Rivojlantirish instituti
Bemorlarni tekshirish usullari
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Bemorlarni tekshirish usullari
Paradont kasalliklarida tekshiruvlar o‘tkazishdan maqsad, ularda bo‘lgan maxalliy ta’sirotlar va bemor organizmidagi umumiy (ichki a’zo va tizim) kasalliklarini iloji boricha aniqlashdan va ular orasidagi patogenetik bog‘lanishlarni o‘rganishdan iboratdir. Savol-javob. Bemor bilan xar tomonlama savol-javob — muloqat o‘tkazib, kasallikni boshlanishi, rivojlanish bosqichlari, bemor fikricha, qachon boshlanganligi, nima bilan bog‘liq ekanligi, qachon zo‘rayishi kabi ma’lumotlarni yig‘ib, bemorni tekshirish uchun qaysi tekshirish usullarini qo‘llash zarurligi, qaysi mutaxassislikda ishlab turgan shifokor- larni jalb etish zarur ekanligini aniqlash kerak. Bu juda muxim boshlana- digan ishdir. Savol-javob paytida bemorning ruxiy holatiga e’tibor berish zarur. Ko‘pincha milkdan, ya’ni, og‘iz bo‘shlig‘idan yiring chiqishi, og‘izda qo‘lansa xid paydo bo‘lishi, sog‘lom tishlarni qimirlashi oqibatida tushib ketishi, xatto bemorning o‘zi tushayotgan tishni sug‘urib olishi, uyquning buzilishi, kamkonlik, ishtahaning buzilishi va tajanglik kabilar, 2 2 3 bemorni tushkunlikka tushishi, xatto hayotdan ham "to‘yishi" kabi holat- larga olib kelishi mumkin ekanligini unutmaslik kerak. Subyektiv sezgilar, kasallikni aniq ko‘rinishlaridan oldin boshlanishi mumkin. Savol javob tugagach, bemorni tekshirish usullari, aynan qanaqa tekshirishlar o‘tkazilishi zarurligi ishlab chiqiladi. Demak, savol-javob va tekshirish usullari birin-ketin o‘tkazilsada, ular bir-biridan farq qiladi: tekshirish usullari kasallikni patogenetik belgilarini, paradont to‘qimasi majmuasining qaysi va qay darajada, qanaqa o‘zgarishlar ketayotganligini, organizmning umumiy holati, uning reaktivlik holati, qaysi ichki a’zo yoki tizimda, qaysi kasallik va ularning paradont kasalligi bilan qay tarzda bog‘liqligi — demak, paradont kasalligini moxiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Shunday qilib bemorni o‘rganish jarayoni quyidagilardan iborat: 1. Boshlang‘ich tekshiruvlarda bemorning shikoyatlari, anamnez, og‘izni ko‘rish, oddiy asboblar va laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazib taxminiy, birlamchi tashhis qo‘yiladi. 2. Barcha zaruriy, jumladan maxsus tekshiruvlar (reoparadontografiya, immunolologik aniqlash uchun tekshiruvlar, mikrobiologik, ayrim paytda biopsiya va xokazo) o‘tkazib, kasallikni keltirib chiqargan ayrim patogenetik omillar aniqlangandan so‘ng, kengaytirilgan, oxirgi tashhisga yaqinroq bo‘lgan tashhis qo‘yiladi. 3. Davolash jarayonida qayta-qayta, qo‘shimcha tekshiruvlar (oshqozon-ichak yo‘llarini, yurak-qon tomir kasalliklari, qon, siydik yo‘llari kasalliklari va boshqalar)ni o‘tkazib oxirgi, aniqlangan tashhis qo‘yiladi va shunga qarab davolashga qo‘shimchalar kiritiladi. Shunday qilib, bemorlarni tekshirish usullari ikkiga bo‘linadi: asosiy va qo‘shimcha tekshirish usullari. Asosiy usullarga savol — javob va bemorni, og‘iz bo‘shlig‘idagi paradont to‘qimalari holatini ko‘rish, ularda kechadigan yallig‘lanish yoki distrofik o‘zgarishlar darajasi, ulardan kelib chiqqan asoratlar, paradontga salbiy ta’sir ko‘rsatib turgan stomatogen o‘choqlar, plombalarning o‘tkir qirralari, noto‘g‘ri prikus, noto‘g‘ri ortodontik, ortopedik moslama yoki protezlar, ularning klammerlari va shunga o‘xshash noxush ta’sir etib turgan maxalliy ta’sirotlar va paradont kasalligini aniqlash uchun kerakli qo‘shimcha tekshiruv usullarini aniqlashdek, muxim ishlarni bajarish rejasini tuzish kiradi. Savol-javobda kasallik nimadan yoki bemor fikricha nima bilan bog‘liq ravishda, qachon boshlanganligi, yangi kasallik belgilari, qancha tishlar olinganligi va ular nima uchun olinganligi, xususan kasallik boshlangandan keyin olingan tishlar sonini bilish (zarur), chunki tishlar qandli diabetda paradontit kabi qimirlab qolishi va shu sababdan olib tashlanishi yoki organizmning boshqa kasalliklarida, o‘z vaqtida to‘liq va oxirigacha davolanmagan pulpit, xususan periodontit kasalliklari tufayli olingan tishlar ham bo‘lishi mumkin. 2 2 4 Undan tashqari, og‘iz daxlizining kichikligi, lab, til, yuganchalarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yopishganligi, kariyesli tishlar va shunga o‘xshash holatlarni aniqlash ham ko‘rik paytida bajariladi. Yana bemorning umumiy ahvoli, kayfiyati, savollarga aniq javob berishi kabilarni aniqlash ham tashhis quyishda foydalidir. Shuningdek, jag‘ning faqat yoki ko‘pincha bir tomonida chaynash kabi yomon odatlar, kasbiy salbiy ta’sirotlar, ovqatlanish xarakteri (o‘z vaqtida yoki noto‘g‘ri ovqatlanish-shirinliklarni xaddan tashqari iste’mol qilish), og‘iz tozalik qoidalariga rioya qilinishi, nima bilan (pasta, poro- shok) va qay tartibda tishlarni tozalanishi va boshkalarni aniqlash zarur. Paradont kasalligini bundan oldin davolanganligi, nimalar bilan davolangan, foydasi qanday bo‘lgan, hozirgi paradont holati, ichki a’zo va tizim kasalliklari borligini bemor biladimi yoki yo‘qmi va boshqalarni aniqlash ham kerak. Zarurat bo‘lganda, terapevtlar, jarrohlar, endokrino- loglar, gematologlar, pediatrlar (bolalarda paradont kasalliklari bo‘lgan- da), psixonevrologlar, psixiatrlar, nevropatologlar va boshqa mutaxassis- liklarda ishlaydigan shifokorlar maslaxatlari-konsultasiyalaridan ham foydalanishga to‘g‘ri keladi. Og‘iz bo‘shlig‘ini tekshirib ko‘rilganda tishlar okklyuzion yuzalarining holati, ularda fiziologik va patologik emirilish bor-yo‘qligini aniqlash ham kerak. Umuman paradontitni tekshirish bir necha bo‘limdan: 1) milk holatini baxolash; 2) patologik diastema (tish oralarini ochilib qolishi); 3) tishlar siljishi, bor-yo‘qligi; 4) milk cho‘ntaklari chuqurligi; 5) rentgenologik tekshiruv yordamida alveola suyagining emirilish darajasi; 6) tish qatorlari okklyuzion yuzalari holati; 7) jarayon joylashgan joylar; 8) davolanish yoki olib tashlashga layoqatli tishlarni aniqlash kabilardan iborat. Milk holati, uning rangi, zichligi, qon oqishining bor-yo‘qligi, to‘qi- malarning gipertrofiya yoki atrofiyasi, milk qirralari va so‘rg‘ichlarining holati bilan belgilanadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling