Rivojlantirish instituti


Vensanning yarali-nekrotik


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Vensanning yarali-nekrotik gingivitida klinik-morfologik o‘zgarishlar
alterasiya (to‘qimaning emirilishi) bilan kechadi. Kasallik qo‘qqisdan
boshlanadi, noxushlik, kamxollik, tana xaroratining birdan baland
ko‘tarilishi (39—40°C gacha), og‘izda qattiq, kuchli og‘riqlar, milk
qonashining kuchayishi, yutishni qiyinlashuvi, og‘izdan qo‘lansa xid
kelishi, bemorni shifokorga murojaat qilishiga sabab bo‘ladi. Chirish
alomatlari oxirgi molyar tishlar atrofida-retromolyar joylarda, minda-
linalarda bo‘ladi (Ven-san anginasi).
Bu kasallik ko‘pincha o‘tkir infeksiyali kasalliklar, ruxiy ezilishlar,
kechinmalar (stress), aqliy va jismoniy charchashlar, gipovitaminozlar,
aql tishlarini qiyin chiqishi, og‘izda ko‘p stomatogen infeksiyali o‘choqlar
bo‘lishi, tozalikka rioya qilmaslik kabi hollarda kelib chiqishi mumkin.
Lekin, biror-bir aniq sababi hozirgacha noma’lum.
Bemorning umumiy ahvoli og‘izdagi o‘zgarishlarga bog‘liq. Obyektiv
ko‘ruvda, og‘iz bo‘shlig‘ida ko‘p tish karashlari, toshlari, odatda,
davolanishga, xattoki olishga loyiq tishlar bo‘lishi mumkin. Tishlarni
o‘z-o‘zidan mexanik tarzda tozalanishi yo‘qligi uchun (ovqat chaynash
chegaralangani sabab) tishlar va til karashlangan. Milk qizargan, oson
qonaydi, milk chekkalarida ham chiriklar-karashlar, ba’zida ayrim milk
so‘rg‘ichlari emirilgan, chirigan, yaralar paydo bo‘lgan. Kasallik avjida
qon tarkibida leykositoz, eritrositlar cho‘kish tezligi oshgan bo‘lishi
mumkin.
Kasallik o‘tkir davrida davolanmasa, u surunkaliga o‘tadi unda esa
jag‘lar alveola suyak to‘qimasi ham jarohatlanadi.
Yarali gingivitni qon kasalligida (leykoz va boshqalar) uchraydigan
nekrotik o‘zgarishlardan farqlash zarur. Qiyosiy tashhislashda qon
tarkibining o‘zgarishi qon kasalliklaridagi o‘ziga xos o‘zgarishlari
tufaylidir, chunki yarali gingivitda qon tarkibining o‘zgarishi, yuqorida
aytganimizdek, kam bo‘ladi. Shunday qilib, yarali gingivitda klinik va
morfologik o‘zgarishlar, o‘tkir yallig‘lanishga xos bo‘lib, keskin
rivojlangach limfositlar infiltrasiya, qon va limfa tomirlar kengaygan,
turg‘unlik va o‘tkazuvchanlik kuchayganligi bilan xarakterlanadi.
Gipertrofik gingivit asosan pastki va yuqorigi oldingi tishlar atrofida
joylashadi. U asosan bolalarda, kamdan-kam katta yoshdagi odamlarda
uchraydi.
Gipertrofik-giperplastik gingivitlarning kelib chiqishida garmonlar
o‘zgarishi (yoshlar gingiviti, xomiladorlar gingiviti), dorilar ta’siri
(difenin), askorbin kislotasi kemtigi, qon kasalliklari (leykemik
retikulezlar) etiologik sababchilar bo‘lishlari mumkin.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling