2 8 4
qo‘llanishdan oldin laboratoriya — tajriba muassasalarida xayvonlarda
sinovdan o‘tkazilishi shart. Har bir yangi ishlab chiqarilgan dori, albatta
turli xayvonlarda sinovdan o‘tkaziladi, tegishli hujjatlar bilan tayyor-
langan dori nusxalari farmakologik qo‘mita (sog‘liqni saqlash vazirligi
qoshidagi) ga topshirilib, klinikaga bemorlarda sinash uchun yuboriladi.
Sinovdan o‘tgach, dori farmokomitet ruxsati bilan keng yoki ma’lum
doiralarda qo‘llashga tavsiya etiladi. Deontologiya talablariga binoan,
yangi qo‘llanadigan dori va asbob-uskunalarni qo‘llash tajribali, ilmli
shifokorlarga topshirilishi va ular faqat bemor foydasiga qaratilishi zarur,
bemorlar roziligi bilan ba’zi apparatlar qo‘llanilishi mumkin.
Hech qachon qamoqxonadagi shaxslarga, ruxiy kasalxonadagi ba’zi
bemorlarga, og‘ir ahvoldagi bemorlarga tajriba sifatida yangi apparat
yoki dori qo‘llanilmaydi va qat’iyan ta’qiqlanadi.
Shunday qilib, tibbiyot deontologiyasi talablari, shifokorda odamiylik,
kamtarlik, insof, diyonat, ma’lumot, mutaxassislik sirlarini puxta anglash,
doimo o‘z ustida ishlash, bilimini, maxoratini, tajribasini ustamonligini
oshirib borish kabi xislatlar paydo qilishda, bemorlar dardiga tezroq,
foydaliroq yordam ko‘rsatishga intilish tuyg‘ulari shakllanishida xizmat
qiladi. Tibbiyot deontologiyasiga muvofiq ravishda faoliyat ko‘rsatgan
shifokorning afsuslanish hollari bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: