Rivojlantirish instituti
Chuqur va tipik karioz kovaklarni shakllantirish
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Chuqur va tipik karioz kovaklarni shakllantirish,
pulpa shtiftlari va ularning ahamiyati Tish koronkasi anchagina yemirilganda, kariyes sirkulyar holda joylashganda, boshqa hollarda karioz kovaklarni shakllantirishda umumiy qoidalardan biroz chetga chiqishga to‘g‘ri keladi. Molyarlarda va premolyarlarda koronka qismining ko‘pi emirilgan taqdirda yumshab qolgan dentinning hammasi sog‘lom dentingacha kesib 3 4 olib tashlanadi. Qo‘shimcha maydoncha hosil qilinadi, to‘g‘ri burchak ostida tish kovagi tubi egatsimon qilinadi, devorida g‘ildiraksimon bor bilan kesiklar qilinadi. Tish pulpasi olib tashlangan bo‘lsa, u holda karioz kovakni shakl- lantirilayotganda tish kovagini (pulpa bo‘shlig‘ini) va ildiz kanallarini qo‘shib yuborish mumkin. Shtiflar bilan plombalanganda plombalash vaqti tez bo‘ladi va sifati yaxshi bo‘ladi. Kanalni sifatli plombalashda, kanalga loyiq shtift tanlash katta ahamiyatga ega. Shtiftni diametri, kanalni diametridan biroz kichkina bo‘lishi kerak. Shtiftni uzunligi kanalni uzunligi bilan barobar bo‘lishi kerak. Kanalni yuqori sifatli qilib plombalash uchun kanal suyuq fosfat sement bilan shtiftda biroz fosfat sement yoki sekin-asta qotuvchi pasta olib kanalga joylashtiriladi va shtofer yordamida tishni apeksigacha oboriladi. Tish kovagi va kanalga kiritilgan metall shtiftlar koronka kovagini tiklab plombani mustahkam ushlashga yordam beradi. Pulpa xastaligida pulpa to‘qimasiga parallel holda dentin to‘qimasini kavlab, o‘yimi bor vintsimon shtiftlar o‘rnatiladi. Bunday shtiftlarga parapulpar shtiftlari deyiladi. Sirkulyar kariyes bilan ko‘pincha frontal gruppadagi tishlarning tish bo‘yin soxasi zararlanadi. Bunday kovaklarni shakllantirish hamda plombalash ma’lum qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday holda kovaklarni oz-ozdan, sharsimon bor bilan uzib-uzib harakat qilib ishlash mumkin. Kovakni teskari konussimon bor bilan devorlari va kovaklarning tubi o‘rtasida to‘g‘ri burchak hosil bo‘ladigan qilib shakllantiriladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling