Rivojlantirish instituti
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Shifokor xatolari
Shifokor odam bilan, shunda ham kasal bo‘lgan odam bilan ishlaydi. Shuning uchun, shifokorning kasbi boshqa mutaxassisliklardan tub farq qiladi. "Suratkashning xatosi qog‘ozda qoladi, shifokorning xatosi yerga ko‘miladi" degan gap bor. Shifokor bemor hayotining turli qirralarini, ma’lum darajada uning siru-asrorini, oilaviy sharoitlar, kelishmovchiliklarigacha bila olishi mumkin, ya’ni bemor hayotiga bevosita aralashadi. Bemor hech kimga aytmagan sirini, ba’zida shifokorga aytishi mumkin. Shifokorlik kasbining mashaqqatlari, tibbiyotda qo‘llanadigan tekshiruv, davolash usullarining hamma vaqt ham talabga javob bermasligi, ba’zida shifokorning o‘ta charchashi yoki e’tiborsizlgi, yoki bilimining pastligi va shunga o‘xshash holatlarda kamchilik yoki xatoga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Shifokorning xatolari turli asooratlardan tortib, bemorning o‘limiga yetib borishi mumkin. Shuning uchun, bunday xatolar, kamchiliklar takrorlanmasligi va ularni oldini olish chora-tadbirlarini ommaviy- lashtirish, boshqa shifokorlarni xabardor qilish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida shifokorlar konferensiyalar (majlislar), assotsiatsiya majlislari o‘tkazilib, ularda sodir bo‘lgan xatolar va ular oqibatida kelib chiqqan asoratlar e’lon qilinadi va barcha tibbiyot xodimlari orasida muxokama etiladi. Ayrim, qo‘pol shifokorlik xatolari to‘g‘risida sog‘liqni saqlash vazirligi buyruqlar tayyorlaydi va ular shifokorlar orasida muxokama qilinadi. Bunday tadbirlardan asosiy maqsad, kelgusida shunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik va ularni oldini olishdan iborat. Tibbiyot deontologiyasi talablariga muvofiq, shifokor xatolari ochiq matbuot — gazeta, jurnal, radio, televideniye va shu kabilarda e’lon qilinmasligi kerak. Chunki, turli yoki o‘sha bemorlarga o‘xshash boshqa bemorlar va ularning yaqinlari o‘qib chiqib, turli noxushliklar — davolanayotgan bemor "noto‘g‘ri" davolanayotganligi yoki shu to‘g‘rida o‘ylashi, davolovchi shifokor xarakatlarini bekorga, puchga chiqarishi mumkin. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling