Rivojlantirish instituti
Paradontning anatomik va gistologik tuzilishi, fiziologiyasi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Paradontning anatomik va gistologik tuzilishi, fiziologiyasi
Paradont to‘qimasi quyidagi a’zolarni o‘z ichiga oladi: 1. Milk. Uni ikkiga bo‘lib o‘rganamiz va bu paradont to‘qimasining anatomiyasini bilishda axamiyatlidir: a) yumshoq yoki erkin milk qavati. Bu qavat og‘iz bo‘shlig‘i, aynan milkni yopib turuvchi epiteliyning ostida joylashgan, xarakatchan, yumshoq milkdir; b) qattiq xarakatsiz milk qavati. Bu qavat alveola suyagini yopib turgan, suyak ustki pardasidir. 2. Alveola suyagi. 3. Iyerio- dopt ildiz sementi bilan alveola suyagi orasidagi bo‘shliq-periodont yorig‘ini, to‘ldirib turuvchi to‘qima. 4. Tish to‘qimalari (birinchi navbat- da ildiz sementi, tish toj qismida joylashgan). 5. Emalni yopib turuvchi Nasmit qobig‘i, pardasi. Demak, paradont, to‘qimasi yumshoq va qattiq to‘qimalardan iborat ekan. Yumshoq to‘qimalariga — 1. Milk (uning yumshoq qismi). 2. Periodont. 3. Nasmit qobig‘i (uni ham yumshok, ham qattiq, ya’ni oraliq to‘qima desa bo‘ladi) kiradi va qattiq to‘qimalariga. 1. Ildiz sementi. 2. Alveola ustidagi qattiq milk (uni ham oraliq to‘qima desa bo‘ladi). 3. Alveola suyak devorlari kiradi. Bu to‘qimalar genetik va fiziologik (bajaradigan vazifasi, oziqlanishi, innervasiyasi) umumiyligi bo‘lsada, gistologik tuzilishlari bir-biridan farq qiladi. Demak, paradont to‘qimasi, deganda biz tish va uni o‘rab turuvchi to‘qimalar yig‘indisini tushunishimiz lozim: tishning emali, dentini, sementi, milk, alveola suyagi bir bo‘lib paradont to‘qimasini tashkil etadi. Paradont to‘qimasini meyyor (norma)dagi holatini bilish, undagi ke chadigan kasalliklarni aniqlashda, to‘qimaning moslashish (adaptasiya) darajasini o‘rganishda muxim axamiyatga ega. Milk epiteliy va xususiy parda (qavat)dan iborat, faqat tishlararo milkda shilliq osti parda uncha rivojlanmagan holda, bor. Boshka joylardagi shilliq parda va teridan milkning gistologik tuzilishi ancha farq qiladi. Bu farqlar, uning bajaradigan vazifalari bilan bog‘liqdir. Tish bo‘yin qismida qattiq milk qavati kelib, aylanma boylamga qo‘shiladi, emal ustidagi Nasmit qobig‘i ham bo‘yin qismida aylanma 2 1 2 boylam ustiga kelib qo‘shiladi. Tish bilan milk (yumshoq) orasida chuqurcha hosil bo‘ladi va u normal fiziologik cho‘ntak deb ataladi. Normada u 2 mm chuqurlikda bo‘ladi deb qabul qilingan. Shunday qilib, milk: 1) milk so‘rg‘ichlari; 2) mirginal milk; 3) alveola ustidagi milk qismlaridan iboratdir. E.V. Borovskiy va boshq. (1998) paradont to‘qimalarini o‘rganishda milkni ikkiga — tishlararo joylashgan milk va alveola milklariga bo‘lishni tavsiya etadilar. Tishlararo milk deb, qo‘shni tishlar oralig‘idagi milk tushinilsa, alveola ustidagi milk deb, alveola o‘simtasini yopib turuvchi (qattiq xarakatsiz) milkni tushinish kerak. Alveola milki og‘iz daxlizi (vestibulum oris) tomonda jag‘ni va og‘iz burmasini yopib turuvchi shilliq pardaga o‘tadi; og‘iz bo‘shlig‘i tomondagisi esa, yuqori jag‘da qattiq tanglay shilliq pardasiga o‘tadi. Tishlararo joylashgan tish so‘rg‘ichlari uchbur- chaksimon, yuqori cho‘qqisi, burchagi, tishlarning kesuvchi (chaynov) yuzlariga qarab joylashgan va qo‘shni tishlar oralag‘ini to‘ldirib turadi. Agar tishlar siyrak joylashgan yoki ularning ayrimlari olingan bo‘lsa, tishlararo so‘rg‘ichlar uchburchaksimon shaklini yo‘qotadi va tish bo‘yin qismida alveola milkiga o‘tadi. Tish bo‘yin qismidagi milk marginal — chetki milk deb ataladi. Bunday bo‘linishlar, paradont to‘qimasining qaysi qismida patologik o‘zgarishlar borligini ko‘rsatib, klinikada katta axamiyat kasb etadi. Milk shilliq pardasida shilliq osti qavat bo‘lmaganligi uchun, tishlar aro alveolyar milklar rangi meyyorda oq-qizg‘ish bo‘ladi. Meyyorda milk to‘qimasida dog‘lar (pigment) paydo bo‘lishi (melanin yig‘ilib qolishi) mumkin. Unda oq-qizg‘ish rangli milkda to‘q-jigarrang, ko‘kimtir rangli dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday dog‘lar og‘iz shilliq pardasining ayrim joylarida ham bo‘lishi, ularning ayrim kasalliklar (og‘ir metal tuzlari bilan zaxarlanish — qo‘rg‘oshin, vismut va boshqalar) oqibatida paydo bo‘ladigan patologik o‘zgarishlardan farqlash zarur. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling