Rivojlantirish instituti
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy omillar.
Maxalliy omillar. Ba’zi tadqiqotchilar paradont kasalliklari maxalliy
sabablar oqibatida kelib chiqishini yozadilar. Bu sababchilar: tish karashlari, tish toshlari, tishlarga tushadigan bosimning noto‘g‘ri taqsim- lanishi (prikusning buzilishi, tishlar distopiyasi, zichligi), mikroflora va boshqalar. Shuni aytish kerakki, faqat maxalliy omillar paradont kasalligiga sababchi bo‘la olmaydilar. Umumiy omillar. Organizmda modda almashinuvining buzilishi, asab tizimining buzilishi, endokrin buzilishlar kabi umumiy ta’sirotlar albatta kasallik kelib chiqishida axamiyatlidirlar. Oqsil modda almashinuvi, vitaminlar gipoavitaminozi holatlari, qon tomirlari vazifalarining buzilishi, maxalliy paradont to‘qimasining kislorod bilan ta’minlanish jarayonining buzilishi, asab tizimi kasalliklari kabi holatlar paradont kasalligini paydo bo‘lishi va rivojlanishida katta axamiyat kasb etadilar. Yallig‘lanish, infeksiya, kimyoviy, fizikaviy, mexanik, immunologik, organizm qarshilik kuchi (reaktivligi)ni pasayishi va boshqa ko‘pgina sabablar ta’sirida maydonga keladi. VOZ (Butundunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti) ma’lumotlariga qara- ganda, gingivitni kelib chiqishida tishda yig‘iladigan mikrobli karashlar sababchi bo‘ladilar. Tish pellikulasi ustida og‘iz tozalik qoidalarini saqlash darajasiga qarab, turli holatlarda ko‘p yoki oz karashlar yig‘iladi. Karash- lar asosan, polisaxoridlar va oqsillar, karbonsuvlar, tuzlar, fermentlardan iborat. Undan tashqari organik tarkiblar bilan bog‘langan noorganik moddalar-kalsiy, fosfor, magniy, kaliy, natriylar ham bor. E.V.Borovskiy, T.I.Lemeskaya va boshqalar paradontning yallig‘lanish kasalliklarida mikrob omiliga ko‘proq urg‘u berishadi. Ularning fikricha, paradont to‘qimasida yig‘iladigan mikroorganizmlar ma’lum qonuniyatga amal qilib, 2—3 kecha-kunduzdan keyin milkda grammanfiy va grammusbat kokklar, 4—5 kundan keyin-fuzobakteriyalar, 7-kundan boshlab sproxeta- lar, spirallar paydo bo‘la boshlaydi. Mikrobli karashlar tarkibini 70% ni mikroorganizmlar tashkil etar ekan. Ular tish toshlarini paydo bo‘lishida ham rol o‘ynaydi. So‘lak tarkibini, buzilishi (giposalivatsiya, kserostomiya), ya’ni so‘lak bezlari vazifalarining buzilishi oqibatida ham tish karashlari, toshlari paydo bo‘lishi tezlashadi, chunki mexanik tozalanish jarayoni buziladi. Yana boshqa paradontning yallig‘lanishining sabablaridan, mexanik (no- to‘g‘ri qo‘yilgan-milkni bosib, jarohatlaydigan plomba qismlari, milkka ortiqcha kirib turadigan su’nniy koronkalar, noto‘g‘ri tayyorlangan orto- pedik, ortodontik moslamalar, ularning klammerlari, boshqa omillar), kimyoviy, va fizikaviy milk jarohatlari kabi sabablarni ko‘rsatish mumkin. 2 2 1 Maxalliy sabablardan, og‘iz daxlizining kichikligi, lablar va til yuganchalari ning yopishganlik anomaliyalari ham kasallikka sabab bo‘la oladilar (Arifdjanov A. K., Safarov T. X. va boshq., 1989). Umumiy sabablardan, qandli diabet, isenko-Kushing kasalligi, jinsiy tiznmning garmonal buzilishi, asab va ichki kasalliklar (oligofreniya, revmatizm, modda almashinuv kasalliklari, nefropatiya va boshqalar) oshqozon-ichak kasalliklari (T.X. Satarov, 1970—1986; V.A. Epishev, 1972 va boshqalar) paradont kasalliklarini kelib chiqishida, rivojlanishida katta axamiyatga molik sabablar bo‘la oladi. Keyingi yillarda (T.X. Safarov, I.S. Mashchenko, T.I. Lemeskaya va boshqalar) paradont kasalligida immunologik tizimning ishi buzilishi katta rol o‘ynashini ilmiy asoslangan. T.X. Safarov (1986) kliniko-laboratoriya tekshiruvlar natijasida oshqozon-ichak kasalliklarida asosan (85%) yallig‘lanish bilan kecha- digan paradont kasalliklari, kam (14%) paradontoz uchrashini aniqladi. Oshqozon-ichak kasalliklarida kechadigan paradont kasalliklarining asosiy xususiyati, ularning tarqalganligi (generallashganligi)dir, xususan oshqozon sekretorligini etishmasligi bilan kechadigan gastritlar, oshqozon yarasi va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalliklarida. Demak, paradont kasalliklarining kelib chiqish sabablari to‘liq aniqlanmagan bo‘lsada, bu sohadagi olib borilgan, xaqiqatga yaqin dalillar asosida ilmiy asoslangan dalillar mavjudligi ma’lum. VOZ-ning pardontologiya (1977) bo‘yicha ekspertlar komiteti gingivit va paradontitni etiologiyasini quyidagi sxema bo‘yicha tushinishni taklif etadi: Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling