Rivojlantirish instituti
Tish — milk boylanishining tuzilishi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Tish — milk boylanishining tuzilishi to‘g‘risida juda ko‘p tadqiqotlar
olib borilgan. Bu tuzilmaning axamiyati shundan ma’lumki, yallig‘lanish dastlabki shu erdan boshlanadi. Milk epiteliyasi og‘iz epiteliyasi, milkning tish yuzasi bo‘shliq epiteliyasi va bog‘lovchi epiteliyalardan iborat. Og‘iz epiteliyasi — ko‘p qavatli yassi epiteliy, bo‘shliq epiteliysi esa, ko‘p qavatli va bog‘lovchi epiteliy orasidagidir. Hozirgi zamon ilmiy asoslari shuni ko‘rsatadiki, bu tuzilma ancha (hosil — paydo qiluvchi) regenerasiya xususiyatiga ega. Epiteliyning emal pardasi bilan bog‘langanligi buzilishi, tish milk cho‘ntagining hosil bo‘lishidan darak beradi. Ba’zilar (E.V. Borovskiy, 1989) tish bilan milk orasida, meyyorda hosil bo‘lgan joyni "Normadagi milk cho‘ntagi" o‘rniga milk ariqchasi deb ataydilar. Patologik holatlarda "patologik tish-milk cho‘ntagi o‘rniga esa "cho‘ntak" iborasini qo‘llab, agar bu holat faqat milk chegarasida bo‘lsa, uni "milk cho‘ntagi", paradontning hamma to‘qimalarida patologik holat bo‘lganda esa, uni "paradontal cho‘ntak" iborasini oldingi "patologik tish-milk cho‘ntagi" yoki "patologik tish-milk suyak cho‘ntagi" o‘rnida ishlatishni tavsiya etadilar. Milk ariqchasida bu erdagi qon tomirlarning o‘ziga xos tuzilishi (kapillyar xalqalari yo‘q va ular yuzaga yaqin joylashgan) va qon tomir devorlarining o‘tkazuvchanligini oshishi munosabati bilan qon zardobiga o‘xshash suyuqlik-milk suyuqligi bo‘ladi. Suyuqlikda elektrolitlar, fermentlar va hujayralar bo‘ladi. Milk ariqchasi va milk suyuqligi normada to‘siq vazifasini o‘taydi. Yallig‘lanish aynan milk ariqchasi devori epiteliysidan va epiteliyning tishga yopishib turgan joyidan boshlanadi. Periodont to‘qimasining o‘zida kollagen, elastik, oksitalan tolalar, qon va limfa tomirlari, asab tolalari, qo‘shuvchi to‘qima hujayra elementlari, makrofaglar bor. Periodontning hajmi va shakli uning o‘zida va organizmda kechadigan turli kasalliklar, odamning yoshi, tishga tushadigan bosimlarning xaddan oshgani kabi sabablarga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin. Periodontning bog‘lovchi apparati kollagen tolalar tutumlari va ular orasidagi tomirlar, hujayralararo moddalardan iborat. Periodont tolalarining asosiy vazifasi chaynov paytida tushgan mexanik kuchni (ta’sirni) alveola suyagi to‘qimasiga, asab-reseptor apparatiga va mikrosirkulyator yo‘llarga teng taqsimlab borishidadir. Periodontda fibroblastlar, plazmatik, semiz hujayralar, gistiositlar, qon hujayralari, mononuklear makrofaglar, alveola suyagiga yaqin joylashgan osteositlar, sementga yaqin — sementoblastlar kabi hujayralar bor. Undan tashqari, epiteliy qoldiq hujayralar — Malyasse hujayralari bor. Hujayralar periodont to‘qimasining hamma joyida, xususan uchki qismida joylashgan. Periodont to‘qimalarida suksinat degidrogeneza, laktat- degidrogeneza, NAD va NADF-diafazlar, fosfatozlar, kollegenozlar kabi fermentlar borligi aniqlangan. Ularning faolligi sement va suyakka yaqin joylarda, xususan kasallikda bo‘lishi ham ma’lum. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling