Klinik tibbiyot deontologiya
Har bir klinik tibbiyot soxasiga xos deontologik me’yorlar bo‘lishi
mumkin, lekin deontologiya tutumlari (prinsipi) barcha klinik tibbiyot
soxalari (jarrohlik, akusherlik va ginekologiya, onkologiya, stomato-
logiyaning terapevtik, jarrohlik, ortopedik soxalari va x.k) da umumiydir.
Barcha klinikalarda bemorlar bilan suxbat, savol-javob, ularni davolash
maskanlariga kelishlari va shu kabilar yaxshi, xushmuomilali muhitda
bo‘lishi shart.
Masalan, terapevtik stomatologiya klinikasida bemorlarni qabul qilish,
kasallik tashhisini aniqlash va davolash asosan poliklinika sharoitida
o‘tkaziladi. Tish va paradont kasalliklari asosan tez fursatda aniqlanib,
davolash muolajalari boshlanishi mumkin. Ammo, og‘iz shilliq pardasi
kasalliklari yoki ichki a’zo va tizimlardagi patologik o‘zgarishlar
(kasalliklar) ni turli xilda og‘iz shilliq pardasi ko‘rinishlarini tashixislash
ancha qiyin kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |