Rivojlantirish instituti
Xususiy og‘iz shilliq pardasi (lam. propria)
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shilliq osti qavati
Xususiy og‘iz shilliq pardasi (lam. propria)
Epiteliy — qoplag‘ich pardadan keyin joylashadi. Bu qavat zich qo‘shuvchi to‘qimadan iborat va u juda ko‘p so‘rg‘ichlar yoki o‘simtalar hosil qilib, bular epiteliy qavatiga kirib turadi. 2 6 3 Bulardan epiteliy qavatini oziqlantiradigan qon va asab tomirlari o‘tadi. Bularga muvofiq epiteliy so‘rg‘ichlari ham xususiy qavatga kirib boradi. Shilliq osti qavati: Xususiy og‘iz shilliq pardasi silliq, chegarasiz shilliq osti qavatira utadi. Shilliq osti pardasi yumshoq qo‘shuvchi to‘qimadan iborat. Shuni aloxida ta’kidlash zarurki, shilliqosti pardasi og‘iz bo‘shlig‘ining hamma yerida — bo‘limlarida bir xil (qalinlikda) joylashmagan. Til va milklarda, qattiq tanglay chekka qismlarida, tanglay o‘rta chizig‘ida shilliq qavat yupqa, ba’zi mualliflar bu joylarda shilliq osti parda yo‘q deb ta’kidlashadi, go‘yoki bu joylarda xususiy og‘iz shilliq pardasi bevosita (ya’ni, shilliq osti parda yo‘qligi tufayli) muskullararo qo‘shuvchi to‘qimaga yoki shu joydagi suyaklarning suyak ustki pardasiga o‘tadi deyishadi. Yuqorida aytilgani, og‘iz shilliq pardasi butun og‘iz bo‘shlig‘ini qoplab turish bilan birqa, og‘iz bo‘shlig‘iga ochiladigan barcha bezlarning (shilliq, yog‘ va so‘lak bezlarining), chiqish teshiklarini ham yopib turadi. Og‘iz shilliq pardasi tomoqqa, nafas yo‘llariga va qizilo‘ngach, oshqozon va pastki organlarga ham o‘tadi, bu esa ularning xossalari umumiyligidan dalolat beradi. Og‘iz shilliq pardasining xarakatlanishi ham xar xil. Yaxshi xarakat- lanuvchi, qo‘zg‘aluvchi joylari-og‘iz daxlizidagi o‘tuvchi burmalar, og‘iz bo‘shlig‘ining tubi va boshqa ayrim joylarida (lablar, yumshoq tanrlay) shilliq osti qavatining yaxshi rivojlanganligi, limfa qon tomirlari borligi tufayli, so‘rilish xususiyati yaxshi rivojlangan. Bu ham yaxshi (dorilar surilish), ham yomon (zaharli moddalar so‘rilishi, infeksiyaning tarkalishi) ekanligi yukorida batafsil bayon etildi. Lablar, lunjlar, yumshoq tanglay va og‘iz tubi xarakatchan va beriluv- chan, chunki bu joylarda epiteliy va xususiy pardadan tashqari, yumshoq qo‘shuvchi to‘qima va yog‘ to‘qimalari va ularni kesib o‘tgan qon, limfa tomirlari va asab tolalaridan iborat qalin shilliq qavat joylashgan. Alveola o‘simtalarini, tanglay balandliklarini, qattiq tanglayning oldingi qismini qoplab turgan shilliq parda zich, xarakatsiz yoki kamxara- katlidir, chunki bu joylarda shilliq osti parda yo‘q yoki juda kam qalinlikda, rivojlanmagan. Til shilliq qavatida ham shilliq osti parda yo‘q. Shilliq qavat bevosita muskullararo qo‘shuvchi to‘qimaga kirib ketgan, shuning uchun til shilliq pardasi ham xarakatsizdir. Til yuzasida 4 turdagi so‘rg‘ichlar mavjud. 1) Ipsimon (papilh filiformis). 2) Zamburuqsimon (pap. fungiformis). 3) Yaproqsimon (pap. foliatae). 4) Aylanmasimon (pap. circumvalatae) 2 6 4 Ipsimon so‘rg‘ichlar til satxining hamma yerida joylashgan bo‘lib, ular asosan mexanik vazifani bajaradi. Bu so‘rg‘ichlar epiteliysining yuza hujayralari shoxlanadi, oqishroq tusga aylanadi, qisqaradi. Turli oshqozon-ichak kasalliklarida bu so‘rg‘ichlar oqish tusga kirib, klinikada qoplangan til deb ataydigan holat yuzaga keladi. Zamburug‘- simon so‘rg‘ichlar qizil donachalar yoki nuqtalar shaklida ko‘zga tashlanadi, bular ipsimon so‘rg‘ichlar orasida joylashgan, asosan tilning oldingi 2/3 satxida. Bu so‘rg‘ichlar orqali kapillyar qon tomirchalari ko‘rinadi, shuning uchun ular qizil tusda ko‘rinadi. Yaproqsimon so‘rg‘ichlar tilning yonlarida joylashgan. Aylanasimon (qopqoqsimon) so‘rg‘ichlar til tomiri, ildizi va tanasida V-simon bo‘lib joylashgan. Til o‘rtasida, aylanasimon so‘rg‘ichlar orqasida ko‘r teshik (foramen coecum) joylashgan. Ko‘r teshik orqasida va yonlarida follikulyar apparat joylashgan va u ba’zi kasalliklarda shishadi, kattalashadi. Til ildizining yonlarida chap va o‘ng tomonida — murtakchalar, bodomcha bezlar joylashgan. Ularning so‘rg‘ichlari va bo‘rtgan joylari epiteliyga kirib turadi. Ularga qon tomirlar va asab tolalari kirgan. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling