari orqali bog‘liq bo‘ladi.
Bu ko‘prikchalar orqali bir qavatdan boshqa qavatlarga bemalol,
uzluksiz tonofibrillar o‘tgan. Tonofibrillar mexanik vazifani bajaradi,
hujayralarni o‘zaro bog‘lab turadi, epiteliy qavatini egiluvchanligi va
chidamligini ta’minlab turadi.
Epiteliy qavati pastki biriktiruvchi to‘qima qavati bilan bazal membra-
na yordamida bog‘lanadi. Bazal membrana argirofil tolalalari, ipchala-
ridan tashkil topgan, bu ipchalar bazal qavat hujayralarining sitoplazma-
lari o‘simtalari bilan zich bog‘liqligi elektron mikroskopda ko‘rinadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling