Rivojlantirish instituti
Gingivitlarning klinikasi, tashhisi va qiyosiy tashhisi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Gingivitlarning klinikasi, tashhisi va qiyosiy tashhisi
Tasnifga muvofiq, gingivit (milk yallig‘lanishi) asosan kataral (yuza, yengil), gipertrofik, yarali va atrofik turlardan iborat. Milk yallig‘lanishi-gingivit-bu maxalliy va umumiy, tashqi va ichki salbiy ta’sirotlar oqibatida kelib chiqqan, tish-milk boylamini butunligi saqlangan holda kechadigan kasallikdir. Gingivitlar uchun, ularning klinik kechishlari va morfologik o‘zgarishlardan qat’iy nazar, xos alomatlar mavjud: 1) Kasallik asosan bolalarda, yosh (19-20 yoshgacha) bo‘lgan odamlarda uchraydi; 2) Ko‘proq tish yumshoq karashlari (mikrobli, yumshoq ovqat qoldiqlari) va ba’zida tish toshlari bo‘ladi; 3) Gigiyenik indeks va gingivit bir-biriga bog‘liq ravishda bo‘ladi; 4) Milk shakllari gingivit turlariga bog‘liq ravishda turli o‘zgarishlar (shish, qizarish, yara, atrofiyaga uchragan) bilan xarakterli bo‘ladi; 5) Zond, pinsetga o‘xshash asboblarning tegishi bilan milkdan qon oqadi; 2 2 7 6) Milk patologik cho‘ntagi bo‘lmaydi. Lekin, gipertrofik gingivitda milk shishishi tufayli tish va milk o‘rtasida soxta, yolg‘on cho‘ntaklar paydo bo‘ladi; 7) Rentgenogrammada alveola suyak o‘zgarishlari bo‘lmaydi. Lekin umumiy kasalliklar (oshqozon — ichak kasalliklari va boshqa) bilan kechadigan surunkali gingivit kasalligida tishlararo alveola suyak o‘simtasi uchlari salgina gorizontal yo‘nalishda atrofiyalangan bo‘lishi mumkin; 8) Yallig‘lanish oqibatida kamdan-kam intoksikasiya holati va bu bilan bog‘liq bemorning umumiy ahvoli salbiy tomonga o‘zgarishi mumkin; 9) Gingivit aloxida kasallik birligi yoki paradontit va paradontoz belgilaridan bo‘lishi mumkin. Kataral gingivit-bu klinikada eng ko‘p uchraydigan gingivitdir. Bu kasallik maxalliy — 2—3 tish atrofida yoki tarqalgan-generallashgan bo‘lishi va bu hol tananing umumiy kasalliklariga — kelib chiqish sabablari bilan bog‘liqdir. Maxalliy sababchilari — bu milk ostidagi toshlar va infeksiyadir. Umumiy sababchilari, asosan oshqozon-ichak kasalliklari, modda almashuv buzilishi va boshqa umumiy kasalliklar bo‘lishi mumkin. Noto‘g‘ri tayyorlangan ortopedik va ortodontik moslamalar, protezlar, tish-jag‘ anomaliyalari, surunkali gingivitlarni sonini va klinik kechishini ko‘paytiradi va og‘irlashtiradi. Epitelial hujayralarning sitoplazmalari va yadrolarida distrofik o‘zgarishlar, yadrolar kengayib, sitoplazmalar torayishi, hujayralar kerotinizatsiyasi hosil bo‘lishining pasayishi kuzatiladi. Organizmda kechadigan yurak-qon tomir, oshqozon-ichak kasalliklarida, yuqumli kasalliklar, modda almashuv kasalliklari, gipofiz bezining vazifasi, jinsiy bezlar, qalqon bezlarining faoliyatlari buzilganda va boshqa ko‘p hollarda kataral gingivitlar avj oladi, yoki paydo bo‘ladi. Ular yengil, o‘rta va og‘ir shaklda kechadi. Kataral va yarali gingivit- larning engil darajasida asosan tishlararo milk, o‘rta darajasida — tish- lararo va marginal milk, og‘ir darajasida esa milkning hamma qismi va alveola qismlari kasallanadi. Ko‘pincha alveola milk yallig‘lanishida patologik milk cho‘ntaklari paydo bo‘ladi va bu paradontitga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘pincha surunkali gingivitni qaytalanishi oqibatida (shamol- lashda, grippda) bo‘lishi mumkin. Yengil gipertrofik gingivitda tish toj qismining 1/3 qismi, o‘rta darajada 1/2 qismi, og‘irida esa 1/2 dan ko‘proq qismi o‘sgan milk bilan qoplanadi. Surunkali kataral gingivit og‘riqsiz, asta-sekin boshlanadigan kasallik bo‘lgani uchun bemorlar shifokorga murojaat etmaydilar. Shuning uchun bu kasallikni bemor boshqa bir sababdan (kariyes, pulpit, o‘tkir periodontit) bilan kelganda shifokor ko‘rishi mumkin. 2 2 8 Yurak-qon tomir kasalliklarida, xususan ularning dekompensasiya davrlarida, gingivit paydo bo‘ladi yoki qaytalanadi. Boshida kataral holat paydo bo‘ladi. Milk shilliq pardasi ko‘kimtir-qizg‘ish rang oladi, to‘qimalar shishadi. Oshqozon-ichak kasalliklarida ko‘pincha gingivit birga kechadi. A.I. Ribakov hammualliflar (1980) bilan birga o‘tkazgan klinik-ekspe- rimental ta’qiqotlari natijasida oshqozon-ichak kasalliklarida gingivitlar bo‘lishi, ularning kelib chiqishida oshqozon-ichak yo‘llari kasalliklarining tutgan o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlari aloxida axamiyatli xisoblanadi. T.X. Safarov, (1986) o‘tkazgan tekshirishlari shuni ko‘rsatdiki, orga- nizmning immunologik qarshilik ko‘rsatish qobiliyati oshqozon-ichak kasalliklarida paradont sog‘lomligida ham, uning turli kasalliklarida ham o‘zgaradi, lekin qondagi T-limfositlar, T-supressorlar va T-xelperlar miqdorining keskin kamayishi va V-limfositlar sonining oshishi bilan xarakterli ikkilamchi immunodefisit, oshqozon-ichak kasalliklari bilan birga kechadigan paradont kasalliklari, xususan paradontitda eng ko‘p rivojlangan bo‘ladi, bu esa oshqozon-ichak kasalliklari bilan birga kechadigan paradont kasalligining patogenez-rivojlanishida autoimmun o‘zgarishlar roli katalligidan dalolat beradi. Ko‘rsatilgan o‘zgarishlar paradont kasalliklarining klinikasi va og‘irligi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi aloxida axamiyatlidir. Qon kasalliklarida (leykoz, limfoleykoz, miyeloleykoz) uchraydigan gingivitlar uchun milkning oqish rangli bo‘lib qolishi, qizarganida ham ortiqcha shish bo‘lmasligi, lekin kasallangan milk qismlarining yaqqol bilinib turishi xarakterlidir. Keyinchalik esa, milkda qon quyulishi va ular o‘rnida tez orada yaralar paydo bo‘lishi mumkin. Og‘izdan qo‘lansa xid kela boshlaydi. Bemorlar ovqatlanish, chaynashdan, gapirishdan qo‘rqadilar. Og‘iz bo‘shlig‘i, asosiy kasallikka nisbatan ko‘proq bezovta qiladi. Ko‘pincha og‘izdan (milkdan) qon oqishi sabab, bemorlar stomatologga murojaat etadilar. Gingivitlar shuningdek, ma’lum zararli kasblarda ishlaydigan (qo‘rg‘oshin, vismut, alyuminiy, simob, yod, bromlar ishlab chiqaradigan korxonalar) ishchilarida kataral yoki yarali shaklda uchraydi. Undan tashqari bu ishchilar uzoq muddat davomida ishlasalar, ularda umumiy zaxarlanish belgilari (bosh og‘riri, oshqozonda og‘riq, ich ketishi kabi) ham bo‘lishi mumkin. Tishlarni tozalash paytida milkdan qon oqishi mumkin, shunga yarasha bemorlar shikoyatlari bo‘lishi va shuning oqibatida shifokorga murojaat etishlari ham mumkin. Shifokor ko‘ruvida milk shakli, ranggi (oqishroq, ko‘kimtir) o‘zgar- ganligi aniqlanadi. Qaytalangan surunkali gingivitda esa, bemorlar chay- nov paytida milkda og‘riq, undan qon oqishi, milk so‘rg‘ichlarining va umuman milkning shishganligi, qizarganligiga shikoyat etishadi. Tish ustlarida karashlar va tish toshlari borligi qayd etiladi. Surunkali gingi- 2 2 9 vitda qon tarkibida deyarli o‘zgarish yo‘q, qaytalanganda esa umumiy zaxarlanish — intoksikasiya alomatlari (kamxollik, noxushlik, tana xaroratining ozroq ko‘tarilishi, uyqu buzilishi va xokazo) ko‘rinadi. Bular ko‘pincha umumiy kasalliklar bo‘lganda kuzatiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling