Rivojlantirish instituti


PARADONTNING YALLIG‘LANISH KASALLIKLARI


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

PARADONTNING YALLIG‘LANISH KASALLIKLARI
ETIOLOGIYASI (chizma)
1. Mikroblar soni va ularning virulentligi
A. Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasa.
B. Omillar ta’siri: tish toshlari, tish ana-tomiya-
sining xususiyatlari, kariyes, yatro-gen omillar.
C. Diyeta-parhez (ovqatlanish xususiyatlari)
D. Patofiziologik omillar:
so‘lak (tarkibida va xususiyatlari, funksional
buzilishlar).
og‘izdan nafas olish
2. Ta’sirotlar davomati (dlitelnost)
3. Umumiy rezistentlik
yosh
tizim kasalliklari
genetik buzilishlar
alimental omillar
dorilar ta’siri
psixosomatik omillar
4. Okklyuzion jarohatlar
 
Gingivit
Spesifik
mikrobli
omillar
Organizm
reaktivligi
Paradont


2 2 2
Kasallikni rivojlanishi (patogenezi) keltirib chiqadigan sabablar
(etiologiya) ga nisbatan birmuncha yaxshi o‘rganilgan.
Yallig‘lanish milk-tish yorig‘i ariqchasidan boshlanadi, albatta uning
ximoya vazifasi (barer) buzilgandan keyin. Asosiy patogenetik
mexanizmlar hujayralar jarohati, biologik faol moddalar-mediator va
yallig‘lanish modulyatorlarning oshishi, mikrosirkulyasiyaning buzilishi,
to‘qima-tomir o‘tkazuvchanligini oshishi natijasida ekssudatsiya va hujay-
rali infiltrasiya, milk kollagen to‘qimasining emirilishi, transkapillyar
modda almashinuvining buzilishi va ikkilamchi gipoksiya, epiteliyning
akantozi va tish-milk ariqchadagi epiteliyning og‘iz epiteliysiga aylanishi,
tish-milk birlashmasining buzilishi va milk (patologik milk) cho‘ntagining
paydo bo‘lishi kabi bosqichlar bilan tugashi ma’lum. Ximoya mexanizm-
larining buzilishi va yangi to‘qimalarni hosil qilishi — regeneratsiya
jarayonini buzilishiga va granulyasion to‘qima hosil bo‘lishiga olib keladi.
Patologik o‘zgarishlarni avj olaborishi, yallig‘lanishni asta-sekin alve-
ola suyak to‘qimasiga, periodontga o‘tishi, gingivitdan paradontitga o‘tish
bosqichlaridir. Yallig‘lanishning rivojlanishi bilan immunologik o‘zgarish-
lar, nospesifik yallig‘lanishdan immunologik yallig‘lanish belgilariga o‘tib
boradi.
Nima uchun gingivit paradontitga o‘tadi degan savol oxirigacha
noma’lum. Tadqiqotchilar buni organizmning reaktivligiga bog‘liq deb
bilishadi va buning sababi ichki a’zo va tizim kasalliklariga bog‘liq deb
tushuniladi. Paradont kasalliklarining etiologiyasi va patogenezida
organizmning umumiy holati, ichki a’zo va tizim kasalliklari, maxalliy
omillar bir-biriga chambarchas bog‘liq ravishda rol o‘ynaydilar.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling